2.Joriy va yakuniy bilimlarni nazorat qilish (imtihon, sinov ) uchun bilimlarni nazorat
qilish texnik vositalari (BNTV).
Nazorat mashinalarini tatbiq qilish, nazorat nazorat natijalarini ortiqcha vaqt
sarflamasdan olish mumkin, savollar soni etarli bo‘lganida (test savollari)esa boho qo‘yilgan
natija bilan bo‘ladi. savollari soni va baho bilan nazorat natijalarini olishga imkon beradi («P-4
kompyuter majmuasi»«Kion-5», «Ekzamentor-men», «Signal-!», «Ankord», «Lira»).
3.Amaliy ko‘nikmalarini singdirish texnik vositalari (trenajyorlar).
Jangovar texnika, qurol-yarog‘ va boshqalarda ishlashda ta’lim oluvchilar
amaliyko‘nikmalarini singdirish va takomillashtirish uchun xizmatqiladi.
4. Mustaqil ta’lim olish texnik vositalari.
Ma’lum bir dastur bo‘yicha o‘quv ma’lumotlarini berilishini ta’minlaydi va kompyuter
yoki EHM bazasi yordamida o‘zini nazorat qilishni amalga oshirishga imkon beradi (so‘ngi
rusumli kompter, «Repetitor-MEN», avtomatlashtirilgan ta’lim sistemasi ATS). Ko‘rgazmali
qurollar - pedagogikaning muhim didaktik prinsipi, bunga ko‘ra darsda qabul qilinadigan aniq
namunalar talabalar bilan o‘rganiladigan materialni yaxshi o‘zlashtirib olishga yordam beradi.
Darslarda ko‘rgazmali qurollar va taktik vositalarni tatbiq qilinishi talabalar e’tiborini eshitib
qabul qilishlaridan ko‘rib qabul qilishlariga qaratilib va bir vaqtning o‘zida navbatdagi
o‘quv materialini eshitish orqali ongli qabul qilishga va bilish faoliyatini faollashtirishga
tayyorlaydi. Ko‘rgazmali qurollar yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi ishida
alohida ahamiyatga ega bo‘lib jang maydonida askarning ishonch bilan
harakatlanishlari uchun
zarur bo‘lgan usul va ko‘nikmalarni shakllantirishda bosh vazifalaridan biri hisoblanadi.
U yoki bu ko‘rgazmali qurol yoki ta’lim texnik vositalarining tatbiq qilinishining
pedagogik samaradorligi talaba qanchalik faol va qunt bilan ishlaganiga qarab oshib boradi.
O‘qish va bilim orttirish borasida talabalarni o‘zlari yasay oladigan maket, model va ko‘rgazmali
o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashga jalb etish foydadan holi emas.
Ma’lum bir ko‘rgazmali
qurol va ta’lim texnik vositalarini qo‘llanishining maqsadga muvofiqlik mezoni.o‘quv vaqti
tejalishi va darsni foydali koeffitsentining ta’sir etishini ko‘payishidadir. Agar ko‘rgazmali
vositalarni tatbiq etish o‘quv vaqtining tejalishiga olib kelmasa, unda ular noo‘rin tanlangan,
darslardan oqilona foydalanilmagan yoki mazkur mashg‘ulotda ularning umuman keragi yo‘q
deb topiladi. Darsga ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashda nafaqat kerakli vositalar, sxemalar,
plakatlar, maketlar, o‘quv quroli va hakozolarni tanlash (tayyorlash), TTV moslama va
qurilmalar havfsizligini tekshirish, balki ko‘rgazmali vositalarni tatbiq qilish uslubiyotini ishlab
chiqilishini ham o‘z ichiga oladi
-Tatbiq qilishni maqsadini aniqlash;
-Ular bilan ishlash uchun ajratilgan vaqtni aniqlash;
- Mashg‘ulot (dars)ning pedagogik mazmunida qo‘llanmaning o‘rni.
Aytaylik, harbiy rahbar (CHQBTO‘) mashg‘ulotda YOCHQBT xonasida ko‘rgazmali
vositani tatbiq qilmoqchi (nazariy mashg‘ulotda«Harbiy ish asoslari» bo‘yicha o‘quv filmlari).
Butun filmning namoyishi 25-35 daqiqa egallashini nazarda tutgan holda har bir juftlik darsda
film parchasini 18-20 daqiqadan ko‘rsatish lozim.Filmni talabalarga darsdan tashqari
soatlarda
mazkur mashg‘ulotda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida to‘laligicha namoyish etish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Darsni o‘quv filmini ko‘rsatish bilan o‘tkazish mumkin emas,
sababi filmni o‘zi mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan maqsadini to‘laqonli amalga oshira olmaydi.
SHu bilan birga talabalar ko‘p holda ko‘rsatiladigan material syujeti, tashqi chiroyi, ta’rifiy
tomonlari bilan chalg‘ib ketadi, o‘rganilayotgan savollar bilan bog‘liqlikni yo‘qotadi. SHuning
uchun ko‘rgazmali qurollar va TTV ni tanlashda ularning o‘rganiladigan materialni nazariy
qoidalari bilan bog‘liqlik darajasini e’tiborga olishi lozim.
Ta’lim muassasasilari uchun o‘quv qurol-aslahalar, kichik kalibrli miltiq o‘quv
texnikasi va buyumlarini O‘R Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan me’yorlar (ro‘yxat) ga
ko‘ra bepul (ro‘yxatning 4-ilovasi, YOCHQBT dasturi - 2005 y, 59 b. qarang) beriladi.
Ta’lim muassasasiga beriladigan o‘quv quroli quyidagilarga ega bo‘lishi kerak: