О'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining о'n sakkiz yilligiga bag 'ishlanadi



Download 2,55 Mb.
bet11/55
Sana23.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#575643
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Mehnat huquqi

Xodim va ish beruvchi о 'rtasidagi bevosita mehnat-huquqiy muno-sabatlar. Mehnat-huquqiy munosabatlar mehnatga oid huquqiy munosabatlar orasida asosiy o'rin tutishi yuqorida aytib o'tildi.
Mehnat-huquqiy munosabat — ijtimoiy-mehnat'munosabat-larining yuridik ifodasi bo'lib, mehnat bozorida xodim (muayyan kasb, malaka, lavozimga oid ishni ichki mehnat tartibiga amal qilgan holda bajaravchi tomon) hamda ish beravchi (xodimni ish bilan ta'minlovchi, mehnat sharoitlarini yaratib beravchi, xodim mehnatiga haq to'lovchi tomon) o'rtasida yuzaga keluvchi ijtimoiy-huquqiy munosabatlardan iborat.
Mehnat qonunlarida nazarda tutib qo'yilgan subyektiv huquqlar va unga mos keluvchi subyektiv majburiyatlar mehnat-huquqiy munosabat tomonlari о'rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish imkonini beradi.
Mehnat-huquqiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlaridan bo'lib quyidagilar sanaladi:
a) fuqaroni muayyan korxona mehnat jamoasi tarkibiga qo'shib olinishi va shu tufayli uning muayyan korxona xodimi maqo-mini olishligi;
b) xodim muayyan kasb, malaka, lavozimga oid ishni baja-rishi — bu munosabat obyekti ekanligi;
5-bob
JAMOA SHARTNOMALARI VA JAMOA KELISHUVLAJRI

Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvlari tushunchasi, ularning mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solinishidagi o'rni. Yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan va tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda korxonalardagi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashning, zarur ishlab chiqa-rish sharoitlari yaratilishini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy vositalaridan biri jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvidir. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi xodimlarning ham, ish beruvchi-larning ham faolliklarini oshirishga yordam beradi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 29-moddasida ta'kidlanganidek, jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi korxonalarda, muayyan kasb xodimlari, tarmoq, hudud xodimlarining mehnatga oid ijtimoiy-iqtisodiy, kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi, mehnat shartlari va ijtimoiy kafolatlar belgilashga qaratilgan me'yoriy hujjat hisoblanadi.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar va ish beruvchi-larning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashti-rishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Jamoa shartnomasi — korxona, uning filiali, vakolatxonasi xo­dimlari bilan ish beruvchi o'rtasida tuziladigan va sotsial-mehnat munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiluvchi huquqiy aktdir. O'zbekistonda mehnat bozorining vujudga kelishi va mehnat sohasida yangi ijtimoiy aloqalarni paydo bo'iishi munosabati bilan jamoa shartnomasi mohiyati va mazmuni o'zgarib bormoqda. Hozirgi paytda jamoa shartnomalari xodimlar va ish beruvchilar o'rtasidagi sotsial-sherikchilik munosabatlarini, bevosita mehnat munosabatlarini tartibga solishning asosiy shakllaridan biriga aylanayotir.
Bugungi kundagi jamoa shartnomasi konkret korxona va tash-kilotlarda Mehnat kodeksi vazifasini bajaruvchi lokal normativ hujjat tusini olib borayotir. Uning vositasida ayrim olingan bir kor-xona-tashkilotda uning mulkchilik shaklidan qat'i nazar, mehnat sharoitlarining avtonom tizimiga erishish ta'minlanmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida jamoa shartnomalarining hu-quqiy mohiyati bir xil bo'lmasdan, ikki tomonlama tamoyilga asos-lanadi. Birinchidan, korxona mulkdori, tadbirkorning korxonani boshqarishdagi avtonomligi, ikkinchidan esa mehnat, sotsial-iqtiso-diy va kasbiy masalalarning hal etilishida kasaba uyushmalari faol ishtirok etishi tamoyillari amal qiladi.
Jamoa shartnomasi o'z maqsadlari tarqaladigan shaxslar doirasi, normativ-yuridik kuchiga ko'ra, odatdagi fuqarolik-huquqiy shart-nomalardan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-sherikchilik munosabatlarini korxona, tashkilot dara-jasida tartibga soluvchi lokal normativ-huquqiy hujjat sifatida jamoa shartnomasi ikki tomon: yollanma xodimlar va ish beravchilar manfaatini o'zida ifodalaydi. Shu sababli bunday hamkorlik shakli bipartizm nomini oldi.
Ijtimoiy sherikchilikning boshqa shakllari mintaqa, tarmoq dara-jasida — mintaqaviy jamoa kelishuvlari, umumdavlat miqyosida — bosh jamoa kelishuvlari ko'rinishida amalga oshirilishi mumkin. Bundan sotsial hamkorlik ko'pchilik hollarda nafaqat ikki tomon (xodim va ish beruvchi) manfaatlarini, balki unda uchinchi tomon sifatida qatnashuvchi davlat manfaatlarini ifodalaydi.
Jamoa shartnomasi mehnat huquqining muhim institutlaridan biri sifatida qonunlar, qonun hujjatlari, tarmoq lokal normativ-huquqiy hujjatlarini keng qamrab oladi. Bular qatoriga O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (29—56-moddalar), «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari t.o'g'ri.sida»gi Qonunni va boshqa qonunlar; O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi-ning 2000-yil 10-yanvardagi «2000-yil uchun jamoa shartnomalarini tuzish bo'yicha tavsiyalar», ko'plab tarmoq va mintaqa kelishuvlari, kasaba uyushmalari faoliyati va boshqalarni kiritish mumkin.
Korxonalarda jamoa shartnomalari tuzilishi quyidagi tamoyillarga tayanadi:
a) qonunlarga amal qilish shartligi;
b) tarafiar vakillarining vakolatliligi;
d) taraflarning teng huquqliligi;
e) jamoa shartnomasi tarkibiga kiruvchi masalalar tanlanishi va muhokama etilishining erkinligi;
f) majburiyatlarni zimmaga olinishining ixtiyoriyligi;
g) olingan majburiyatlar bajarilishining ta'minlanishi;
h) jamoa shartnomasi shartlarini bajarilishi ustidan nazorat olib borilishi va javobgarlikning muqarrarligi.
Jamoa shartnomasi shartlari va unda ko'zda tutilgan normativ-huquqiy qoidalar tegishli korxona ish beruvchisi hamda xodimlari uchun majburiy kuchga ega. Ammo undagi qoidalar xodimlar ah-volini qonunda belgilanganidan yomonlashuvini ko'zda tutadigan bo'lsa, uning qoidalari o'z-o'zidan huquqiy hisoblanmaydi.
Jamoa shartnomalari tuzishning bugungi kungi g'oyasi qonunlar doirasidan tashqarida, qonunchilikka va davlat manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda mehnat munosabatlarini tartibga solishda sotsial-sherikchilikni kuchaytirishga qaratilgandir.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish