Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: Hozirgi kunda O’zbekistonda
shakllanib va rivojlanib borayotgan ijtimoiy ish xodimlarini professional darajada
tayyorlash tizimini taqdiri va kelajagi ko’p hollarda davlatga va fuqarolik
jamiyatiini kuchlilik darajasiga bog’liqdir. Fuqarolik jamiyatini yanada samarali
qilish esa uni tarixiga nazar solib boy tarixiy tajribalarni umumlashtirib ijtimoiy
sohani rivojlantirish uchun ilmiy shart-sharoit yaratishga bog’liq. Shuning uchun
malakaviy bitiruv ishimizda mamlakatimiz hududida fuqarolik jamiyatini
shakllanish jarayonini, turli davrlardagi holatini va oilaga ta’sirini o’rganishni
maqsad qilib quydik.
Do'stlaringiz bilan baham: |