Rasm. To‘silgan, tegadigan va o‘lik bo‘shliq.
To‘silgan bo‘shliqning ushbu traektoriya bo‘yicha nishonni yo‘q qilib bo‘lmaydigan
qismi
o‘lik bo‘shliq
deyiladi. To‘siq qanchalik baland, nishonning bo‘yi past va traektoriya
erbag‘irlaganroq bo‘lsa, o‘lik bo‘shliq shunchalik katta bo‘ladi. To‘silgan va o‘lik bo‘shliqlardan
dushmannning o‘qidan himoya qilish uchun foydalanish zarurdir.
To‘silgan bo‘shliqning nishon yo‘q qilina oladigan qismi
tegadigan bo‘shliq
deyiladi.
Tegadigan bo‘shliqni kattaligi nishonning balandligi, traektoriyaning erbag‘irlaganligi va tushish
burchagiga bog‘liq. Uning amaliy ahamyati shundaki, u pritselni o‘rtatishdagi xatoni tengshaydi
va nishongacha bo‘lgan masofani katta tomonga ixchamlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: