O’quv va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublarni qo’llash
O’quv va tarbiya jarayonida bo’ysunuvchi harbiy xizmatchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy uslublarning qo’llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni his qilish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga va o’zi tanlagan kasbiga bo’lgan qiziqishlarini, shuningdek mashg’ulotni olib boruvchiga nisbatan hurmatini kuchaytiradi.
Ushbu to’plamdan foydalanuvchilar o’quv va tarbiya jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan pedagogik texnologiya va interaktiv uslublarni xuddi shu tartibda, o’tkazishlari shart emas. Har qaysi foydalanuvchi bu tavsiyalarning umumiy shaklini olgan holda o’zlarining dars texnologiyalarini yaratishlari, berilgan pedagogik texnologiya va interaktiv metodlarning to’liq yoki ularning ba’zi bir bosqichlari, elementlarini ishlatishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |