O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing»



Download 1,87 Mb.
bet128/172
Sana13.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#899413
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

«Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo'lsangiz, qurgan binolarimizga boqing», deganda Amir Temur, eng avvalo, o'z xal­qiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yangilishmagan bo'lamiz.
To'rtinchidan, har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma'rifatsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimi-yatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar bar­po etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bog'lagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin, Amir Temur eng avvalo o'sha yer-lik olim-u fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mav-zularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik so-halarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hoi edi. Mazkur fazilat Sohibqironning avlodlari - ayniqsa, Mirzo Ulug'bekka o'tgani - shubhasiz. Mirzo Ulug'bekning davlat arbobi bo'lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishishida bobo­si Amir Temurning ta'siri benihoya katta bo'lgan. U Ulug'bekdagi noyob iste'dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yu-rib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan.
Beshinchidan, Amir Temur o'z millati va el-yurtining taqdiri haqida ko'p o'ylagan. U qo'ygan har bir qadam nafaqat o'sha davr uchun, balki kelajak sari xizmat qilgan.
Tarixda hukmdorlar ko'p o'tgan. Ularning aksariyati o'z mai-shati va aysh-u ishratidan nariga o'tmaganligi ma'lum. Ularni bugun birov eslamaydi ham. Biroq, millat g'amida yongan, uning istiqboli va istiqloli yo'lida fidokorlik ko'rsatib yashagan arbobni kelajak va tarix hech qachon unutmaydi. Amir Temur ana shunday tarixiy va unutilmas shaxsdir.
Uning insoniy fazilatlariga bir yorqin misol: 1404 yilda Bibi-xonim jome' masjidi qurilishini nihoyasiga yetkazayotganida uning umridan bir yil qolgan edi, xolos.
Keksayib qolgan bir odamga, o'zi avval barpo etgan o'nlab va yuzlab inshootlar yoniga yana bir binoni qo'shish shart edimi? Uning shon-u shuhrati shusiz ham yetarli edi-ku?
Bu misol ham Amir Temurning doimo uzoq kelajakni, avlodlari iqbolini o'ylab yashaganidan, umr bo'yi ulug'vor rejalar va g'oyalar uni aslo tark etmaganidan dalolat beradi.
Oltinchidan, Amir Temur bir haqiqatni yaxshi anglagan - jami­yat e'tiqodsiz yashay olmaydi. Odamlarga din kerak, iymon kerak, ishonch kerak. U o'z «Tuzuklari»da shunday deydi: «har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim».
Amir Temurning Qur'oni Karimni yod bilgani, diniy bahslar-da yirik ulamolar bilan barobar so'z yuritgani uning ma'naviyati, iymon-u diyonati qanchalar рок va mukammal ekanini bildiradi.
Ma'lumki, diniy ta'limot va tarbiyatning jamiyat hayotidagi o'rni va xizmati nihoyatda katta.
Amir Temurning islom diniga bo'lgan munosabatidagi eng mu­him qirra, bu - musulmonchilik aqidalarining jamiyat osoyishtaligi, ravnaqi, ijtimoiy adolat, iymon butunligi, ma'naviy poklik uchun xizmat qildirishga safarbar etilishidir.
Uning e'tiqodiga ko'ra, davlat davlatligini, din esa dinligini qilishi kerak. Bu g'oya bugungi zamonda ham o'z ahamiyatini zar-racha yo'qotgan emas. Xuddi shu tufayli ham Amir Temur davrida islom dini ravnaq topdi, yuksaldi.
Shu bilan birga xalq dunyoqarashi, tafakkur tarzi ham ancha ri-vojlandi. Aholi va davlat o'rtasidagi munosabatlar o'ziga xos tarzda mutanosib tus oldi.
Buyuk jahongir Amir Temur Sohibqiron o'limi oldidan avlodla-riga shunday vasiyat qilgan:
«... Men shundan taskin topamanki, podshohlik davrimda kuch-lilarning ojizlarga ozor berishlariga yo'l qo'ymadim. Xalqlar oso­yishtaligi borasida qaram fuqarolardan xabardor bo'lib turinglar, qat'iyatli va mardonavor bo'linglar. Ulkan davlatni menday uzoq yillar davomida boshqarish uchun qo'llaringdagi shamshirni sharaf va nomus bilan mahkam tutinglar...
Agar, sizlar mening vasiyatlarimga amal qilsalaringiz va bosh­qa ishlaringizda adolatga, shafqatga ko'ra ish tutsalaringiz, tinchlik-osudalik Turon zaminida uzoq vaqt saqlanadi.
Agarda o'zaro nizolarga yo'l qo'ysalaringiz, dushmanlar to'polon va tartibsizliklarni boshlaydilarki, ularni jilovlashning iloji qolmaydi. «Sizlar bir jon, bir tan bo'lsalaringiz, hech kim me­ning so'nggi vasiyatlarimni bajarishlaringizga monelik qila ol-maydi».
Bu dono vasiyatlar asrlar osha bizning davrimizga qadar yetib keldi. Undan xuddi hozirgi davrning nafasi sezilib turgandek. Ulug' bobokalonimiz bizni adolatga, sodiqlikka, birlikka chorlamoqda. O'zaro nizo adovatlardan xoli bo'linglar, deb, insof, shafqat va ha-lollikka undamoqda.
Muhtaram konferensiya qatnashchilari!
Sizlarda shunday bir savol tug'ilishi mumkin: nima uchun bu­gun O'zbekistonda Amir Temur siymosiga bunday yuksak ehtirom, izzat-ikrom ko'rsatilmoqda?
Albatta, buning sabablari bor.
Agarki daraxtning ildizi qanchalar chuqur bo'lsa, u shuncha-lik baland, baquvvat, osmono'par bo'ladi. Yoki zamonaviy til bilan aytadigan bo'lsak, bino qanchalik baland bo'lsa, uning poydevorini ham shunchalik chuqur va mustahkam qurish kerak.
Biz bugun mustaqil, adolatli, huquqiy davlat qurmoqdamiz. O'ylaymanki, bizning bu boradagi prinsiplarimiz - besh tamoyilimiz haqida bu zalda o'tirgan ko'pchilikning xabari bor. Binobarin, ularni takrorlab o'tirishning zarurati yo'q. Lekin men ikkita nuqtaga sizlar-ning e'tiboringizni qaratmoqchiman:

  • birinchidan, biz o'z millatimiz, o'z xalqimiz xususiyatlariga, o'z milliy qadriyatlarimizga asoslanib;

  • ikkinchidan, taraqqiy topgan davlatlarning tajribalariga va umumbashariy aqidalarga tayanib, mustaqil davlatimizni qurmoq­damiz va shu asosda jahon hamjamiyatidan o'z munosib o'rnimizni egallab olmoqchimiz.

Xulosa shuki, bizning tariximizda Amir Temurday ulug' siy-mo bor ekan, uning qoldirgan merosi, fan va o'gitlari bugungi ha-yotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammo-larni yechishda bizga qo'l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o'rganmasdan, ta'riflamasdan, targ'ibot qilmasdan haqqimiz yo'q.
Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O'zbe­kiston xalqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata: «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g'ururimiz!», deb aytsam, o'ylay-manki, xato qilmagan bo'laman.
Xonimlar va janoblar!
Zamonamizning ko'pgina dolzarb muammolari insoniyatning o'tmishdagi tajribasini chuqurroq tushunishni taqozo etadi. Xuddi shu narsani bugungi konferensiyamizning muhim vazifa va maqsad-laridan biri, deb bilmoq kerak.
Hech bir mubolag'asiz aytish mumkinki, o'zbek xalqining ko'p asrli tarixi ham ana shunday tajriba manbayidir.
Ishonchim komilki, sizning ma'ruza va axborotlaringiz, kon-ferensiya davomida bo'lajak bahs va munozaralar Amir Temur va temuriylar davri saboqlarini chuqurroq anglab yetishga, bugungi kun oldimizga qo'yayotgan dolzarb savollarga javob izlashga salmoqli hissa qo'shadi.
Konferensiya ishiga muvaffaqiyat, barchangizga salomatlik va baxt-u saodat tilayman.
E'tiboringiz uchun tashakkur.
Amir Temur tavalludining 660yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyadagi ma'ruza, 1996-yil 24-oktabr.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish