O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix-falsafa fakulteti



Download 493.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.11.2019
Hajmi493.63 Kb.
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

 

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND  

DAVLAT UNIVERSITETI  

 

 

TARIX-FALSAFA FAKULTETI 

 

 

IJTIMOIY ISH  YO’NALISHI 

 

SOTSIOLOGIYA VA IJTIMOIY ISH KAFEDRASI 

 

 

 

FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISH JARAYONIDA 

G’ARB VA SHARQ IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING 

UMUMMILLIYLIGI VA O’ZIGA XOSLIGI   

 

MALAKAVIY BITIRUV ISHI 

 

 

Bajaruvchi: Kubayev B. 

 

Ilmiy rahbar: prof. Nabiyev F.X. 

 

 

Malakaviy bitiruv ishi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida bajarildi. 

Kafedraning 2011 yil ___ _____dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga 

tavsiya etildi (bayyonnoma№___). 

 

Kafedra mudiri:   

 

 

dots.Jo’rayev L.N. 

 

 

Malakaviy  bitiruv  ishi  YaDAKning  2011  yil  __  ____dagi  majlisida 

himoya qilindi va __ foizga baholandi (bayyonnoma №__). 

 

 

 

 

 

Samarqand – 2011. 

 


Mavzu: Fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonida G’arb va Sharq ijtimoiy 

himoya tizimining umumiyligi va o’ziga xosligi  

Reja: 

 

 

 

Kirish 

 

 

I-bob.  SHARQ  VA  G’ARB  IJTIMOIY  HIMOYA  TIZIMINING 

O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 

 

 

1.1 Sharqda ijtimoiy himoya tizimining evolyusion rivojlanishi 

 

 

1.2  G’arbda  aholining  ijtimoiy  himoyalash  mexanizmi  va  huquqiy 

kafolatlari 

  

 

II-bob. O’ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH 

DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISHI SIFATIDA. 

 

 

2.1  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish    konsepsiyasi  va 

aholini ijtimoiy himoyalashning ustuvor vazifalari 

 

 

2.2 Mahallada aholini ijtimoiy himoyalash tizimini rivojlantirish 

istiqbollari 

 

 

Xulosa 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati  

 

 

 



 

 

 



Kirish 

 

 

 Mavzuning dolzarbligi: Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati fuqarolik 



jamiyatiga  o’tib  borayotgan  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyatini  shakllanish 

jarayonini  o’rganish  eng  dolzarb  mavzulardan  bo’lib  hisoblanadi.  Chunki  kuchli 

davlatdan  -  kuchli  fuqaroliku  jamiyati  sari  konsepsiyasi  zamonamiz  mohiyati 

bo’lib  hisoblanadi.  Mavzu  fuqarolik  jamiyati  shakllanish  jarayonida  masalalariga 

bag’ishlanganligi  uni  dolzarbligini  yanada  oshiradi.  Chunki  O’zbekiston  ijtimoiy 

yo’naltirilgani  bozor  munosabatlari  yo’lini  tanlagan  va  taraqqiyotiga  o’zbek 

modelini  besh  tamoyillaridan  biri  kuchli  ijtimoiy  siyosat  bo’lib  hisoblanadi. 

Bularni  barini  tanlagan  mavzuga  dolzarbligini  va  ilmiy  -  amaliy  ahamiyatini 

yaqqol  ko’rsatib  turibdi.  Bundan  tashqari  ijtimoiy  himoya  muammosi    G’arb  va 

Sharqni qiyosiy qiyosiy taqqoslagan holda o’rganilgan qaratilgan bo’lib uni ilmiy-

amaliy  ahamiyati  yanada  oshiradi.  Chunki  ijtimoiy  himoya  obyektlari  global 

xaakterga  ega  bo’lib  borayotgan  bir  paytda  ularni  bartaraf  qilish  choralari  ham 

globlal  xarakterda  bo’lishni  taqozo  etadi.  Buning  uchun  G’arb  va  Sharqdagi 

ijtimoiy  himoya  tizimini  umummiyligi  va  o’ziga  xosligi  shuni  o’rganish  muhim 

ahamiyatga ega.  

 

Hozirgi  kunda  insoniyat  jamiyati  oldida  turgan  global  muammolarni  hal 



qilish  global  tadbirlarni  taqozo  etadi.  Insoniyat  jamiyatini  halokat  yoqqasiga  olib 

kelib qo’ygan yadro qirg’in quroli tahdidi, terrorizm, ekologik tahdid va oilaning 

global  inqirozi  kabi  muammolar  fuqarolik  jamiyati  shakllanish  jarayonida 

ma’gnaviyat  yuksalishiga  yetarli  e’tibor  qilmaslik  oqibatida  kelib  chiqqan. 

Jumladan,  oilaning  global  inqirozi  ham  fuqarolik  jamiyati  shakllanish  jarayonida 

aholini tarbiyaga e’tibor qilmaslik oqibatida kelib chiqishi ma’naviy qashshoqlikni 

natimjasi bo’lib hisoblanadi.  

 

G’arb  va  Sharqdagi  fuqarolik  jamiyatini  shakllanish  jarayonini  va  darajasi 



bo’lgani uchun ham uni oqibatlari turlicha namoyon bo’lmoqda. Fuqarolik jamiyati 

uzoq  tarixiy  jarayonda  rivojlanib  kelayotgan  G’arb  mamlakatlarida  oilani  global 

inqirozi  yaqqolroq  namoyon  bo’lmoqda.  Fuqarolik  jamiyati  endigina 


shakllanayotgan  Sharq  mamlakatlarida,  jumladan,    O’zbekistonda  oilani  global 

inqirozi darajasidan kelib chiqib har xil bo’lishi mumkin. Buning uchun G’arb va 

Sharqdagi  ijtimoiy  himoya  tizimini  umummilliyligi  va  o’ziga  xosligini  o’rganish 

muhim ilmiy-amaliys ahamiyat kasb etadigan dolzarb mavzu bo’lib hisoblanadi.  

 

O’rganilayotgan  mavzu  uzoq  yillar  davomida,  ayniqsa,  sobiq  sovetlar 



zamonida  nafaqat  davlatni,  balkim  ilmiy  jamoatchilikni  ham  chetda  qolgan  edi. 

Chunki  o’sha  zamonning  asosan  iqtisodiy  qonuniy  ya’ni  aholini  doimiy  o’sib 

borayotgan ehtiyojni qondirish qonuni ijtimoiy himoyaga alohida qaratish zarurati 

yo’q degani xato fikrni keltirib chiqargani edi. Shuning uchun ijtimoiy himoya va 

ijtimoiy  siyosatga  yetarli  darajada  e’tibor  qaratilmagan.  Oqibatda  ushbu  mavzu 

jamiyatshunos  olimlarni  nazardan  chetda  qolgna  edi.  Natijada  sosial  muammolar 

va  aholini  ijtimoiy  himoyasi  masalalari  keskinlashib  boradi.  Ushbu  muammoga 

e’tibor  qilmaslik  ijtimoiy  sohadagi  vaziyatni  keskinlashtirib  yubordi.  Ijtimoiy 

sohadagi  muammolar  sobiq  sovetlar  tuzumini  barbod  bo’lishi  sabablaridan  biri 

bo’lib  hisoblanadi.  Faqat  mustaqillikka  erishgandan  so’nggina  ijtimoiy  himoya 

masalalari  davlat  va  jamiyatni  diqqat  markazidagi  ustuvor  vazifaga  aylandi.  Shu 

bilan  birgalikda  ijtimoiy  himoya  muammolari    ilmiy  jihatdan  tadbiq  qilishi 

oqibatiga  aylanib  bordi.  Ushbu  malakaviy  bitiruv  ishi  ham  ijtimoiy  himoya 

muammolarini    tadqiq  qilish  oqibatiga  aylanib  bordi.  Ushbu  malakaviy  bitiruv 

ishida ham ijtimoiy himoya muammolarini tadqiq qilishga urinishlardan biri bo’lib 

hisoblanadi.  

 

Sharqda  ijtimoiy  himoya  tizimi  jamoaviylik  tuyg’usi  negizida  evolyusion 



tarzda  rivojlanib  keldi.  Jamoaviylik  tuyg’usi    o’zgalar  manfaatini  ustuvorligiga  

asoslanganligi uchun  ma’naviyatga ehtiyoj kuchli bo’lgan. Shuning uchun Sharq 

mamlakatlarida  axloqiy  tarbiyaga  jiddiy  munosabatda bo’lib  ma’naviyat  yuksalib 

bordi.  Ma’naviyat  ijtimoiy  himoyani  samarali  qilishga  xizmat  qilish    bilan  birga  

oila global inqirozini nisbatan yumshoqroq namoyon bo’lishini ta’minlaydi.  

 

G’arb mamlakatlariga xos bo’lgan individualizm g’oyasi o’zgalar mnafaatini 



emas, balkim egoistik manfaatni ustun qo’yishga asoslanishi uchun ma’naviyatga 

kuchli  ehtiyojni  keltirib  chiqarmaydi.  Oqibatda  G’arb  mamlakatlaridagi 



ma’naviyat oilani global inqirozini keltirib chiqaradi. Lekin ularni ma’naviyati oila 

bilan  bo’lgan  o’zgarishlarni  inqiroz  deb  emas,  balkim  modernizasiya  deb  qabul 

qilishmoqda.  Bu  esa  o’z  navbatida  ijtimoiy  himoyada  o’ziga  xos  yondashuvlarni 

keltirib chiqarmoqda.  

 

Bizlar  ulardan  farq  qilib  ijtimoiy  himoyada  asosiy  e’tiborni  oilaga 



qaratishimiz lozim.  Chunki bizlarda oilani inqirozi endigina namoyon bo’lmaydi. 

Oilani mustahkamlash orqali bolalarni va ayollarni ijtimoiy himoyasini ham kuchli 

qilish mumkin bo’ladi.      

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



I-bob. SHARQ VA G’ARB IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING O’ZIGA 

XOS XUSUSIYATLARI. 

 

 

1.1 Sharqda ijtimoiy himoya tizimining evolyusion rivojlanishi 

 

 Ishning makqsadi: Aholini ijtimoiy  muhofazalash tizimining nazariy asoslari va 

amaliyotining  shakllanishi  hamda  rivojlanishi  jamiyat  taraqqiyoti  davomida  ishlab 

chiqarish  kuchlari  o’rtasidagi  mutanosiblik,  mehnatni  tashkillantirish  shakllari,  tegishli 

davlat, millatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy xususiyatlari, an’analari, 

turmush  tarziga  bog’liq  holda  sodir  bo’ladigan  jarayondir.  Ushbu  tizim  tarixiga  nazar 

solsak, insonlarni turli hayotiy voqyea-hodisalar – kasallik, qarilik, tabiiy ofatlar, boshqa 

baxtsiz  hodisalarning  og’ir  va  ko’ngilsiz  oqibatlaridan  himoyalashning  alohida 

ko’rinishlari, uning tarkibiy qismlari, amalga oshirish mezonlari, me’yorlari, mexanizm 

va institutlarining bosqichma-bosqich shakllanib borganligining guvohi bo’lamiz.  

Xususan,  o’zini-o’zi  moddiy  ta’minlay  olish  imkoniyati  cheklangan,  mehnat 

qobiliyatini yo’qotgan yoki ishlab chiqarishda bevosita band bo’lgan aholi qatlamlarini 

ijtimoiy  muhofazalash  muammosi  tarixiy  taraqqiyotning  barcha  bosqichlarida  dolzarb 

masalalardan  biri  bo’lib  kelgan.  Qadimgi  davr  va  o’rta  asrlarda  Sharq  va  Farb 

davlatlarida aholini kam ta’minlangan muhtoj qismini ijtimoiy himoyalashning an’anaviy 

shakli mavjud bo’lib, unga ko’ra, oila, qo’ni-qo’shnilar, bir hududda istiqomat qiluvchi 

jamoa,  kasb-hunar  yoki  ishlab  chiqarish  uyushmalari,  diniy  muassasalar  tomonidan 

amalga  oshirilgan.  Biz  bu  boradagi  dastlabki  ma’lumotlarni  vaqtinchalik  bandlikni 

ta’minlovchi shartnoma shaklidagi kelishuvlardan kuzatishimiz mumkin. 

Sharq mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyoda ijtimoiy muhofazaning qadimgi 

davrga xos bo’lgan shakllari haqidagi ilk ma’lumotlar zardo’shtiylik dinining muqaddas 

kitobi «Avesto»da keltiriladi.  Zardo’shtiylik o’z davrida insonning yer yuzida farovon 

yashashiga  katta  ahamiyat  bergan  olijanob  dinlardan  bo’lib,  uning  ta’limotidagi  ezgu 

niyat,  latif  so’z,  yaxshi  ishning  mujassamligi  deyilganda  faqirlarga  mehribonlik, 

insonparvarlik,  kishiga  isnod  keltiruvchi  ishlardan  xoli  bo’lish  tushunilgan. 

«Avesto»ning  eng  qadimgi  Yashtlar  qismida  tabiiy  va  ijtimoiy  hayotning  alohida 



sohalarini  boshqarib  turuvchi  tangrilar  mavjud  deb  hisoblanib,  jumladan,  ijtimoiy 

barqarorlik,  farovonlik  ma’budi  –  Parendi  qabilalarni  parokandalikka  eltuvchi 

zo’ravonlik,  bekorga  qon  to’kishlar,  faqir  kishilarga  nisbatan  adolatsizlik,  ularning 

mol-mulkiga  ziyon  yetkazishni  qoralagan,  vayronalik  va  halokatlarning  oldini  olish 

uchun  halol  mehnat  bilan  tinch-totuv  yashashga  chaqirgan.

1

  Bizningcha,  shu  tariqa 



zardo’shtiylik  dinining  asosiy  tamoyillari  o’z  zamonasida  aholining  turli  qatlamlari 

o’rtasidagi nomutanosiblikni tartibga soluvchilik vazifasini o’tagan.  

VI-VIII asrlar (ilk o’rta asrlar) da islom dinining insonparvarlik g’oyalari ta’sirida 

aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofazalash choralari yaxlit tizim ko’rinishida 

bo’lmasa-da, nogironlar, yetim-yesirlar, qariyalar, beva-bechoralarga g’amxo’rlik qilish 

shaklida qo’llana boshlaydi. Ushbu davrdan joriy etilgan zakotdan yig’ilgan mablag’lar 

asosida  maxsus  jamg’armalar  tashkil  qilinadi.  Mazkur  jamg’armalar  hisobidan 

kambag’allar,  qarzdorlarga  ko’maklashish,  qullikka  tushganlarni  ozod  qilish,  och-

nahorlar,  yetim-yesirlar  va  beva-bechoralarga  oziq-ovqat  ulashish  maqsadida 

foydalaniladi. Bu ezgu amallarni keng yoyilishida hadislarning ta’siri katta bo’lib, unda 

xususan,    «Nafaqa  berishni  o’zingdan  boshla!  Agarda  ortsa  oila  a’zolaringga  sarfla, 

agarda ulardan ham ortsa qarindoshlaringga sarfla. Agarda qarindoshlaringdan ham ortsa 

shu  yo’sinda  avval  yaqin,  keyin  uzoqlaringga  sarflayber»,

2

  –  deb  ta’kidlanadi.  Zero, 



ibratli ishlar, imon-e’tiqod, adolat, xolislik, poklik, yolg’on gapirmaslik, beva-bechoralar, 

yetim-yesirlarning haqqiga ko’z tikmaslikka chaqiruvchi ushbu o’gitlar, pand-nasihatlar 

Sharq xalqlariga xos bo’lgan jamoaviy birdamlik va hamdardlikni o’zida aks ettiradi.  

O’rta  Osiyo  Sharq  dunyosining  ilmiy-madaniy  markaziga  aylangan  IX-XIII 

asrlarda  yashab  ijod  etgan  mutafakkirlar  o’z  ijtimoiy  qarashlarida  jamiyatning  mehnat 

qobiliyatiga  ega  bo’lmagan  yoki  turli  hayotiy  voqyea-hodisalar  natijasida  ushbu 

qobiliyatini  yo’qotgan  zaif,  ojiz  qatlamlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini 

himoyalash muammolarini o’rganar ekanlar, mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Xo’ja 

Bahovuddin Naqshbandiylar insonni jismoniy va ruhiy holatidan qat’iy nazar, o’zi uchun 

moddiy farovonlik yarata olish qudratiga ega bo’lgan mukammal mavjudot va o’zgalar 

                                                 

1

  Бобоев  Ҳ.,  Ҳасанов  С.  «Авесто»  –  маънавиятимиз  сарчашмаси.  –  Тошкент:  Адолат,  2001.  –  110  б; 



Катехизис зороастризма. Древняя религия магов. – М.: Сфера, 2002. – 373 с; Карим Т. Муқаддас «Авесто» 

изидан. – Тошкент: Чўлпон, 2000. – 80 б. 

2

 Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил ал-Бухорий. Ҳадис. 4.Т. – Тошкент: Қомуслар, 1997. Т.3. – Б. 475-476. 



yordamiga umid qilishni boqimandalik deb biladilar. Jumladan, Abu Nasr Forobiy (873-

980) o’zining  «Fozil odamlar shahri»  asarida  inson  «ojiz banda»  emas,  aksincha, o’zi 

uchun  zaruriy  farovonlikni  yarata  olish  qudratiga  ega  bo’lgan  borliq  ekanligini 

ta’kidlaydi.

1

  Tasavvuf  ta’limotining  mashhur  namoyondalaridan  Xo’ja  Bahovuddin 



Naqshbandiyning tariqati asosini mehnatsevarlik tashkil qilib, «Dast ba koru dil ba yor» 

ya’ni,  inson  qalbida  Ollohni  madh  qilgani  holda,  kun  ko’rish  uchun  mehnat  qilishi 

zaruriyatini  ko’rsatadi.

2

  Fikrimizcha,  mazkur  fikrlar  mehnat  qobiliyatiga  ega  bo’lgan 



aholi qatlamiga nisbatan bildirilgan bo’lib, insonni o’z aqliy va jismoiy imkoniyatlaridan 

oqilona  foydalanishga  undaydi.  Ammo,  biz  bilamizki,  jamiyat  taraqqiyotining  har  bir 

bosqichida aholining mustaqil hayot kechirish qobiliyatiga ega bo’lmagan ojiz qatlamlari 

mavjud bo’lib, ular o’zgalar g’amxo’rligiga muhtojdirlar. 

Ushbu  davrda  yashab  ijod  etgan  mutafakkirlardan  Abu  Ali  Ibn  Sino,  Ahmad 

Yassaviylar,  aksincha,  yordamga  muhtoj  bo’lganlarga  madad  qo’lini  cho’zish,  har  bir 

inson  uchun  munosib  turmush  tarzini  yaratish,  ularga  insonparvarlik  nuqtai  nazaridan 

munosabatda  bo’lishlikni  targ’ib  qiladilar.  Xususan,  Abu  Ali  Ibn  Sino  (980  yilda 

tug’ilgan)  agarda  davlatda  podsholar  va  hukmdorlar  mavjud  bo’lmay,  barcha  teng 

moddiy imkoniyatga ega bo’lganda hyech kim mehnat qilmay qo’yishini, aksincha, faqat 

qashshoqlik bo’lsa jamiyat tanazzulga uchrashini qayd etgan.

1

  Darhaqiqat,    bizningcha 



ham  mazkur  fikrlar  o’z  zamonasining  ilg’or  g’oyalari  qatoridan  o’rin  olgan  bo’lib, 

jamiyat barqarorligi va osoyishtaligini ta’minlash, turli tabaqalar o’rtasidagi muvozanatni 

saqlab turishning muhim omillaridan biri ijtimoiy muhofaza ekanligini ko’rsatadi. 

Tasavvuf ta’limotida xalq manfaati uchun qayg’urish, ularning haq-huquqlarini 

himoyalash g’oyalari keng tarqalgan bo’lib, ushbu ta’limot  namoyondalaridan Xo’ja 

Ahmad Yassaviy (1041-1166-1167) ning hikmatlarida oddiy xalq, yo’qsillar butun bir 

qatlam sifatida ta’riflanadi va ularni «g’ariblar», «yetimlar», «faqirlar» tabaqasi nomi 

bilan  atab,  mulkdorlarga  aynan  shu  qatlamlarga  nisbatan  g’amxo’r  bo’lishni  nasihat 

                                                 

1

 Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Халқ мероси, 1993. – 176 б.  



2

 Қаранг: Каримов С. Ўрта Осиѐ социологик фикрлари тарихидан. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2000. – 43 б; 

Маънавият  юлдузлари.  (Марказий  Осиѐлик  машҳур  сиймолар,  алломалар,  адиблар)  /  Масъул  муҳаррир 

Хайруллаев М.М. – Тошкент: Халқ мероси, 2001. – 167 б.  

3.Қаранг: Ибн Сино. Тиб қонунлари. 3.Т. – Тошкент: Халқ мероси, 1992. Т.1. – 304 б; Маънавият юлдузлари. 

(Марказий  Осиѐлик  машҳур  сиймолар,  алломалар,  адиблар)  /  Масъул  муҳаррир  Хайруллаев  М.М.  – 

Тошкент: Халқ мероси, 2001. – 103 б.  


qiladi va yuqori tabaqa vakillarini xalq uchun xizmat qilishga chaqiradi.

2

 Zero, tasavvuf 



ta’limotining  ayrim  tariqatlari  o’z  zamonasiga  nisbatan  ma’lum  ma’noda 

taraqqiyparvarlik  ruhida  bo’lgan  va  ular  ijtimoiy  ojiz  tabaqalarning  haq-huquqlarini 

muhofazalashga intilganlar. 

O’rta  asrlarning  rivojlangan  ikkinchi  bosqichi  (XIV-XVI  asrlar)  ga  kelib  Amir 

Temur  (1336-1405)  va  temuriylarning  ulkan  davlati  doirasida  olib  borilgan  ijtimoiy 

siyosatga  to’xtalar  ekanmiz,  Sohibqiron  o’z  saltanatida  qashshoqlar  miqdorini 

kamaytirish maqsadida ularning sonini to’la hisobga olib nafaqalar belgilagan. Xususan, 

u  quyidagicha  yozadi,  «…yana  amr  etdimki,  har  bir  katta-kichik  shahar,  qishloqda 

masjid,  madrasa  va  hokazolar  bino  qilsinlar,  faqiru  miskinlarga  langarxona,

 



g’aribxona

lar  solsinlar,  kasallar  uchun  shifoxona  qurdirsinlar  va  ularda  ishlash  uchun 



tabiblar tayinlansinlar».

1

 Albatta, ushbu g’oyalar Sohibqironning ijtimoiy qarashlari inson 



va  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  farovonligini  ta’minlashga  yo’naltirilganligidan  guvohlik 

beradi.  E’tiborlisi,  Amir  Temur  o’z  saltanatidagi  muhtojlarni  ijtimoiy  muhofazalashda 

nazariy  ko’rsatmalar  berish  bilan  cheklanmay,  berilgan  farmonlarining  ijrosini 

ta’minlanishini  nazorat  qilib  borgan  va  keng  qamrovli  amaliy  ishlarni  ro’yobga 

chiqargan.  

 

Amir  Temurning  boshlagan  ibratli  ishlarini  uning  avlodlaridan  Shohruh  Mirzo 



(1377-1447)  va  Mirzo  Ulug’bek  (1394-1449)  lar  davom  ettirib,  ular  mamlakatda 

osoyishtalikni  ta’minlash  maqsadida  xalq  ommasining  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini 

o’rganib  chiqqanlar.  Narx-navo,  soliq  tizimini  tartibga  solganlar.  Hattoki,  Mirzo 

Ulug’bek o’z madrasasida talabalarni o’qish saviyasiga qarab  nafaqa (stipendiya ) lar 

tayinlagan.

2

  Albatta,  bu  tadbirlar  temuriylar  davrida  ijtimoiy  muhofaza  davlat 



ahamiyatiga molik bo’lgan masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi.    

 

Alisher  Navoiy  (1441-1501)  o’z  davrida  jamiyat  tuzilishi  va  turli  tabaqalarining 



turmush tarzini o’rganar ekan, 32 xil ijtimoiy qatlam haqida ma’lumot beradi.

3

 Unda nafaqat 



                                                 

1

. Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар. – Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1991. – 234 б.  



 Йўловчилар қўниб ўтадиган жой.  

 Камбағаллар ва етим-есирларга озиқ-овқат улашиладиган жой.  



2

. Амир Темур. Темур тузуклари. – Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1991. – 100 б.  

3.Яхшилиқов Ж., Ахмадов Ш. Темурийлар маънавияти. – Тошкент: Фан, 1999. – 114 б. 

1.Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр. – Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1989. – 254 б.  



hukmron  sinf  vakillari,  balki  kambag’allar,  beva-bechoralar,  yetim-yesirlar,  muhtojlar, 

tekinxo’rlar ham alohida ko’rsatilgan. Jumladan, ijtimoiy qatlamlarning yigirma yettinchisini 

g’arib  va  bechoralar,  yigirma  sakkizinchisini  gadoylar  tashkil  etishini e’tirof  etadi.

4

  Alisher 



Navoiy  bu  kabi  tabaqalarning  qashshoqlikdan  chiqishlariga  ko’maklashish  va  ijtimoiy 

muhofazalash to’g’risida ilmiy izlanishlar olib borib, ushbu qatlamlarning ijtimoiy-iqtisodiy 

ahvolini yengillashtirishga ko’maklashuvchi va barchaga birday xizmat ko’rsatuvchi 52 rabot, 

16  ko’prik,  9  hammom,  qator  masjid,  madrasa,  xonaqoh  va  shifoxonalar  kabi  xayrli 

jamoatchilik  inshootlarini  qurdiradi.  Birgina  «Xolisiya»  xonaqosida  zaifa  va  miskinlarga 

kunlik  tekin  oziq-ovqat  ulashish  tartibini  joriy  etadi.  Ammo,  fikrimizcha,  tekin  oziq-ovqat 

ulashish  kabi  tadbirlarni  doimiy  tarzda  qo’llanilishi  mehnat  qobiliyatiga  ega  bo’lgan 

muhtojlarda boqimandalik kayfiyatini shakllanishiga olib keladi.   

 

Shu o’rinda, O’rta Osiyoda ijtimoiy muhofaza nafaqat davlat ahamiyatiga molik 



masala,  balki,  mahalliy  aholining  turmush  tarzi  va  an’analari  bilan  bevosita  bog’liq 

hodisa ekanligini alohida qayd etish joiz. Sababi, bu hududda aholi qadimdan jamoalarga 

– mahallalarga birlashib yashaganlar. Jamoa a’zolarida o’zaro birdamlik va hamdardlik 

ko’nikmalari tabiiy tarzda shakllanib, rivojlanib borgan. Bu noyob hodisa bo’lib, asrlar 

davomida  mahalla  aholisi  uchun  jamoadagi  nochor  insonlarga  g’amxo’rlik  qilish  ham 

qarz, ham farz hisoblangan.    

Mahallalarning  shakllanishi  va  ularda  jamoaviy  birdamlik,  hamdardlik,  o’zaro 

g’amxo’rlik  munosabatlarining  namoyon  bo’lishi  to’g’risida  A.Saidov  «Eramizgacha  I  

ming  yillikning  birinchi  yarmida  O’rta  Osiyoda  «mustaqil  mazmunga  ega  jamoa» 

sifatidagi  ijtimoiy  tashkilot  mavjud  bo’lib,  odamlar  o’z  hayotlarini  ixcham  maskanlar  – 

mahallalar shaklida qurganlar»,

1

 – deb yozadi. Muallif mahalla atamasi ta’rifiga to’xtalar 



ekan, «Mahalla – arabcha  «mahal», «mahallatun» so’zlaridan kelib chiqib «birgalikda» 

degan  ma’noni  anglatadi.  Bu  so’z  ilk  bor  Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»  asarida 

uchraydi»,

2

 – deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, mahallalarning shakllanish negizlari kishilarning 



jamoalarga  birlashib  yashash  tajribasining  ilk  kurtaklari  bilan  bog’liqdir.  O’rta  Osiyo 

hududida yashovchi ko’plab elatlarning jamoalarga birlashib yashash odatining o’ziga xos 

                                                 

2

. Алишер Навоий. Маҳбуб ул қулуб. – Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1983. – 36 б. 



3

. Саидов А. Маҳалла – умумий уйимиз // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари.  – Тошкент, 2003.-№1(21). – Б. 7. 

1

. Fуломов Л. Маҳалла – жамият ҳаѐтининг кўзгуси // Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. – Тошкент, 2003. 



- №2. – 18 б. 

shakllaridan  Ķoraqalpog’istonda  «koshebiy»lar  –  mahalliy  jamoalar,    Xorazmda  «elat», 

ya’ni, jamoalar xuddi mahalla kabi faoliyat yuritib, asrlar davomida o’zining asl mohiyatini 

yo’qotmasdan, aksincha, boyitib kelgan.  

O’zbekiston  hududida  mahallalar  Somoniylar  (IX-X  asrlar)  va  Qoraxoniylar  (XI 

asrlar) davrida ham mavjud bo’lib, hozirgi kunda mavjud mahallalarning aksariyati XIV-XV 

asrlarda vujudga kelgan.

1

 Mahallaning ko’chalari kesishgan yoki tutashgan joyida mahalla 



markazi  –  guzar  bo’lib,  aholi  uchun  eng  zarur  bo’lgan  madaniy-maishiy  hamda  xo’jalik 

inshootlari,  jumladan,  masjid,  maktab,  choyxona,  mehmonxona,  nonvoyxona,  qassoblik, 

baqqollik, yamoqchilik ustaxonalari, do’konlar, sartaroshxona, karvonsaroy, Ramazon oyida 

«Bozori  shab»,  boshqa  vaqtlarda  «Bozori  subh»  deb  ataluvchi  mo’jazgina  bozorcha  va 

mahalla ellikboshisining mahkamasi bo’lgan. Mahallani boshqarish qat’iy tartib asosida olib 

borilgan  va  unga  xalq  tomonidan  saylanadigan  amin  rahbarlik  qilgan.  Xonliklar  davrida 

aminga katta huquq va vakolatlar berilgan. Chunonchi, ayrim soliqlarni yig’ish, mulkiy va 

oilaviy nizolarni hal qilish, qozining ba’zi hukmlarini ijro etish, mahalla obodligini nazorat 

qilish, hudud aholisi osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, shahar doirasida hal etiladigan 

masalalarga munosabat bildirish, savdo muassasalari ishini nazorat etish va hokazolar shular 

jumlasidandir.  Amin  xazinadan  maosh  olgan,  uning  ish  vaqti  chegaralanmagan.  Jamoa 

ahamiyatiga ega bo’lgan masalalar har bir ko’chadan saylangan o’nboshilar bilan kelishilgan 

holda hal etilgan. Mahalla hududida joylashgan turli inshootlarni ta’mirlash, chorvani boqish 

ishlarida ham jamoatchilik kayfiyati kuchli bo’lib, maxsus farrosh, cho’pon va  mardikorlar 

yollangan. Bu ishlarni amalga oshirishda kam ta’minlangan, muhtoj kishilar jalb etilgan va 

ularga  oz  bo’lsa-da  daromad  manbaiga  ega  bo’lish  va  o’zini-o’zi  ta’minlash  imkoniyati 

yaratilgan.  Mehnat  qobiliyatiga  ega  bo’lmagan  nogironlar,  yetim-yesirlar,  qariyalar 

ahvolidan  xabar  olish  esa  mahallaning  har  bir  a’zosi  uchun  farz  hisoblangan.  Ularning 

oilaviy bayram va to’ylari, dafn marosimlari va boshqa tadbirlarini o’tkazish an’anaga ko’ra, 

qavmu  qarindosh,  yaqin  qo’shnilarning  ishtirokida  olib  borilgan.  Hududning  muysafid 

oqsoqollari,  mahalla  faollari  bunday  qatlamlarni kamsitilishiga  yo’l  qo’ymaslikka harakat 

qilgan.  Soliqlardan  juzya

  mahalla  tasarrufiga  olib  qolinib,  muhtojlarga  xayr-ehson  qilish, 



                                                 

2

 Баҳронов Ж. Социология.  – Самарқанд: СамҚХИ, 2000. – 78 б. 



 Жон солиғи. 



obodonchilik  ishlarini  amalga  oshirishda  foydalanilgan.  Mahalladagi  boy  kishilar,  o’ziga  to’q 

tadbirkorlar,  ishfurush

lardan  to’plangan  xayriya  pullarini  sarflashda  mahalla  masjidi  bilan 



hamkorlikda  ish  olib  borilgan  va  hududda  istiqomat  qiluvchi  ojiz  kishilar,  muhtoj  oilalarni 

ta’minlab turish uchun sarflangan. Amin va masjid mutavallisi mahalladagi yetim-yesirlar, tul-

bevalar, batraklar, majruhlar ro’yxatini olib hayitlarda ularga hayitlik

 tarqatganlar, mol-qo’ylarni 



so’yib guzarlarga xomtalash

ga osib qo’yganlar. Hayit va juma kunlari doshqozonlarda taomlar 



pishirilib  xalqqa  tarqatilgan.

1

  Ko’rinib  turibdiki,  mahallaning  davlatga  og’irligi  tushmagan.  U 



o’zini-o’zi  boshqargan, o’zini-o’zi  ta’minlagan.  Muhimi  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarini  hal 

qilishda adolat tamoyillariga asoslanib ish yuritilgan.  

XX  asrning  birinchi  choragida,  ya’ni,  bolsheviklar  milliy  qadriyatlarimizga  ziyon 

yetkazmasidan oldin mahallalar,  asosan, 50-60 xonadondan tashkil topib, yirik shaharlarda ular 

daha



lar  tarkibiga  kirgan.  Shunga  ko’ra,  dahalarda  o’nta  va  undan  ziyod  mahallalar  mavjud 



bo’lib,  ularda  muhtoj  qatlamlarga  g’amxo’rlik  an’anaviy  tarzda  davom  ettirilgan.  Mahalla 

oiladan keyingi ijtimoiy tuzilma hisoblangan. Shu bois «Mahallang otang-onang» – deb bejiz 

aytilmagan. Mahalladan jamiyat va davlat boshqaruvining qo’shimcha tarkibiy qismi sifatida 

sobiq mustabid tuzum davrida ham foydalanilib, bu davrda ularning faoliyatini nazorat qilishga 

doir bir necha farmon va nizomlar qabul qilingan. Masalan, 1932 yil 17 aprelda tasdiqlangan 

nizomnomada mahalla institutining faoliyatini shaharlarda takomillashtirishga e’tibor qaratilib, 

mahalla qo’mitalari shahar sovetlari huzurida, tumanlarga bo’lingan shaharlarda esa tuman 

sovetlari  qoshida  hukumatning  qarorlarini  bajarish,  shahar  obodonchiligi,  madaniy-

ijtimoiy  va  xo’jalik  ishlarni  amalga  oshirishda  yordamchi  jamoat  tashkilotlari 

hisoblangan.  Muhimi,  bu  davrda  ham  mahalla  oddiy  xalq  turmush  tarzining  ajralmas 

qismi sifatida o’z mohiyatini yo’qotmagan.  

Xullas, O’rta Osiyoda aholining mehnat qobiliyatiga ega bo’lmagan, imkoniyati 

cheklangan  qatlamlari,  ya’ni,  yetim-yesirlar,  beva-bechoralar,  qariyalar,  nogironlarni 

ijtimoiy  muhofazalash  shariat  va  diniy  qonun-qoidalar  asosida  insonparvarlik, 

saxovatpeshalik, xayr-ehson shaklida jamoaviy turmush tarzining ajralmas qismi bo’lgan. 

                                                 

 Кичик корхона эгалари. 



 Пул, кийим-кечак, буғдой шаклидаги моддий ѐрдам. 

 Муҳтожлар ўзларига ярашасини кесиб олганлар. 



1

 Бобоқулов С. Маҳалла тарбия ўчоғи // Ҳаѐт ва иқтисод. – Тошкент, 1992. - №3. – Б. 20. 

 



 Даҳа – форсчада – ўн.  



Bizningcha, o’rganilgan davrlarda aholining ijtimoiy muhofazasi amaliy ahamiyat kasb 

etuvchi jarayon bo’lib, yagona hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning mentaliteti 

xususiyatlarini  o’zida  mujassamlashtirgan.  Chunonchi,  muhtojlarga  g’amxo’rlik, 

ularning  holidan  xabardor  bo’lish  kabi  olijanob  xislatlarning  avloddan-avlodga  o’tib 

borishi  sharqona  jamoalar  –  mahallalarda  shakllangan.  O.Brusinaning  ta’kidlashicha, 

«O’rta Osiyoda ming yillar maboynida mavjud bo’lgan hamda an’anaviy turmush tarzi 

va  ahloq  me’yorlariga  asoslangan  sosial  institut  –  mahalla  o’z  moslashuvchanligi, 

kelishuvchanligi asosida barqarorligini isbot qilgan».

1

 Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyotning 



turli  bosqichlarida  tuzumlar  o’zgarishiga  monand  ravishda  mahallaning  tegishli  hudud 

aholisi  mahalliy  hayotini  tashkil  etish  shakli  sifatidagi  vazifalari  o’zgarib  turishiga 

qaramay, u hamisha millatning uyushqoqligini ta’minlovchi, o’zligini asrovchi maskan 

bo’lib qolgan va ijtimoiy maqomi muttasil o’sib kelgan.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 493.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat