О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet13/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Jamoa kelishuvi tomonlari, tuzilish tartibi va mazmuni. Jamoa kelishuvlari — bu xodimlar vakillik organlari va ish beruvchilar vakillik organlari ishtirokida tuziladigan, sotsial-mehnat munosa­batlarini mamlakat, tarmoq yoki mintaqa doirasida tartibga solishga qaratilgan huquqiy-normativ aktdan iborat. Jamoa kelishuvi ham jamoa shartnomasi singari sotsial-sheriklikning huquqiy shakli bo'lsa-da, ammo uning qo'llanilish sohasi va xususiyati o'zgachadir.
Mehnat kodeksining 47-moddasida aytilganidek, jamoa keli­shuvi qo'llanish doirasiga ko'ra bosh, tarmoq va hududiy (minta-qaviy) kelishuvlardan iborat bo'lishi mumkin.
Jamoa kelishuvi tuzishdan ko'zlanadigan asosiy maqsad — mam-lakat, tarmoq, mintaqa miqyosida sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishda umumiy tamoyillarni belgilashdan iborat. Jamoa kelishuvi tuzilishida ikki yoki uch tomon (markaziy yoki mahalliy davlat organi) ishtirok etadi.
Bosh kelishuv O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organi) va ish beruvchi-larning respublika miqyosidagi birlashmalari o'rtasida, taraflarning taklifiga ko'ra esa O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi. Bosh kelishuv ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida ke-lishib siyosat olib borishning umumiy tamoyillarini belgilab beradi.
Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (boshqa xo­dimlar vakillik organlari) va ish beravchilar (ularning birlashma­lari) o'rtasida, taraflar taklifi bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan tuziladi. Tarmoqni ijtimoiy-iqtiso­diy rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini, mehnat shartnomalari va unga haq to'lashni, tarmoq xodimlari (kasbdoshlar guruhla-rining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi.
Mintaqaviy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (boshqa vakillik organlari) va ish beravchilar (ularning birlashmalari) o'rta­sida, taraflarning taklifi bilan esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi. Unda hududning xususiyatlari bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish yo'llari belgilandi.
Jamoa kelishuvlari yuzasidan muzokaralar boshlash, uning lo-yihasini ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish tartiblari jamoa shartnomalari tuzish tartiblariga o'xshashdir. Taraflar tomo-nidan imzolangan jamoa kelishuvi va uning ilovalari yetti kun mud-datida kelishuv ishtirokchilariga, shuningdek, bildirish ro'yxatidan o'tkazish uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirli-gining tegishli organlariga yuboriladi.
Jamoa kelishuvlari tomonlar kelishuvi bilan qo'shimcha va o'z-gartirishlar kiritilishi mumkin. Jamoa kelishuvi taraflar imzolagach kuchga kiradi va tomonlar belgilagan muddat davomida amal qiladi. Jamoa kelishuvining muddati uch yildan ko'p bo'lmasligi kerak.
Jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvining bajarilishini ta 'min-lash hamda ularning amal qilishi ustidan nazorat faoliyati. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari bajarilishi lozim. Jamoa shartno­masi va jamoa kelishuvini bajarish deganda, ularning mazmunini tashkil etuvchi vazifalar, shartlarni amalga oshirilishi tushuniladi. Yuridik nuqtayi nazardan jamoa shartnomasi va kelishuvlarni ba­jarilishi xodimlar va ish beravchilar o'rtasida ijtimoiy-sherikchilik kayfryatlari qaror topishi uchun huquqiy muhitni yaratish, sotsial kelishmovchiliklarni bartaraf qilish, ishlovchilar uchun qulay infratuzilmalar yaratilishini ta'minlash, xodimlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali tarzda himoya qilishga qaratiladi.
Jamoa shartnomasi tomonlar vakillari imzolagan paytdan kuchga kiradi va unda ko'rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Uning eng ko'p muddati qonunlarda belgilab qo'yilgan emas. Korxona qayta tashkil etilganida qayta tashkil etish davrida jamoa shartno­masi o'z kuchini saqlab qoladi va keyinchalik qayta tuzilishi mumkin.
Korxona mol-mulkining egasi o'zgarganda, jamoa shartnomasi o'z kuchini olti oy davomida saqlab qoladi. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlarining bajarilishi taraflar vakillari, mehnat jamoasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tomonidan tekshirib boriladi.
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomaning o'zida ko'rsatilgan muddatlarda un-dagi majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasiga (umu­miy majlis yoki mehnat jamoalari konferensiyasiga) hisobot berib turadi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 34-modda-siga muvofiq jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlari to'g'risi-dagi qonunlarni buzishda aybdor bo'lgan shaxslar tegishli huqu­qiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Korxonalarda ijtimoiy sherikchilik deganda nimani tushunasiz?
2. Jamoa shartnomalari tushunchasi va ahamiyati haqida so'zlab bering.
3. Jamoa shartnomasini tuzilish tamoyillari va tartiblarini bayon eting.
4. Jamoa shartnomalari haqida so'zlab bering.
5. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlarini bajarish hamda bajarma-
ganlik xususida nimalami bilasiz?
MAXSUS QISM
6-bob
AHOLINI ISH BILAN TA'MINLASH VA
MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI
HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish