O`zbekiston respublikasi oily va o`rta ta`lim vazirligi
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“TURIZM VA MEHMONHONA XO`JALIGI”
KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati: Maqsadi va dastaklari
Bajardi: Yaqubbaev Beknazar fakulteti:Buxgalteriya hisob va audit
221-guruhning talabasi
Tekshirdi : o`q. Norqobulov N.N.
Mustaqil ishi tariqasida topshirilgan sana
“ “ 2022
|
|
Mustaqil ishidan qaytarilgan sana
“ “ 2022 y.
|
Mustaqil ishi himoya qilingan sana
“ “ 2022
Baho”______”
|
____________
(Imzo)
__________
(Imzo)
|
Komissiya a`zolari
_____________
_____________
|
Termiz-2022
Kirish
Mamlakatimiz iqtisodiyoti modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirishlar va inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish milliy bank tizimi rivojlanishini ta’minlashning zamonaviy usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bankning moliyaviy tahlillarini avtomatlashtirishga juda katta e’tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-sonli Farmoniga ko’ra “Kiberxavfsizlikni ta’minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta’minlash bo’yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha texnologiyalarning qo’llanishini tartibga solishda ishtirok etish1” belgilab qo’yildi.
Tijorat banklari moliyaviy tahlillarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ish vaqtidan va sifatdan yutishga xizmat qiladi.
“Blokcheyn - texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), "sun’iy aql", superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bо‘yicha faoliyat jahonning kо‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. "Blokcheyn" texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning kо‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.2”
Milliy iqtisodiyotda bozor infratuzilmasining rivojlangan bo’g’inlaridan biri bank tizimidir. Bank tizimining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni kata bo’lib, uning samarali faoliyat yuritishi boshqalarga nisbatan tarmoqlarga jiddiy ijobiy ta’sir etadi.
Mustaqillik yillarida Bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi.
Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati: Maqsadi va dastaklari
Reja:
1. Davlarning kredit-pul siyosati, uning maqsadi va asosiy yo’nalishlari.
2. Kredit-pul siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari va vositalari.
3. O’zbekistonning 2020-yildagi kredit-pul siyosati.
Monetar siyosatning 2021 yilga mo'ljallangan maqsad va vazifalari.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari va mamlakartimizni Yevro Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lishi hamda Umumjahon savdo tashkilotlari bilan olib borayotgan aloqalari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga bog’liq. Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi.
Pul-kredit siyosati bu hukumatning pul muomilasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yo’li va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini ta’minlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora tadbirlaridir. Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
Pul-kredit nazorati sub’yektlariga “monetar hokimyat” deb ataluvchi quyidagi sub’yektlar kiradi:
MoliyaVazirligi
MarkaziyBank
Moliya vazirligi o’zining byudjeti va fiskal siyosati instrumentlari orqali pulga bo’lgan talab hamda pul taklifiga ta’sir o’tkazadi.
Markaziy Bank esa pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalangan holda pul-kredit siyosatiga kengroq ta’sir ko’rsatadi, chunki u bir vaqtning o’zida pul bozoriga bevosita pul taklifi bilan ham, shuningdek pulga bo’lgan talab bilan ham chiqa oladi. Umuman olib qaraganda Markaziy Bank foiz stavkalari, tovarlar, xizmatlar valyuta va qimmatli qog’ozlar narxlarida o’z aksini topuvchi pulning qiymatini boshqaradi.
Markaziy Bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari quyidagilardan iborat:
1.Majburiyzahiralarsiyosati
2.Qaytamoliyalashya’nihisobstavkasisiyosati
3.Ochiqbozordagisiyosat
4.Valyutasiyosati.
Majburiy zaxira siyosati
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asoslaridan biri tijorat banklariga o’rnatgan majburiy zahiralar siyosati hisoblanadi. Markaziy bank ushbu siyosati orqali birinchidan banklarning resurslarini chegaralashi natijasida iqtisodiyotda pul massasini tartibga soladi, ikkinchidan iqtisodiy jihatdan to’lovga layoqatsiz holartiga tushib qolgan paytda, qisman bo’lsada uning mijozlarining manfaatlarini himoya qiladi.
Tijorat banklari majburiy zahiralarga mablag’ni “O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi Qonunning 28-moddasi, “Banklar va bank tijorati to’g’risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan Markaziy Bank tomonidan 2000-yil 25-martda ishlab chiqilgan “Banklar tomonidan MArkaziy bankda majburiy zahiralarni tepozitlash tartibi to’g’risida”gi 449-sonli Nizom asosida o’tkazadi.
Qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)
Bu siyosat Diskont siyosat deb ham yuritiladi. Diskont (ing. discount – “kamaytirilgan narx” so’zidan olingan) – bank amaliyotidagi hisob stavkasidir.
Diskont siyosati – Markaziy Bankning hisob stavkasini o’zgartirish yo’li bilan milliy valyuta kursiga va to’lov balansining holatiga ta’sir etish siyosati hisoblanadi.
Ochiq bozordagi siyosat
Ochiq bozor siyosati deganda Markaziy Bankning o`z mablag`lari hisobidan ochiq bozordan qimmatli qog`ozlarni sotib olishi va sotishi tushuniladi. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qog`ozlar ishtirok etadi. Ularning eng asosiylari sifatida xazina veksellari, foizsiz xazina veksellari, g`aznachilik majburiyatlari, Moliya Vazirligi obligatsiyalari va Markaziy Bank tomonidan belgilangan boshqa qimmatli qog`ozlarni ko`rsatish mumkin.
Ushbu qimmatli qog`ozlarning bir qismi pul bozoriga tegishli bo`lsa, ikkinchi qismi kapitallar bozoriga tegishlidir. Ko`pchilik rivojlangan horijiy davlatlarda, xususan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiyada Markaziy Bankning qimmatli qog`ozlarni emitentning o`zidan bevosita sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi, balki kreditlash hisoblanadi.
Valyuta Siyosati
Markaziy Bankning valyuta siyosati deganda, uning valyuta munosabatlarini tartibga solish va amalga oshirish sohasidagi tadbirlarining majmui tushuniladi.
Markaziy Bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan nisbatining barqarorligi9ni ta’minlashga qaratilgan. Markaziy Bank o;zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul-kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini takidlash mumkin.
Pul-kredit siyosatidan ko’zlangan maqsad
pul-krеditsiyosatimakroiktisodiyo`sishbarqarorligigabеvositata’sirko`rsatadi;
pul-krеditsiyosatiglobalinqirozta’siridalikvidliliginiyo`qotibqo`yganbanklarningjoriylikvidliligivato`lovgaqobilliginitiklashimkoninibеradi;
Markaziybankpul-krеditsiyosatiorqaliinflyatsiyadarajasigabеvositata'sirkursatadi.
Pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar (2020-yil)
2020 yilda Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonun asosida amalga oshirilib, Hukumat tomonidan 2020 yil uchun belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning va «Monetar siyosatning 2021 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari» da belgilangan vazifalarning bajarilishini ta'minlashga yo'naltirildi.
Bunda asosiy e'tibor inflyatsiya darajasining belgilangan 5,5-6,5 foizlik maqsadli ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlash va ayni paytda iqtisodiyotning ko'zda tutilgan o'sish sur'atlari uchun zarur bo'lgan qulay moliyaviy sharoitni yaratishga qaratildi.
Shu maqsadda Markaziy bank tomonidan pul taklifi (pul massasi) va bank tizimi likvidligini maqbul darajada saqlab turish, pul va valyuta bozorida barqarorlikni ta'minlash hamda monetar omillarning inflyatsiyaga ta'sirini oldini olishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borildi.
“Пул-кредит сиёсатининг 2021-2023 йилларга мўлжалланган асосий йўналишлари”
Биринчиси, асосий ставкани кўриб чиқиш бўйича қароримиз билан сизларни таништириш.
Иккинчи масала, “Пул-кредит сиёсатининг 2021-2023 йилларга мўлжалланган асосий йўналишлари” тўғрисида маълумот бериш.
Марказий банк бошқарувининг бугунги йиғилиши қарори билан асосий ставка йиллик 14 фоиз даражасида ўзгаришсиз қолдирилди. Мазкур қарор қизғин баҳс-мунозаралар асосида қабул қилинди.
Нақд пул муомаласи бўйича қисқача шарҳ
2021 йил январь ойида банклар орқали нақд пул айланмаси ҳажми 32,1 трлн. сўмни ташкил этгани ҳолда 2020 йил январь ойига нисбатан 7 фоизга ошди.
Жумладан, банклар кассаларига нақд пул тушумлари 17,0 трлн. сўмни, чиқим қилинган нақд пуллар 15,1 трлн. сўмни ташкил этди.
1-расм
Нақд пул тушумлари ҳажми ва таркиби динамикаси
Пул-кредит сиёсатининг асосий йўналишлари
Марказий банк томонидан келгуси йилларда амалга ошириладиган чора-тадбирлар мажмуини ўзида акс эттириб, таркибида ташқи ва ички макроиқтисодий вазиятларнинг ўзгариши шароитида соҳада кўриладиган чоралар, қўлланиладиган тамойил ва инструментларни қамраб олган.
Яъни қисқача айтганда, келгуси 3 йилда биз пул-кредит сиёсати соҳасида нима ишлар қиламиз, инфляцион таргетлаш режимига ўтиш доирасида қандай ўзгаришларни амалга оширамиз, турли хил иқтисодий ривожланиш сценарийларида қандай чоралар кўриб инфляцияни 2023 йилгача 5 фоизлик таргетига туширамиз деган масалаларни ўз ичига олади.
Шу сабабли, асосий йўналишлар, биринчи навбатда, инфляциянинг 2021 йилда 10 фоиздан паст бўлишини таъминлаш ва 2023 йилда 5 фоизлик таргет кўрсаткичига эришиш бўйича вазифаларни инобатга олган ҳолда ишлаб чиқилган.
пул-кредит сиёсати
Қисқача қилиб айтганда, келгуси йилларда ҳам Марказий банк пул-кредит сиёсати механизмларини инфляцион таргетлаш режими стандартларига мувофиқлаштириш, трансмиссион механизм каналларини янада ривожлантиришга асосий эътиборни қаратади.
Бунда амалга ошириладиган таркибий ислоҳотлар ва макроиқтисодий сиёсат соҳасида кўриладиган чораларни инфляциянинг мақсадли кўрсаткичлари билан уйғунлигини таъминлаш ва молиявий барқарорликни қўллаб-қувватлаш вазифалари Марказий банкнинг диққат марказида бўлади.
Pul-kredit siyosati asosan ishlab chiqarish inflyatsiyani va ishsizlikni kamaytirish maqsadida muomaladagi pullar miqdorini o’zgartirishga qaratilgan. Amalga oshirishda esa foiz stavkasi, majburiy bank zaxiralari, valyuta siyosati hamda ochiq bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Davlat tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosati asosan monetar siyosat bo’lib, uning bosh g’oyasi - iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmning asosiy vositasi pul, degan xulosadan iborat.
Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.
Monetar targetlash rejimi
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.
Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.
Natijada markaziy banklar pul massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir ko‘rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab bo‘ldi.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
1994 yildan boshlab1 O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.
Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi ko‘zlangan. O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.
Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida mablag‘lar yig‘ilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobraqamlarida mablag‘larning jamlanib borilishi pul massasi o‘sishini maqbullashtiruv chi omillardan bo‘lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida inflyatsiya darajasi, YaIM deflyatori va pul massasi o‘zgarishi o‘rtasida aniq va barqaror o‘zaro bog‘liqliklar aniqlanmadi.
Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‘rsatkichlari o‘zgarishi ham ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanligini, pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi.
Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |