O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


Zamonaviy jangning kuchlari va vositalari –



Download 180,02 Kb.
bet4/18
Sana26.07.2021
Hajmi180,02 Kb.
#128824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
“O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qo’llaniladigan zamonaviy aloqa”

Zamonaviy jangning kuchlari va vositalari – bu, avvalom bor shaxsiy tarkib bo‘linma va birlashmalarning jang yuritish va uni ta’minlashga muljallangan qurol aslahasidir, chunki jang xususiyati va uni yuritish usullari asosan uning moddiy negiziga, ya’ni qurol-aslaha, jangovar taktika va odamlarga bog‘liqdir.

Jangovar harakatlarning usullariga qurolli-kurash olib borish vositalari ko‘proq progressiv ta’sir ko‘rsatadi, lekin jang vositalarining ulkan quvvati va imkoniyatiga qaramay, inson birlamchi omil bo‘lib, uning ishtirokisiz har qanday texnika, har qanday talofat keltiruvchi vositalar befoyda bo‘ladi, qurolli kurashni esa tasavvur etib bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangchilari - buyuk ajdodlarimizning ananalariga sodiq qolib, ularni qaxramonliklaridan o‘rnak olib, o‘zining kasbiy mahoratini yanada rivojlantirib, zamonaviy talablarga javob beradigan, sergak, jasur, yuqori jangovar shaylikni saqlab turadigan o‘z ona yurtini vatanparvar himoyachisidir.

Harbiy qasamyodga va harbiy burchga sodiqlik, yuqori jangovar mahorat, a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik, yuksak ma’naviy ruhiy kayfiyat, mustahkam harbiy intizom, jangovar birodarlik va o‘zaro bir-biriga madad berish jangdagi g‘alabaning muhim kafolatidir. Har bir askar, kichik komandir va ofitser dushmanlarni yo‘q qilishda hech qachon ikkilanmasligi, kadpiyat va jasurlik ko‘rsatishi kerak. Har qanday xavf va qiyinchilik, hatto o‘z jonini qurbon qilib bo‘lsa ham jangovar vazifani bajarilishini ta’minlashi kerak.

Zamonaviy umumqo‘shin jangi - har bir jangidan yuksak jangovar mahorat, jismoniy chiniqishni, qurol-yarog‘ va texnikaning qudratidan to‘liq foydalana bilishni, himoya va niqoblash vositalaridan unumli qo‘llashni, jang mobaynida tashabbus ko‘rsatish va jangovar vazifani aniq va puxta bilishni talab etadi. Bunga tinchlik davrida tinimsiz o‘qish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, jangga tayyorgarlik ko‘rishda va janglar o‘rtasidagi vaqtlardagi tayyorgarliklar orqali erishiladi.

Tinchlik davrida jangovar tayyorgarlikning asosiy maqsadi bo‘lg‘uvsi dushmanni, uni taktik harakatlari va tashkiliy tuzilishini o‘rganishdan hamda har qanday vaziyatlarda ham dushmanni samarali usullardan foydalanib yakson qilishni o‘rganishdan iboratdir.

Zamonaviy qurollar barcha o‘t ochish va zarba beruvchi artilleriya, zenit, aviatsiya, o‘q otar, muhandislik o‘q-dorilari hamda o‘q-dori va yondiruvchi o‘q-dorilari sifatida qo‘llaniladigan vositalardan tuzilgan. Qurollar dushmanni tirik kuchlari, jangovar texnikasiga talofat berish va turli ob’ektlarni buzib tashlash va yakson qilish uchun qo‘llanishi mumkin.

Jangda artilleriya, tanklar, piyodalar jangovar mashinasi (bronetransporter-BTR), zenit vositalari va o‘q otar qurollar bilan aviatsiya zarbalari hamjixatligida zarba berish dushmanlarga talofat yetkazishning asosiy negizi hisoblanadi.

Zamonaviy talofat yetkazish vositalarining eng samarali turi aniq nuqtaga uruvchi qurollar hisoblanadi, bunday qurollarga razvedka zarbali (razvedkali o‘tli) komlekslar hamda qurol-yarog‘ komplekslari (tizimlari) kiradi shuningdek uzoq masofadagi nishonni birinchi otishdayok o‘zi boshqarilib va nishonni izlab topib yakson qiladigan raketa va qurollar tizimlari ham kiradi.

Yondiruvchi o‘q-dorilar va yong‘in chiqaruvchi aralashmalar ochiqliklarda joylashgan dushman tirik kuchlari va o‘t ochish vositalarini yoki uzoq muddatli o‘t ochish va boshqa fortifikatsion inshoatlarda, hamda jangovar texnika va boshqa ob’ektlarda bo‘lgan dushmanlarga talofat yetkazish uchun qo‘llaniladi.

Bo‘linmalar faqat, barcha zamonaviy qurol turlarini qo‘llab jang qilishnigina emas, balki ommaviy qirgin qurollari talofati ta’sir etgan sharoitlarda ham harakatlanishga doimo shay turishlari kerak.

Shunday qilib, vazifa zamonaviy jangda umumqo‘shin bulinmalari va birlashmalarining yuqori o‘rnidan, tanklarni o‘t ochish va zarba kuchidan, artilleriya o‘tlari va aviatsiya zarbarlaridan samarali, unumli foylanishdan iboratdir.

Qurollar va jangovar texnikadagi o‘zgarishlar jang olib borish usullariga, mazmuniga va xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.


Download 180,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish