Serquyosh hur o'lkam, elga baxt najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon.
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N a q о r a t:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo ay lagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Xalq sevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
N a q о r a t:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor.
O'zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo'lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo'yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o'matish uchun harakat boshladi. 1991-yilning 30-sentabrida respublika Oliy Kengashi Latviya, Lit-va va Estoniya respublikalari mustaqilligini e'tirof etish to'g'risida qaror va shu respublikalar Oliy Kengashlariga Murojaatnoma qabul qildi. Jumladan, Latviya Respublikasining Oliy Kengashini, butun xalqini Latviya to'la davlat mustaqilligiga erishganligi, u xalqaro ko'lamda keng tanilganligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. Tabriknomada, jumladan, shunday so'zlar bitilgan edi:
«Latviya bilan O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar an'anaviy do'stlik ruhida bo'lib, xayrixohlik va ikkala respublikaning suvere-nitetini tan olish prinsiplariga asoslanadi. Mustaqil O'zbekiston bun-dan buyon teng huquqlilik va o'zaro hurmat asosida har tomonlama iqtisodiy va madaniy aloqalarni sifat jihatidan yangi darajada davom ettirish niyatida.
Latviya xalqiga mustaqil demokratik davlat qurilishida katta muvaffaqiyatlar, baxt va ravnaq tilaymiz».
Xuddi shu mazmundagi murojaatnomalar Litva va Estoniya Respublikalari Oliy Kengashlari nomiga ham yuborildi. Mustaqillik qo'lga kiritilgan davrdan boshlab O'zbekiston tarixida mutlaqo yangi davr boshlandi.
O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan so'ng bu haq-da respublika ichkarisida ham, uning tashqarisida ham ayrim kishilar turlicha qarashlarni ilgari surdilar. Jumladan: «O`zbekiston osongi-na, kurashsiz mustaqil bo'lib oldi», - degan fikrlar paydo bo'ldi. To'g'ri, 1991-yilning o'rtalariga kelib sobiq SSSRning yemirilishi, Ittifoq hukumati esa boshqaruv jilovini qo'ldan chiqarib yuborgan-ligi tufayli mustaqillikka erishish uchun qulay tarixiy shart-sharoit paydo bo'ldi. Biroq, tarixiy tajriba shuni isbotladiki, o'ta murakkab rahbarlik siyosatining muhim jihatlaridan biri hal qiluvchi qadamni to'g'ri belgilash va qat'iy harakat boshlashdan iborat.
O'zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e'lon qildi.
Mustaqillik bu in'om emas, balki butun xalqning, millionlarning uzoq yillik intilishi tufayli qo'lga kiritilgan tarixiy kurashning nati-jasi - buyuk g'alaba. Zotan, O'zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo'lganligi buyuk tarixiy ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. Chunonchi:
Birinchidan, shuni uqtirish lozimki, o'zbek xalqi o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ldi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir sohibi, egasi, xo'jayini bo'lib qoldi.
Ikkinchidan, O'zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo'l ochib berdi, o'z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |