shartlarini o‘rganish.
Qo‘yilgan vazifa va holatga qarab o‘t ochish mustaqil ravishda yoki komandirning
komandasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘t ochish uchun komandada odatda kimning o‘t ochishi, nishon, pritsel, o‘t ochish turi
va mo‘ljallash nuqtasi ko‘rsatiladi. Masalan: “ Axmedov, piyodalarga qaratib, uch, bittalab,
nishon ostiga-O‘T OCH”.
300 metr uzoqlikda bo‘lgan nishonlarga qaratib o‘t ochishda pritsel va mo‘ljallash
nuqtasi ko‘rsatilmaydi. Masalan: “Avtomatchilar, xujum qilayotgan piyodalarga qaratib –
O‘T OCH”. Bunday holatda uni askar mustaqil ravishda tanlaydi.
Otishni amalga oshirish pritselni o‘rnatish, o‘tkazgich (perovodchik)ni zarur o‘t ochish
turiga qo‘yish, avtomatni qo‘ndoqlash, mo‘ljalga olish, tepkini echish va otish chog‘ida
avtomatni ushlab turishlari o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |