Aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsienti sotilgan xar 1 so‘m maxsulotga sarflangan aylanma mabalg‘ni ifodalaydi.
Bir marta aylanish davomiyligi kunlarda o‘lchanadi xamda shu davrdagi kunlar sonini aylanish koeffitsientiga nisbati orqali xisoblanadi.
bu erda:
K –kunlar soni (360, 90).
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali foydalanish kuyidagilarni talab qiladi:
" fan-texnika taraqqiyoti yutuklarini keng ko‘llash;
" ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jixatdan asoslangan me’yor va me’yoriylar tizimini yaratish;
" korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik alokalari yuritishga o‘tkazish;
" maxsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini tuzish;
" boshqarish tizimini tashkil etishning va rag‘batlantirishning optimal shakllarini ko‘llash.
" texnologik jarayonlami yaxshilash;
" xom ashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
" ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Aylanma mablag‘larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Misol: korxona 10 mln. so‘mlik aylanuvchi mablag‘ga ega. Bitta aylanish davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag‘larning aylanish darajasi Ka = 4 ga teng.
Aylanma mablag‘larning 1 so‘miga 4 so‘mlik maxsulot ishlab chikariladi, korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi 90 kun emas 80 kun bo‘lsa, unda aylanish darajasi Ka = 4,5 ga teng.
Korxona yil davomida 45 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqaradi. Agar aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik maxsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag‘ talab kilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m, ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag‘ bo‘shatib olinadi ( 10 mln.- 8,888 mln.).
Aylanma mablag‘lar mutlak va nisbiy ozod kilinadi.
Mutlak ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan extiyojini kamaytirishni ifodalaydi xamda mavjud resurslardan oqilona foydalanishga oid chora-tadbirlar xisobiga amalga oshiriladi.
Misol: Korxona aylanma mablag‘larining o‘rtacha miqdori 2016-yilda 20 mln. so‘mni tashkil kilgan. 2017-yilda ishlab chiqarish xajmi o‘zgarmagan xolda 18 mln.so‘m miqdorida extiyoj rejalashtirilmokda. Asosiy vositalarning mutlak ozod kilinishi 2 mln.so‘mni tashkil etadi.
Xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, buning hamma uchun to‘g‘ri keluvchi yagona yo‘li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o‘z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.
Misol. Aytaylik, korxonaning 10 mln so‘m miqdorida mablag‘i bo‘lib, bu mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo‘ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, korxona 10 mln so‘m sarf qilganda qo‘shimcha 11 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln so‘mni yoki qo‘shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.
Agarda korxona ushba mablag‘ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo‘yganida, foizlar uchun 1,2 mln so‘m foyda olgan bo‘lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln so‘m miqdoridagi qo‘ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya’ni eng ko‘p foydaga ega bo‘lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo‘lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |