6. Korxonada innovatsion faoliyatni tashkil qilish usullari
Davlatning ta’sir etish usullari
. Davlatning korxonalar innovatsion faoliyatiga
ta’siri ikkita, ya’ni ma’muriy va iqtisodiy (bevosita va bilvosita) usullari orqali amalga
oshiriladi. Ma’muriy usul - ma’lum faoliyat turini cheklash yoki uni rivojlantirishga
karatilgan qonuniy asosga tayangan bo‘ladi. Bu standartlash va patent siyosatini xuquqiy
me’yorlashdir. Bular xammasi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatida yangiliklarga monopoliyani
saqlab kolish va tovar ishlab chiqaruvchilar maxsulotlari sifatini yaxshilash va turlarini
ko‘paytirishga qaratilgan bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatni tartibga solishning eng ta’sirchan usullaridan biri iqtisodiy
usul xisoblanadi. Ushbu usul tovar maxsulotlarini ishlab chiqishda motivatsiya omiliga
tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |