TAYANCH
SO‘ZLAR
VA IBORALAR
LUG‘A
TI (GLOSSARIY)
Avtokratik rahbar
– buyruq berish, qabul qilishda o‘zini jamoadan uzoq tutadi, hammani
o‘z istaklariga bo‘ysundirish istagidagi rahbar.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari
– ishlab chiqarishda foydalaniluvchi mehnat
predmetlari (xom ashyo, materiallar, o‘rov materiallari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar
va h.k). Ular har bir ishlab chiqarish siklida to‘liq sarflanadi hamda korxonaning aylanma
mablag‘lari hisobiga sotib olinadi.
Aylanma mablag‘lar
– ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor
mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlari, kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi
korxona mablag‘larining pul shaklida ifodalanishi.
Aksiya
– aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning egasi - aksiyadorlik
jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan dividend olish huquqini beruvchi
qimmatbaho qog‘oz.
Do'stlaringiz bilan baham: |