O‘zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/563
Sana07.01.2022
Hajmi4,89 Mb.
#327431
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   563
Bog'liq
Soha iqt va men-UMK-2021

Iqtisodiy  samaradorlik
    ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  natijasini  ko‘rsatadi. 
Masalan, maxsulot ishlab chiqarish - boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, 
mehnat sifatini oshirish va xokazolarning natijasi.  
Iqtisodiy  samara
  -  material,  mehnat,  pul  va  boshqa  resurslarni  tejash  tufayli 
erishilgan miqdor. 
Ijtimoiy  samaradorlik
    -  ishlab  chiqarish  samaradorligining  mehnat  sharoitlarini, 
uning  ijodkorlik  mazmunini  boyitish,  akliy  va  jismoniy  mehnat  o‘rtasidagi  farqni 
yo‘kotishni ifodalaydi. 
Iqtisodiy  samaradorlik  ijtimoiy  samaradorlikka  nisbatan  birlamchi  xisoblanadi, 
chunki iqtisodiy yutuklar korxonaning ijtimoiy muammolarini xal qilishga yordamlashadi. 
Samaradorlik tufayli korxona kuyidagilarga ega bo‘ladi: 
" o‘zining iqtisodiy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta’minlaydi; 
" o‘z imidjini yaxshilaydi va xamkorlar bilan alokalarini mustaxkamlaydi; 
" xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy axvolini yaxshilaydi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kuyidagi omillar bilan bog‘liq bo‘ladi: 
"bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishda eng kam 
xarajatlar  bilan  ishlab  chiqarishning  maksimal  xajmini  ta’minlovchi,  optimal  ishlab 
chiqarish jarayonini tanlash; 
" iste’molchilar talabini kondiradigan maxsulot ishlab chikarib sotish va foyda olish; 
"  aylanma  vositalarni  tejash  imkoniyatini  yaratuvchi  optimal  ishlab  chiqarish 
zaxiralarini yaratish. 
Xo‘jalik  samaradorligini  baxolash,  korxonada  foydalaniladigan  resurs  turlari 
bo‘yicha  amalga  oshirilishi  va  miqdor  jixatidan  o‘lchanishi  mumkin.  Masalan:  ish 
kuchidan  foydalanish  samaradorligini  mehnat  unumdorligi  va  maxsulotning  mehnat 
sig‘imi  ko‘rsatkichlari  yordamida  baxolash  mumkin.  Mehnat  unumdorligi-inson 
mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko‘pmi maxsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir. 
s
u
I
Q
M
=
 
bu erda:  
    M
u
 – mehnat unumorligi; 
    Q   - maxsulot xajmi qiymat ko‘rinishida; 
     I
s
  - ishchilar soni. 
Maxsulotning  mehnat  sig‘imi  -  mehnat  unumdorligiga  teskari  kattalik  bo‘lib, 
sarflangan  mehnat  miqdorining  ishlab  chikarilgan  maxsulot  xajmiga  nisbati  bilan 


192 
 
aniqlanadi.  Mehnat  unumdorligi  -  insonning  muayyan  vaqt  ichida  ozmi-ko‘pmi  maxsulot 
ishlab chiqarish qobiliyatidir.  
Q
I
T
s
=
 
Mehnat  qurollaridan  foydalanish  samaradorligi  maxsulotning  fond  sig‘imi  va  fond 
kaytimi  ko‘rsatkichlari  yordamida  aniqlanadi.  Fond  kaytimi  korxona  asosiy  fondlarining 
bir birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chikarilgan maxsulotni anglatadi. U maxsulot sotishdan 
tushgan  bir  yillik  tushumni  asosiy  ishlab  chiqarish  fondlarining  o‘rtacha  yillik  qiymatiga 
nisbati sifatida aniqlanadi. 
F
Q
f
q
=
 
bu erda:  
    Q- maxsulot xajmi, qiymat pul ko‘rinishida; 
    F - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati 
Fond  sig‘imi  bir  birlik  yangi  asosiy  fondlarni  tashkil  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan 
kapital ko‘yilmalarni anglatadi.  
Q
F
f
s
=
 
Fond  kaytimi  kanchalik  yuqori  va  fond  sig‘imi  kanchalik  past  bo‘lsa,  mehnat 
qurollaridan  foydalanish  samaradorligi  shunchalik  yuqori  bo‘ladi  va  aksincha.  Fond 
kaytimini  ko‘paytirishning  muhim  zaxirasi,  asbob-uskunalardan  unumli  foydalanish, 
texnologiyalarni takomillashtirish va xodimlar malakasini oshirishdir. 
Mehnat  qurollaridan  foydalanish  samaradorligi,  maxsulotlarning  material  sig‘imi 
yordamida  sarflangan  xomashyo,  material,  yoqilg‘i,  energiya  va  mehnat  predmetlarining 
umumiy qiymatini ishlab chikarilgan maxsulot xajmiga nisbati orqali aniqlanadi.   
Q
MX
m
=
 
bu erda: 
m- maxsulotlarning material sig‘imi; 
MX- moddiy xarajatlar miqdori, so‘m; 
Q- maxsulot xajmi, so‘m
 
Samaradorlikni oshirish omillari kuyidagilar: maxsulotning mehnat sig‘imi, material 
sig‘imi, fond sig‘imini kamaytirish va fond kaytimini oshirish, tabiiy resurslardan ratsional 
foydalanish  va  vaqtni  tejash.    Bularni  amalga  oshirish  uchun  ishlab  chiqarish 
samaradorligini  oshirishning  barcha  omillarini  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va 
takomillashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha  guruhlash  kerak.  Bu  yo‘nalishlarga 
kuyidagilar kiradi: 
" ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash; 
"  fan-texnika  taraqqiyotini  jadallashtirish,  ishlab  chiqarish  va  maxsulotning  texnik-
iqtisodiy darajasini ko‘tarish; 
" ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatlashtirish va xududiy 
joylashtirish darajasini oshirish; 
"  inson  omilini  kuchaytirish  asosida  mehnatkashlarning  ijodiy  faolligini  va 
tashabbusini oshirishni yo‘lga ko‘yish ;  
" xomashyo va materiallarning zamonaviy turlarini yaratish va ulardan foydalanish; 
" ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etish. 


193 
 
Sanoat  va  uning  barcha  bo‘g‘inlari  ishini  tavsiflovchi  sifat  ko‘rsatkichlaridan  biri 
foyda va rentabellikdir. Foydaning asosiy vazifasi ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan 
olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi. 
  Keyingi  jadvalda  modernizatsiyaning  samaradorlik  ko‘rsatkichlari  dinamikasi 
ko‘rsatilgan. 
1 jadval 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish