O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 11,41 Mb.
bet5/101
Sana08.02.2022
Hajmi11,41 Mb.
#436608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
2 5274154074948766837

Tayanch so’zlar: rux, Sfalerit, Smitsonit, Bornit, Kalamin, TSinkit, zararli qo’shimchalar, yo’ldosh elementla, qattiq foydali qazilma, boyitish mahsulotlari

1. Rux- D.I. Mendeleev davriy jadvalining II guruhiga kiruvchi kimyoviy element bo’lib, uning atom nomeri 30, nisbiy atom massasi 65,3 ga teng. Geksogonal kristall panjaraga ega. Ruxning zichligi 7,1 g/sm3.


Ruxning o’rtacha tarkibi yer yuzasida 8,3∙10-3 %. Cu-Zn qotishmasi hisoblangan latun qadimdan insoniyatga mahlum. Metall holdagi rux birinchi marta 1746 yili Angliyada olingan.
Rux faol metall va yaxshi tiklovchi, uning oksidlab-tiklovchi potentsiali 0.76 V. Erish harorati 419,5 oS, qaynash harorati 906 oS. Ruxning qattiqligi Moos shkalasida 2,5-2,9 ga teng.
Tabiatda rux faqat turli xil minerallarda birikma holida uchraydi va erkin holda uchramaydi. Rux 100-150 oS haroratda egiluvchan va cho’ziluvchan xususiyatga ega bo’ladi, 200 oS dan yuqori haroratda esa mo’rtlashadi va diamagnitli xususiyatga o’tadi. Ruxning qo’rg’oshin yoki mishyak bilan ifloslanishi uning mo’rtlashishga olib keladi.
Ruxning juda kup qotishmalari aniklangan: Al, Cu, Sn, Mg, Ca, Ni, ‘b, Cd, Fe, Ag, Hg, Au, ‘t, W va boshqa metallar bilan.
Havoda 100 oS haroratda karbonatli qobiq bilan qoplanadi va rangsizlashadi.
Nam havoda uglerodli gazlar ishtirokida rux asosiy karbonatlar hosil qilib, odatdagi haroratda ham parchalanadi. Kuchli kislotali minerallari ruxni tuzlar hosil qilgan holda yaxshi eritadi.
Rux III analitik guruhga kirib, kationlari qiyin eriydigan sulfidlar hosil qiladi. Rux sulfidq boshqa III guruh elementlariga nisbatan (Ai,Fe,Co,Ni) aytarli drajada qiyin eriydi.
Jahon miqyosida olinayotgan ruxni qariyb 40% ruxlantirishga, yahni ruxni yupqa qatlam qilib (10 – 50 mkm) temir va uning qotishmalari yuzasiga atmosfera korroziyasini oldini olish maqsadida qoplashga sarflanadi.
O’zining yaxshi quyma olish va past haroratda erish xususiyatlaridan kelib chiqib, rux turli xil, asosan alyuminiy, mis, magniy bilan qotishmalar tayerlashda keng ishlatiladi. Bu qotishmalar o’ta baland bo’lmagan erish harorati, yaxshi oquvchanligi, bosim ostida oson ishlov beriluvchanligi, payvandlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Rux qo’rg’oshinni nodir metallardan tozalashda ishlatiladi, kimyo-metallurgiya jarayonlarida tiklovchi sifatida qo’llaniladi. Uning birikmalari juda muhim yarimo’tkazgichli material va lyuminofora hisoblanadi. Metalli rux kumushni ko’rg’oshinli kumushdan ajratib olishda va galvanik elementlar tayyorlashda qo’llaniladi.
Butun yer yuzasi bo’ylab olingan ruxning umumiy miqdori (1978y) 4578 ming.tonnani tashkil qilgan. Yeng ko’p ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga Kanada, AQSH, Avstraliya, Peru, Yaponiya va Meksika kirsa, ko’p ishlatuvchilar AQSH hisoblanib, 1978 yilda 1140 ming t. rux ishlatilgan, shuning 40% ruxlantirishga ishlatilgan. 32,5% eritma tayyorlashga, 11.5% latun va bronza olishda qo’llanilgan. Ruxning taxminan 10%i rux oksidi olishda ishlatiladi.
2. Tabiatda tarkibida rux bo’lgan 66 ta minerallar aniqlangan, biroq uning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan minerallari bu sulfidli rudalarda sfalerit, oksidli rudalarda esa smitsonit va kalamindir.
4-jadval. Rux minerallarining qisqacha tasnifi

Minerali

Formulasi

Ruxning miqdori, %

Zichligi,
g/sm3

Qattiqligi

Sfalerit

ZnS

67,1

3,5 – 4,2

3 – 4

Smitsonit

ZnCO3

59,5

3,5 – 3,8

2,5

Kalamin

2ZnO∙SiO2∙H2O

53

3,4 – 3,5

4 – 5

TSinkit

ZnO

80,3

5,7

4

Villemit

2ZnO∙SiO2

59,1

4,1

5 – 6

Franklinit

(Zn,Mn) O∙Fe2O3




5 – 5,2

6



Download 11,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish