Bog'liq O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi
Psixokimyoviy ta’sirga ega bo‘lgan zaharlovchi moddalar
Psixokimyoviy zaharli moddalar kishi a’zolariga ta’sir etmasdan uning ruhiyatiga
ta’sir qiladi. Bu moddalardan zaharlangan kishi ongini yo‘qotadi, xotirasi pasayib ketadi, bu
moddalardan kuchliroq zaharlanganda esa nerv markazlari qattiq zararlanadi. Xullas, bunday
moddalarning har qanday dozasi odamning mehnat va jangovorlik qobiliyatini yo‘qotishiga
sabab bo‘ladi.
CHet el harbiy mutaxassislarining fikricha, ushbu moddalar ishlatilganda harbiy
shtablarning ish faoliyati vaqtincha buziladi, qurolli kuchlar ichida tartibsizlik ro‘y beradi.