Amal qilsangiz insonlarni o‘z fikringizga og‘dirish imkonini beruvchi o‘n ikki koida
O‘nta holatning to‘qqiztasida baxs har bir ishtirokchining o‘z fikrlari to‘g‘riligiga bo‘lgan ishonchi bir muncha oshishi bilan yakunlanadi. Dunyoda bahsda g‘olib kelishning yagona usuli mavjud — bu baxsning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Xuddi er silkinishidan yoki zaharli ilondan qochgandek, baxsdan ham uzoqroq yuring.
Suhbatdoshingiz fikriga hurmat bilan qarang. Unga hech qachon nohaq ekanligini gapirmang.
Agar o‘zingiz nohaq bo‘lsangiz buni tezda tan oling. Bu usul hayratlanarli natijalar berishi bilan bir qatorda, xoh ishoning xoh ishonmang, ma’lum holatlarda undan foydalanish, kishining hadeb o‘zini himoya qilishga urinishidan ko‘ra yoqimlirokdir.
Avval boshidanoq do‘stona munosabatlarga shaylaning. Agar suhbatdoshingiz yuragida sizga nisbatan norozilik yoki nafrat hissi bo‘lsa, uni o‘z fikringizga og‘diraman deb xomtama bo‘lmang. SHuning uchun biror kishini siz ilgari surayotgan g‘oyaga qo‘shilishini xoxlasangiz, eng avvalo, siz unga do‘st ekanligingizga ishontiring.
SHunday qilingki, suhbatdoshingiz sizning g‘oyangizni inkor eta olmasin. Suhbatni mavjud qarama-qarshiliklarni tahlil qilish bilan boshlamagan ma’qul. Aksincha, suhbat boshida fikrlar mos tushadigan holatlar haqida to‘xtalib o‘ting va suhbat davomida buni bir necha marta takroran ta’kidlang. Uning inkor javob qilish imkoniyatini qisqartiring.
Suhbat davomida suhbatdoshingiz ko‘proq gapirsin. Uning gapini bo‘lmang. Gapirishga bemalol qo‘yib bering.
Suhbatdoshingiz ushbu g‘oyani o‘z tafakkuri mahsuli deb bilaqolsin. Hech bir insonga biror narsani majburan xarid qilish yoqmaganidek, nima qilishi kerakligini belgilab berishlari ham yoqmaydi. Bizga o‘zimizga yoqqan mahsulotni xarid qilish, yoki o‘z istagimizga ko‘ra faoliyat yuritishimiz hamisha yoqimli.
Har qanday holatga suhbatdoshingiz nazari bilan qarashga astoydil harakat qiling. SHunda u nega boshqacha emas, aynan shunday fikrda ekanligi sabablarini tushunishingiz mumkin. Bu sabablarni o‘rganishingiz uning harakati sirlarini bilib olishingizga yordam beradi.
O‘zgalarning fikr va istaklariga hamdardlik bilan munosabatda bo‘ling. Ertaga siz uchrashadigan kishilarning 75 foizi hamdardlikka zorlar. O‘z hamdardligingiz bilan ularning muhabbatlarini qozonishingiz mumkin.
O‘z g‘oyalaringizni jamiyat ma’naviyati bilan hamo-hanglashtirgan holda etkazishga harakat qiling. Ezgu maqsadli g‘oyalarni inson juda tez anglab oladi. Bunday g‘oyani qayta-qayta ta’kidlashning hojati yo‘q.
O‘z g‘oyalaringizni go‘zal qilib etkazishga harakat qiling. Biz yorqin effektlar davrida yashayapmiz. haqiqatni oddiy so‘zlar bilan etkazib berishning o‘zi kamlik qiladi. Haqiqatni jonlantirib, qiziqarli, dramatik tarzda etkazish lozim. Daromadli reklamadan foydalanishni o‘rganishingiz kerak.
Kishilardagi yuksaklikka intilish istagidan unumli foydalaning. Ularni hamkorlikka chaqiring. Bu ruhan kuchli insonlarga ta’sir o‘tkazishning eng to‘g‘ri usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |