Tanlangan adabiyotlarni o‘rganishda, manbalarni tanlashda, talaba boshqaruv
xujjatlarni, nizomlarni, qoidalarni, ko‘rsatmalarni o‘rganishdan boshlaydi. YOCHQBT
dasturi metodik qo‘llanmalardan boshlanadi. Bundan so‘ng kurs ishi mavzusiga yaqin boshqa
adabiyot tanlanadi. Tanlab olingan adabiyotlar bilan tanishib chiqish va keraksizlarini chiqarib
tashlash maqsadida ko‘rib chiqiladi. Qolgan adabiyotlar sinchiklab o‘rganiladi. kerakli
qismlari esa varaqlarga yozib olinib, tartibga solinadi, xar bir manba
aniq ko‘rsatiladi. Manbalar
bilan ishlash tanlab olingan materiallarni tartibga solish bilan yakunlanadi. Kurs ishining
dastlabki boshlang‘ich tashkiliy xujjatlari mutaxasislik sikli bo‘yicha ishlab chiqiladigan,
kafedra uslubiy yig‘ilishida
muhokama qilinadigan va kafedra boshlig‘i tomonidan
tasdiqlanadigan mavzular majmui hisoblanadi. Talabalarga yordam ko‘rsatish uchun kafedra
o‘qituvchilaridan maslahatchilar ajratiladi, maslahat berish individual tartibda amalga oshiriladi.
Bu kurs ishlarini yozishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Talabaning yutug‘i va kamchiliklarini bilgan xolda o‘qituvchi mavjud bo‘sh joylarini
to‘ldirish uchun yordam ko‘rsatadi. O‘qituvchi kurs ishini yozilishidan avval mavzu savollari
bo‘yicha metodik qo‘llanma va adabiyotlar to‘g‘ri tanlanganiga va talaba tomonidan mavzu
to‘g‘ri tushunilganligiga ishonch xosil
qilishi kerak. Buning uchun u talaba bilan suxbat
o‘tkazadi, suxbat chog‘ida unga bor bilimlarini chuqurlashtirishga, kurs ishini muvaffaqiyatli
yozish uchun ularni kerakli tizimga tushurishga yordam beradi. Agarda talaba biror ishni
boshlay olmayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi unga yordam beradi.
Savollarni mantiqiy bir-biri bilan bog‘lash orqali o‘qituvchi talaba kurs ishi savolini
mustaqil bayon eta olishi uchun uni kerakli fikrga olib keladi.
Ish bo‘limlari va rejasini
ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot, kurs ishini yozish, himoya
qilish
, sifatini
baholash. Kurs ishi talabaning shaxsiy vaqti va mustaqil tayyorlanish soatlari xisobiga
bajariladi, bir xilda u uchun mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha soatlar ajratiladi. Kurs ishini
yozish jarayoni talaba ishida eng kiyin jarayon xisoblanadi, u yuqori bilim va ular tahlili,
mexnatsevarlik va qat’iylikni talab qiladi.Nazariy mavzulardagi kurs ishlari odatda
quyidagilardan iborat.
Kurs ishini talaba o‘z so‘zlari bilan yozishi kerak. Material oddiy tushunarli bayon
etilishi, sxema, rasmlar bilan bezatilishi, nizom, ko‘rsatma, buyruqlar bandlari, namunalar bilan
tushuntirilishi, zaruriyat bo‘lsa hisobot berilishi kerak. Kirish qismida mavzu dolzarbligi va
uning maqsad yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Bundan keyin o‘quv savollari mazmuni bayon
etiladi. xar bir savol bayoni xulosa bilan yakunlanishi, namuna va tushuntirishlarsiz bo‘lishi
kerak. Xulosada namuna bilan ishga, uning axamiyatiga yakun yasaladi va muallifning mavzu
bo‘yicha tavsiya va takliflari beriladi. Kurs ishi quyidagi tartibda yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: