O’zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimi SH.Abdurazzaqovga Uychi tumani Yorqo’rg’on QFY Oqtosh MFY da yashovchi aholidan ARIZA Bizning sizga ariza yozishimizdan maqsadimiz Oqtosh MFY hududida 1955-yilda pishiq va hom g’ishtdan qurilgan oilaviy shifokorlik punkti mavjud. Hozirda 8000 kishiga xizmat qiladi. Binoning egallagan joyi 4 sotix. Binoning teppasidan yuqori kuchlanishlik elektr simlari o’tgan. Binoning ichki va tashqi devorlari yorilgan, devorlar sho’rlashgan, pollari chirigan, sanatoriya va yong’in talablariga mutlaqo javob bermaydi. 50-100 m3 lik suv havzasi yo’q. Hodimlar ishlashi uchun xonalar yetishmaydi, vrachlar ham yetishmaydi. 2019-yilda viloyat hokimini qurilish o’rinbosari va arxitekturadan mutaxasislar kelib binoni avariya holatida ekanligi, binoni boshqa joyga qurilishini aytishgan. Agar bino magistral yo’lda bo’lganida edi allaqachon qurib bo’lingan bo’lar edi.
Yangi qurilishga joy izladik va topdik. Muborak MFY hududida bir joyga 2 ta 50 o’rinlikdan xususiy bolalar bog’chasi rejalashtirilgan ekan. Sal nariroqda davlatni 140 o’rinlik bolalar bog’chasi ishlab turibdi. Ko’pchilikni maslahati bilan 50 o’rinli xususiy bolalar bog’chasini yangi tashkil etilgan posyolkaga lozim topildi. Yangi posyolkadan kalxozni bog’idan sotib olingan yangi quriladigan 50 o’rinli xususiy bolalar bog’chasiga joy olib berildi. Yangi quriladigan oilaviy shifokorlik punktini qurishga joy aniq bo’lgandan keyin Muborak MFY 36-uyda yashovchi Nurmuhammad Savdo Servis korxonasi rahbari binoni men quraman deb hokimga va’da berdi. Quruvchining maqsadi boshqa bo’lgan ekan. Binoning 1-qavati Oilaviy Shifokor punkti 2-3-qavatlarini xususiy kunduzi yotib davolovchilarga sog’liqni saqlash hodimlarining aytishlari bo’yicha 1 ta binoda 2 ta tashkilot ishlab bo’lmaydi deb aytishdi. Binoni loyiha smeta qildirdi. Smeta qiymati 6.5 mlrd so’m bo’ldi. Qurilish rahbari 4 mlrd so’mni bankdan 10-12 %foizlik imtiyozli kredit olaman deb aytgan.Qolgan 2.5 mlrd so’mni Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi beradi deb maqsad qilgan. Bunday imtiyozli kreditni viloyat banklaridan hech qaysi biridan topib bo’lmadi. 2019-yilda binoni qurish uchun loyiha smeta qilingan. Mana 3 yil bo’lyaptiki qurilish tashkiloti rahbarini hech qayerdan topib bo’lmayapti. Loyiha smeta bo’lgandan keyin tuman hokimining 23.12.2019 yil 6608-sonli qarori chiqqan.
Hurmatli SH.Abdurazzaqov Shifokorlik punktini avariya holatiga kelib qolganini 2022-yil dasturiga kiritishda hamda Uychi tuman hokimini 23.12.2019 yil 6608-sonli qarorini bekor qilib loyihada ko’rsatilgan joyga Oilaviy Shifokorlik punktini qurishda yaqindan yordam berishingizni so’raymiz.
Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr zafarlar yor bo’lsin deb ariza yozuvchilar: