O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Download 1,87 Mb.
bet19/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab beri­shi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.
Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qi-lishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijti­moiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib kel­di va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi
«inqilobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Ana shu muhim qoidalar O'zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo'liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o'tish dav-rining negizini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo'lidan izchil harakat qilishni ta'minladi.
O'zbekiston hukumatining bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish haqidagi tamoyili vaqt o'tgani sayin o'zining hayotiy qiymatini, siyosiy kuchini ko'rsatdi. Binobarin, bular yetakchi tamo-yillar sifatida tan olindi. Chunki ular iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanish yo'lini va xarakterini belgilab berdi.
Darhaqiqat, O'zbekistonning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tishi bir tomondan, avvaldan meros bo'lib qolgan barcha ijobiy tajribalarni chuqur o'zlashtirish imkonini berdi, ikkinchi to­mondan esa isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq ajratib ber­di. Bu bosqichlarning har biri uchun konkret maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishga sharoit yaratdi. Aniqrog'i, bu tamoyil «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» haqidagi xalq-ning dono flkriga asoslanganini ko'rsatadi.
Xususan, jahon jamoatchiligi tomonidan atroflicha o'rga-nilayotgan «O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga doir beshta ta­moyil ahamiyatiga yana bir bor to'xtaladi. Xususan, bozor muno­sabatlariga bosqichma-bosqich o'tishning O'zbekiston uchun naqa-dar afzalliklariga alohida urg'u beradi. Jumladan, «Bir bosqichni tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi bosqichga o'tish mumkin, - deydi I. A. Karimov. Har bir bosqichda tafakkurimizni o'stirib, erishilgan real natijalar bilan odamlarni yan­gi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha amal­ga oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali ijtimoiy munosabatlarga ega bo'lgan jamiyatni qura olamiz.
Hozir biz kerakli yondashuvlarni, zarur ish maromini topdik, muayyan foydali tajriba orttirdik.
Dastlabki yakunlarni chiqarish, navbatdagi bosqichning va-zifalari va ustuvor yo'nalishlarini belgilash zarur». Shuning uchun I. Karimov ushbu kitobning ikkinchi qismida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar - xususiylashtirish va ra-qobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkam-lash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakl­lantirish vazifalarini belgilab beradi.
Jumladan, uning fikricha, mazkur masalaning ustuvor yo'nalishlari quyidagicha bo'lmog'i lozim:

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish