3 – o‘quv savoli. Qurolsiz saf usullari va harakatlari. Safda harakatlanish
usullarini o‘rganishning ketma-ketligi.
Saf usullariga o‘rgatishni quyidagi ketma-ketlikda olib borish kerak:
—
usul bilan tanishish;
—
usulni o‘rganish;
—
mashq qilish.
Usul bilan tanishtirish uchun komandir:
—
usul nomini, kaerda va qanday maqsadda qo‘lla-nishini aytib utishi;
—
usul bajariladigan komandani berishi;
—
Nizom bo‘yicha usul butunligicha qanday baja-rilishini, keyin esa sekin sur’atda
bo‘lib-bo‘lib qisqa tushuntirishlar bilan bajarilish tartibini aytadi.
Usul bilan tanishishga eng kam vaqt sarflanishi kerak.
Usulning murakkabligiga bog‘liq holda uni o‘rga-nish:
—
butunligicha, agar usul murakkab bo‘lmasa;
—
bo‘lib-bo‘lib, agar usul murakkab bo‘lsa;
tayyorlov mashklari yordamida, agar usul murak kab va uning alohida elementlari kiyin
o‘zlashti-rilsa.
Usul bilan tanishtirish uchun mashg‘ulot rahbari o‘rganuvchilarga namunaviy qilib,
yo‘l-yo‘lakay hara-katlarni tushuntirib, uni avval to‘liq keyin esa ele-mentlar bilan (bo‘lib-
bo‘lib) bajarilishini ko‘rsata-di.
Usul yoki harakatning har bir elementini o‘rganish (agar usul bajarilishi bo‘yicha
murakkab bo‘lsa) ham ko‘rsatish va qisqacha tushuntirishdan boshlanadi.
Ko‘rsatishda o‘rganuvchida saf usuli yoki harakati (uning elementlari) to‘g‘risida
ko‘rish tasavvuri hosil bo‘ladi, shuning uchun ko‘rsatish benuqson bo‘lishi kerak.
Aniq, to‘g‘ri va chiroyli namoyish eya'ilgan usul hamda harakatlar o‘rganuvchilarda
katta taassurot tug‘diradi. Ularda xuddi shunday bajarishga istak uyg‘otadi.
Namoyish har doim qisqacha tushuntirish bilan olib boriladi. O‘rganilayotgan usul va
harakatlarda ko‘rish tasavvuriga ega bo‘lish etarli bo‘lmay, u haqsa to‘liq va to‘g‘ri tasavvurga
ega bo‘lish uchun o‘rganilayot-gan usul va harakatni tushunmoq kerak. Tushuntirish
o‘rganilayotgan usul va harakatlarni namoyishda o‘z-lashtirish qiyin bo‘lgan tomonlarini ochadi.
U o‘rga-nuvchilarni nima namoyish qilinishiga yoki saf usuli yohud harakatni to‘g‘ri bajarish
nimaga bog‘liqligiga yo‘naltiradi.
Saf usuli yoki harakat tanishtirilgandan keyin ko‘nikmani shakllantirish jarayoni bir
butun harakat bo‘lib, o‘ziga uchta o‘zaro bog‘liq asosiy bosqichlarni kiritadi.
Birinchi bosqich o‘z ichiga usul yoki (murakkab) hara-katni elementlarga bo‘lish va
usul yoki xarakatni ele-mentlar bilan bajarishni oladi.
Ikkinchi bosqich elementlarni ketma-ket guruhlar-ga, keyin esa bir butun qilib
biriktiradi.
Uchinchi bosqichga usul yoki harakatni ko‘nikmaga aylantirish kiradi. Bajarish
harakatlarni ko‘p maro-taba takrorlash yo‘li bilan avtomatik tarzda bajari lishgacha etkaziladi.
Barcha usullar to‘g‘ri, tez, chiroy-li va aniq bajarilishiga erishish kerak.
Mashq boshida sekin, so‘ngra odatiy sur’atda juft yoki yakka, komandir komandasi
bo‘yicha, o‘rganuvchilar hisobi bo‘yicha yoki baraban zarbi ostida o‘tkaziladi. Alohida harbiy
xizmatchilar yo‘l qo‘ygan xatolar yo‘l-yo‘lakay mashq vaqtida to‘g‘rilanishi kerak.
Qurolsiz saf usullari va harakatlari.
Harbiy xizmatchilarning mustaqil tayyorgarlik so-atlarini Saf nizomining 25- va 26-
moddalari talablarini o‘rgatishdan boshlash lozimdir. Birinchi mash-g‘ulotda saf elementlarini
ko‘rsatish kerak, nizomiy ta’riflar berilishi, saf elementlarining qo‘llani-shi va safni
boshqarishning asosiy komandalari ha-kida gapirib berish kerak.
Saf elementlarini ko‘rsatish ko‘rgazmali bo‘li-shi uchun vzvodni, guruxni (seksiyani)
saflab, unda safning barcha elementlarini ko‘rsatish maqsadga muvofikdir.
Mashg‘ulotni boshlab, komandir harbiy xizmatchilarni safda turish elementlarining
namunali namoyishi bilan tanishtiradi.
Rasm. Safda turish.
Bunda harbiy xizmatchilar komandirni old taraf-dan va yondan ko‘rishlari kerak. Keyin
seksiya (guruh) komandiri (guruh komandiri o‘rinbosari) turish qan-day hollarda qo‘llanishini
aytadi va ko‘rsatadi hamda buyruq olishda va berishda safda to‘g‘ri turishga, har-biy
xizmatchilar bir-biriga murojaat qilishiga max-sus e’tibor karatadiki, bunda bir vaqtda qo‘l bosh
kiyimiga olib borilishiga urg‘u berib o‘tadi.
Ko‘rsatib bo‘lib, komandir seksiyani yoyadi va har-biy xizmatchilarga safda turish
holatlarini qabul qilishga imkon beradi, o‘zi esa har bir o‘rganuvchini tekshirib, ular yo‘l
qo‘ygan xatolarni bartaraf kila-di. Undan keyin komandir safda turishni elementlar bo‘yicha
o‘rgatishga kirishadi.
Agar seksiyaning ko‘pchilik harbiy xizmatchilari xatoga yo‘l qo‘ysalar, komandir
usulni amaliy o‘rga-nishga tayyorlanish mashklari yordamida kirishadi. Bu-ning uchun seksiya
harbiy xizmatchilari yoyiq bir she-rengali safda to‘g‘riburchak chizig‘iga, poyafzal uchini
chizikda tekkizib turadilar. Seksiya (guruh) komandiri birinchi tayyorgarlik mashqini — «Oyoq
uchini front chizig‘i bo‘yicha oyoq kengligida yoyish»ni ko‘rsa-tadi. Ularga bu tayyorgarlik
mashqini 2—3 daqiqa ba-jarishga imkon beradi, o‘zi esa botinka uchlari holat-larini kuzatib
turadi. SHundan keyin komandir mashq kilishga kirishadi.
Bu tayyorlov mashqini bajarish
Do'stlaringiz bilan baham: |