O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi


 – o‘quv savoli. Dasturni o‘rganish, mavzu va mashhg‘ulotlarning o‘quv va



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/289
Sana14.01.2022
Hajmi4,77 Mb.
#363104
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   289
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi

1 – o‘quv savoli. Dasturni o‘rganish, mavzu va mashhg‘ulotlarning o‘quv va 
tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash.  Har bir o‘quv savoli yuzasidan  
adabiyotlarni o‘rganish va namunalar tanlash. 
 
 
Harbiy    rahbar,  chaqiruvga  qadar      tayyorgarlik  o‘qituvchisining  
mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik ko‘rishi. 
YOshlarning    chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich      tayyorgarligi    bo‘yicha  o‘quv  
jarayonining  asosiy  shakli        o‘quv  dastur  va  xaftalik  rejaga          muvofiq      nazariy  va    amaliy  
mashg‘ulotlar        ko‘rinishida    o‘tiladigan  «dars»  xisoblanadi.    Mazmuni va  tuzilishiga        ko‘ra  
dars o‘quv  jarayonini yakunlangan    qismini bildirishi,  didaktik va tarbiyaviy maqsadlar xamda  
harbiy   ta’lim   talablariga to‘g‘ri    kelishi     lozim. Har bir harbiy  rahbar, CHQBTO‘ barcha  
chaqiruvga qadar boshlang‘ich  tayyorgarlik bo‘limlari  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlarni uslubiy 
to‘g‘ri  olib  borishni  bilishga  majbur.  Uslubiy  maxorat  asosida  ularning  pedagogik  va  harbiy  
bilimlari,  yaxshi  amaliy  tayyorgarligi  va    ta’lim-tarbiya  tamoyillarini,  uslublarini    va  uslubiy 
yo‘llarini ijodiy tatbiq  qilish qobiliyati yotadi.  
Nazariy    mashg‘ulotlarda    talabalar  nizom  va    harbiy    ish    bshqaruvini    qoida    va  
talablarini, shuningdek, egallagan  bilimlarini  xaqiqiy  harbiy  xizmatni  o‘tash  vaqtida qanday  
foydalanishlari to‘g‘risida   maslahat  va  tavsiyalarni  o‘rganadilar.  
Harbiy    rahbar  (CHQBTO‘)  odatga  ko‘ra  nazariy    mashg‘ulotlarni  ta’lim  texnika 
vositalaridan  va    didaktik    materiallardan    foydalanib    bayon    etish  va  suhbat    shaklida  olib  
boradi.  Talabalar  amaliy    mashg‘ulotlarda  mashqlar,  usullar,  harakatlar va   me’yorlarni  bajarish 
texnikasini    o‘rganishlari  va  mustaxkamlashlari  xamda  jixozlangan  maydonchalardan  va  
mashg‘ulot  joylaridan,  shuningdek,    priborlardan    kuroldan,  individual  himoya  vositalaridan, 
muxandislik  qurilmalaridan,  sport-snaryadlari  va  jixozlaridan  foydalanib  o‘t  otish  va  boshqa   
vazifalarni  echishni  o‘rganishlari kerak.  
Amaliy    mashg‘ulotlarni  to‘g‘ri  tashkil  qilish  va    o‘tkazishda  harbiy    rahbar 
CHQBTO‘ning    shaxsiy  namunasi  va  darsga  munosabati    shug‘ullanuvchilar    uchun  ta’siri  
muhim axamiyatga ega.  
Ijobiy shaxsiy namuna rahbarning yuqori  darajadagi  amaliy tayyorgarligi mashg‘ulotni 
to‘g‘ri    o‘tkazishining  uddalay    olishi,    mashqni  to‘g‘ri  va  chiroyli    ko‘rsatish  (usul,harakat), 
ularni        qisqa  va  tushunarli        qilib  tushuntirish  va  shu  bilan  birga  ta’lim  oluvchilarni  qiziqtira 
olish  bilan  ifodalanadi.  
Raxbar  dars  vaqtini  tejamli  ishlatishni,  uning  natijasini  unumli  bo‘lishidagi    shartlarga 
rioya        qilishni   xamda xar bir   mashg‘ulotga  kerakli mashq,  usul  va  harakatlarni  to‘g‘ri tanlay 
olishni,  ularning  bajarilish  tezligini  aniqlashni,  ya’ni    boshqa  so‘zlar  bilan  aytganda,  dars 
jarayonida dars xajmini to‘g‘ri    qismlarga  bo‘lishni  bilishi shart.  
Tajribali  rahbar  ta’limni  elemetlarga    bo‘lib    emas,  balki,  murakkab    bo‘lmagan  
mashqlar bilan        to‘laligicha olib boradi va imkon boricha   tezroq   mashq   qilishga o‘tadi. 
Ta’limni  berishda  batafsil tushuntirishlar va qayta ko‘rsatib berishlarga bir daqiqani xam  bekor  
ketgazmasdan  g‘ayrat  va  ildamlik   bilan  olib borish muximdir.  
Amaliy    mashg‘ulotni    to‘liq    o‘tkazish  uchun  rahbar    talabalarni        kurol-yarog‘larni, 
jangovor  texnikani,    kurol-aslaxalarni o‘rganishlariida xavfsizlik choralariga rioya    qilishlariga  
majbur  qilishi  shart,  bundan    tashqari  rahbar  yordam  berishni  va  xavfsizlikni  amalga  oshirishni 
bilishi, jaroxat etishi va baxtsiz hodisalarni   oldini olish choralarini    ko‘rishi  kerak.  
Rahbar  darsga  ongli,  vijdonan  yondashishi  lozim.    Ishonchli  va  aniq  buyruqlar  berish, 
ta’lim oluvchilarga do‘stona  munosabatda bo‘lish darsni  qiziqarli olib borishga yordam beradi. 
Xaddan  ziyod  xovliqish,  baqiroqlik  va  shug‘ullanuvchilar  bilan  ko‘pol  munosabatda    bo‘lishga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak.  


Raxbar nafaqat  eng muxim  malaka va   ko‘nikmalarni takomillashtirish xaqida o‘ylashi, 
balki  ularni  harbiy      qasamyod  va  umumharbiy  nizom  talablari  ruhida  tarbiyalashi,  barcha 
imkoniyatlarni ishga solib,  yuqori intizomiylikni va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim.   
O‘quv    mashg‘ulotlarini  o‘tishda      rahbar  saf  nizomi  talablarini  buzishga  yo‘l   
qo‘ymasligi,  bunda  asosiy  e’tiborni  amaliy  harakatlarni      to‘g‘ri  bajarishga        qaratish,  turli 
shartlarni va mashqlarni bajarishda  bor kuch bilan  harakat qilinishini ta’minlashi  kerak.  
Darsda    yuqori    tashkiliylikni  ushlab  turish  uchun      rahbarning    o‘zini  tutishi        katta 
axamiyatga  ega.    Uning  toza  va    ixcham    ko‘rinishi,  kaddining  rostligi,    talabalarga  nisbatan 
yuqori talabchanligi  mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi. 
 Intizomni  mustaxkamlash  va  mashg‘ulotlarga    talabalarni  qiziqtirish  maqsadida  rahbar 
eng    harakatchan  intizomli  va  epchil  talabalarni    rag‘batlantirishi,  beparvolarini  esa  qattiq  talab    
qilib, ularda o‘zlarining harbiy va jismoniy tayyorgarliklari  uchun mas’uliyat hissini  uyg‘otishga  
intilishi  lozim.  
Amaliy    mashg‘ulotlarni    o‘tkazishda  harbiy    rahbar  uchun  ularning  asosiy  tamoyil  va    
qoidalarini  bilish  etarli  emas.  YAna  ularni  amaliyotda  moxirona  tatbiq    qilish,  xar  bir  
mashg‘ulotda mashq, usul va harakatlarni  mashq qilishi katta foyda beradigan  shart- sharoitlarni 
yaratishni  bilish  muxim.  SHunday      qilib  mashg‘ulotlar      rahbariga        quyidagi  turli  talablar    
qo‘yiladi: 
-amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi harbiy  rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulotlarni  yaxshi  
sifatli  o‘tkazilishini  ta’minlashga  majbur. 
 -muntazamlik  bilan   vazifa  murakkabligini  va xajmini oshirish; 
-bir vaqtda barcha  talabalar bilan shug‘ullanish va har biriga. 
ndividual yondashish; 
- mashg‘ulotlar yuqori zichligiga va shug‘ullanuvchilarni  faolligiga intilish; 
- talabalarda jasurlik va    qat’iyliqni tarbiyalash. 
Bunday  moxirlikka  xar  bir      mashg‘ulotni    mulohaza  bilan  o‘ylab,  o‘tkazish  orqali 
yaratiladi. Bunday munosabat etarli tajriba orttirish, kerakli  tashkiliy va uslubiy    ko‘nikmalarga  
ega  bo‘lishga yordam beradi.  
YOshlarning   chaqiriruvga qadar  tayyorgarlik   darsining sifati va samaradorligi harbiy  
rahbarni  unga  tayyorgarlik  darajasining  sifatiga  bog‘liq.  Mashg‘ulotga  tayyorlanishda  harbiy  
rahbar, CHQBTO‘ga    quyidagilar tavsiya etiladi: 

 
 o‘quv  savollari  bo‘yicha  o‘quv    materialini,  mavzu  mazmuni  va  xajmini, 
mashg‘ulotning tuzilishi, o‘quv  maqsadlari va tarbiyaviy  yo‘nalishini, aniqlash; 

 
 YOCHQBT   va  boshqa fanlar  bo‘yicha  o‘tgan mashg‘ulotlarda  talabalarning 
qanday bilim va    ko‘nikmalarga  ega bo‘lganliklarini aniqlash; 

 
bo‘ladigan    mashg‘ulotda  bu  bilim  va        ko‘nikmalardan        qanday  foydalanish  
mumkinligini  o‘ylab chiqish; 

 
mashg‘ulotlarni  o‘tkazish uslubi va tartibini aniqlab olish; 

 
mashg‘ulotda    qanday  texnik  vositalarni, o‘quv   kurollarini, harbiy  buyum  va 
qurol - yarog‘larini ishlatishni  aniqlab chiqish; 

 
   kerakli  nizom  va  ko‘rsatmalar  darslik  va  uslubiy      qo‘llanmalarni  bo‘limlarini,  
mazkur mavzu  bo‘yicha  boshqa  adabiyotlarning bandlarini  o‘rganib chiqish; 

 
mavzuni  yanada  chuqurroq      o‘rganib  chiqish  uchun    talabalarga  tavsiya  qilish 
mumkin bo‘lgan adabiyotlarnini tanlash; 

 
usul va harakatlarni  bajarishni  mashq   qilib qo‘yish; 

 
 talabalarga   mustaqil ish uchun vazifa aniqlab qo‘yish. 
Mashg‘ulotlarga  tayyorgarlik

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish