Vizual matеriallar
1-ilova
1-savol: Ogohlantiruvchi belgilar
Ogohlantiruvchi belgilar haydovchiga yo‘lning xavfli qismiga yaqinlashayotganligi, xavfning turi va shakli xaqida axborot beradi. Xavf-xatar ramziy shaklda ifodalanadi.
Ogoxlantiruvchi belgilarming asosiy foni oq, hoshiyasi qizil rangda bo‘lgan teng tomonli uchburchak shaklidan iborat.
Bu yo‘l belgilari haydonchi chora ko‘rishi talab qilinadigan xavfli qismlarga aholi yashaydigan joylarda 50-100 metr, aholi yashamayligan joylarda 150-300 metr masofa qolganda o‘rnatiladi.
Aholi yashamaydigan joylarda bu guruhdagi belgilarning olisroq masofada o‘rnatilishi transport vositalarining tezligi bilan izoxlanadi (shahardan tashqaridagi tezlik shahardagidan birmuncha yuqori bo‘ladi). Haydovchi yo‘l belgisi o‘rnatilgan joydan xavfli qism boshlanadigan joygacha tezlikni pasaytirib ulgurishi lozim. Yo‘l sharoiti qanchalik murakkab va jiddiy bo‘lsa, shunchalik ko‘p ogoxlantiruvchi belgalar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |