Mavzuga doir fakt
Islom Karimov kitobi arab tilida
1996-yilning 8-aprelida Saudiya Arabistoni Podshohligi poy-taxti Arriyod shahrida bo'lib o'tgan Prezident Islom Karimovning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobi arabcha nashri taqdimnomasi ham ana shu qiziqish va xayrixohlik-ning amaliy samarasi bo'ldi.
Ushbu taqdimnoma ikki jihati bilan alohida diqqatga sazovordir. Ma'lumki, Islom Karimovning qator kitoblari ingliz, fransuz, koreys, rus va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib mustaqil O'zbekistonni, uning iqtisodiy imkoniyatlarini keng dunyoga tanitish uchun xizmat qilmoqda.
Lekin qariyb 250 million aholiga ega arab dunyosi mamlakati-mizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar ha-qida bevosita ilk manbalardan axborot olish imkoniyatiga to'la ega bo'lmagan edi. Bu esa, arab ishbilarmonlarining mamlakatimiz ha-qida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishiga qaratilgan tabiiy intilishi yo'lida g'ov bo'lib kelayotgan edi.
Taqdimnomaning ikkinchi ahamiyatli jihati shundaki, nafaqat arab dunyosi, balki umuman musulmon olami ichra alohida nufuzga ega mamlakat, Makka va Madina kabi muqaddas shaharlar joylash-gan mo'tabar zamin - Saudiya Arabistonida bo'lib o'tdi. Bu esa O'zbekiston Respublikasi va mamlakatimizga ko'rsatilayotgan yana bir alohida hurmat va e'tibor belgisidir.
Prezidentning «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobi Bayrutdagi «Sharikat al-matbuot lit tavzi' van nashr» nashriyoti tomonidan arab tilida chop etildi. Noshirning ki-tobdan o'rin olgan kirish so'zida uning mazmun va mohiyati hamda ruhiyati yaxshi aks etgan. Jumladan, unda quyidagi so'zlar bor: «Ushbu kitob o'z yurtini cheksiz sevguchi fuqaro, islohiy yuksalish-ning eng mayda tafsilotlari haqida ham qayg'uruvchi davlat arbobi hamda islohotlar haqida nazariy fikr yuritib, ularni chin dildan hi-moya etayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylari qalamiga mansub.
Kitob istiqloldan oldingi voqelik, mustaqillikni qo'lga kiritgan yosh respublika oldida paydo bo'lgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilib, o'zbek xalqi respublika rahbariyati boshchiligida mamlakat va uning imkoniyatlariga mos bosqichma-bosqich o'tkazilayotgan islohotlar orqali o'z vatanining yuksalishini ta'minlashga erishayot-ganini aks ettiradi.
Mazkur kitob o'xshash vaziyatni boshdan kechirayotgan har bir xalq, bo'hronga duch kelgan har qanday millat, qiyinchiliklarni yen-gib o'tish yo'llarini izlayotgan har qanday jamiyat uchun foydali darsdir».
* * *
Xullas, Prezident I. Karimov bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari bilan dastlabki yillarda ma'naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo'shliqni to'ldirdi, milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi. Qolaversa, jahon miqyosida mustaqillik harakati nazariyasi va amaliyotiga munosib hissa qo'shdi. Shu bois ham, I. Karimov bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki ja-honda yirik siyosatchi, katta davlat arbobi, hozirgi zamonda jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatni tubdan isloh qilishning ta-shabbuskori va tashkilotchisi sifatida tanildi.
Demak, о 'zbek xalqi bugun о 'z Prezidenti I. Karimov siymosi-da jahonga dono siyosatdonlar yeikazib beruvchi, xalqlar ozodligi uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi tarbiyalab yetkazuvchi, aql-zakovat egasi, ayni chog 'da bag 'ri keng, mehmondo`st, mehnatkash xalq sifatida tanilmoqda. Bunday xalqni o'z istiqlol va taraqqiyot yo lidan qaytarib bo`Imaydi.
Mustaqillik yillarida kishilarning O'zbekiston istiqloli va istiq-boli haqida qayg'urishi, o'z xalqining, o'z vatanining qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish zarurligini tobora chuqurroq anglashi kuchayayotganligi ham ana shundandir. Oddiy saylovchi qariyaning «mustaqilligimizga ko'z tegmasin» deganida ham, yoshlarning «biz seni hech kimga bermaymiz, O`zbekiston» degan fikr bildirayotga-nida ham, xalqning o'z Prezidentiga yuksak ishonch bildirib, uning oqilona siyosatini qo'llab-quvvatlayotganida ham mana shunday katta ma'no bor. Bu masalaga urg'u berilayotganining boisi shundaki, davlatimizning mustaqillik siyosati, xalqimizning ongli tarz-da O'zbekiston istiqloliga sodiq ekanliklari 1996-yil mart oylarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarga munosa-batlarida yana bir bor jiddiy sinovdan o'tdi. Hatto, turli mintaqalar-da sobiq ittifoqdosh respublikalar o'rtasidagi integratsiya jarayoni-ga turlicha qarashlar mavjud bo'lgan o'sha kunlarda ham xalqning o'zi tanlagan mustaqillik yo'lidan qaytmasligini qat'iy ko'rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning 1996-yil 26-aprelda bo'lib o'tgan V sessiyasi butun xalq nomidan «O`zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi, O'zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari kengashlari butun xalqning xohish-irodasini ifodalab shuni ma'lum qildilarki, O'zbekiston o'zi tanlab olgan mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati-ni, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon hamjamiyatiga qo'shilishga qaratilgan yo'ldan hech qachon qayt-maydi va o'z mamlakatining gullab-yashnashini, uning barcha fuqarolarini munosib turmush kechirishini ta'minlaydi», deb qat'iy uqtirdi.
Milliy istiqlol g'oyasini o'rganish, uni keng targ'ib etish konsep-siyasi «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan yaratildi. Bu konsepsiyaning bosh muallifi I.A. Karimov mamlakat fuqarolarini milliy taraqqiy otga da'vat etuvchi, yoshlar - yangi avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg'otuvchi qudratli g'oya sifatida namoyon bo'lishi tizimini vujudga keltirdi.
Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g'oyalariga sodiqlik, ozod, erkin yashashga intilish o'zbek xalqiga xos azaliy tuyg'u ekanligi-ni, ayni chog'da bunday g'oyaga xalq har qanday sharoitda - ichki va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan sodiqliklarini yana bir bor namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik g'oyasi bilan qurollangan bunday xalqni o'zi tanlagan mustaqillik yo'lidan qayta-rib bo'lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi qo'shma majlisda «O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li» mavzuida ma'ruza qilar ekan, shunday degan edi: «Biz bu-gun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alo-hida e'tibor berishimiz lozim. Ya'ni, kommunistik mafkura va ax-loq normalaridan voz kechilganidan so'ng jamiyatda paydo bo'lgan mafkuraviy bo'shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo'lgan, ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o'z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamiz-ga ayon bo'lishi kerak.
Bunday uzoqni ko'zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo'lgan turli xuruj va g'arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag' sarflanayotgan harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo'lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma'naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to'g'ri tarbiya, sog'lom turmush g'oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e'tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o'z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg'unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda o'z yo'lini topib olishi muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davo-mida isloh qilish va yangilash borasida qo'lga kiritilgan natijalar-ni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy davlatchilikni shakllanti-rish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl-lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qo-nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va ruqarolik institutlari faoliyati yo'lga qo'yildi, iq-tisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o'tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o'zgarishlar rO`y berdi, ularning uzoq yillar mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so'z bilan aytganda, odamlarning o'zi o'zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o'z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kelajagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq holda ko'radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq-tisodiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o'rin tutgan ush-bu davrda torn ma'noda tub o'zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja-miyatida o'zining munosib va mustahkam o'rniga ega bo'lgan -O'zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti-mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |