O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 11,41 Mb.
bet17/101
Sana08.02.2022
Hajmi11,41 Mb.
#436608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
Bog'liq
2 5274154074948766837

Tekshiruvchi elash jarayonlari ortiqcha mahsulotni maydalagichga qaytarish maqsadida qo’llaniladi. O’rtacha qattiqlikdagi rudalarni mayda maydalovchi konusli maydalagichlarda tekshiruvchi elash operatsiyasiz maydalanganda ortiqcha mahsulotning chiqishi 65% ga yetadi, maydalangan mahsulotning shartli maksimal yirikligi bo’shatish tuynugining kengligidan 4,5-5 marta ortadi. Qattiq rudalarda ortiqcha mahsulot 85% gacha yetadi va shartli maksimal kattalik 5,5 martani tashkil etadi.
Maydalashning oxirgi bosqichida tekshiruvchi elash qo’llanilganda maydalangan mahsulotning oxirgi yirikligi o’rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun 3 marta va qattiq rudalar uchun 3,5 marta kamayadi.
SHarli va sterjenli tegirmonlarda yanchish uchun optimal hisoblanuvchi (10 – 20 mm) maydalangan mahsulot faqat elak bilan yopiq tsiklda ishlovchi mayda maydalovchi konuslimaydalagichlarda maydalangandagina olinishi mumkin. SHuning uchun rudani sharli yoki sterjenli tegirmonlarda yanchish uchun tayyorlashda maydalashning oxirgi bosqichida tekshiruvchi elash operatsiyalarini qo’llash kerak.
Maydalashning elash bilan yopiq tsikli dastlabki elash bilan ochiq tsikliga nisbatan albatta murakkabroqdir. Tekshiruvchi elashni kiritish ko’p sonli elaklar, konveyer va tahminlagichlarni o’rnatish lozimligini keltirib chiqaradi. Bular xarajatlarning ortishiga, maydalash tsexining konstruktiv yechimlarini va ekspluatatsiya qilishni murakkablashishiga olib keladi. Lekin yopiq tsikldan voz kechish faqat tegirmonga kelib tushadigan mahsulot yirikligini oshirilgandagina mumkin. Bunda fabrikadagi maydalash va yanchishning umumiy tannarxi ortadi.
Yuqorida bayon qilinganlardan maydalash sxemasi tanlashning uchinchi qoidasi kelib chiqadi. Sterjenli va sharli tegirmonlarning samarali ishlashi xamda optimal yiriklikdagi maydalangan mahsulot olish uchun maydalashning oxirgi bosqichida tekshiruvchi elash operatsiyasi bo’lishi mumkin.
Maydalash sxemasi tanlashning yuqorida ifodalangan qoidalariga muvofiq ikki turdagi sxemalar ratsional hisoblanadi: birinchisi 25 mm dan ortiq bo’lmagan mahsulot olish uchun va ikkinchisi 10-20 mm dan kichik mahsulot olish uchun. Bu sxemalar
6-rasmda keltirilgan.
Ikki bosqichli BB sxemasi rudaning kichik bo’laklari va BBB sxemasi yirik bo’laklari uchun qo’llanadi. Ikkala sxema ham 25 mm dan kichik o’lchamdagi mahsulot olishni tahminlaydi. Birinchi bosqichdan oldingi elash punktir chiziq bilan ko’rsatilgan, ular maxsus asoslash orqali qo’llaniladi.
10 - 20 mm yiriklikdagi mahsulot olinuvchi, oxirgi bosqichi yopiq tsiklli sxemalar ikki bosqichli BA – mayda dastlabki va BBA yirik (1200 mm gacha) dastlabki mahsulot uchun.
BBA' sxemasi BBA sxemasining varianti hisoblanib, uchinchi bosqichda dastlabki va tekshiruvchi elash operatsiyalari ajratilganligi bilan farq qiladi. Undan tashqari ikkinchi va uchinchi bosqichlardan yirikligi bo’yicha tayyor mahsulotga mos keluvchi material chiqarib olinadi. SHu maqsadda maydalashning ikkinchi bosqichidan oldin ikki to’rli elak qo’llanilishi kerak. Namroq yoki changlanadigan tayyor mahsulotni ajratib olish ikkinchi va uchinchi bosqich maydalagichlarining ishini normallashtiradi o’rta va mayda maydalash tsexlarining maydalagichlari va barcha transport dastgohlarini ekspluatatsiya qilishni yaxshilaydi.
Agar mayda sinfda birlamchi ruda shlamlari va eruvchi tuzlar yig’ilgan bo’lsa, birinchi maydalash bosqichidan keyingi olingan mayda mahsulotni alohida tsiklda qayta ishlash maqsadga muvofiq.
Bu sxemaning o’rta va mayda maydalash qismida elaklarni maydalagich ostiga joylashtirish loyihaning ixcham yechimi hisoblanadi. Lekin bunda konstruktiv shartga asosan har qaysi maydalagichga bitta elak o’rnatish kerak. SHuning uchun mayda mahsulot (-10, -12 mm) olishda va ruda yomon elangani sababli katta elash yuzasi talab qilinganda maydalagichga istalgan miqdordagi elaklarni o’rnatish mumkin bo’lgan BBA sxemasi afzal hisoblanadi.
Ko’rib chiqilgan bu beshta maydalash sxemasi boyitish fabrikalarida rudani sterjenli va sharli tegirmonlarda yanchish uchun tayyorlashda ko’proq ishlatiladi.

Download 11,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish