Komandirlar (boshliqlar) “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlarni hisobga olish, saqlash, koʼpaytirish va ulardan foydalanishni toʼgʼri tashkillashtirish, shuningdek oʼz boʼysunuvidagi shaxsiy tarkib va xizmat safariga yuborilgan mansabdor shaxslar tomonidan ushbu Yoʼriqnomadagi talablarga rioya qilishi uchun javobgardir. “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifli hujjatlarni hisobga olish, saqlash, koʼpaytirish va ular bilan muomala qilish ustidan nazoratni amalga oshirish ish yuritish boʼlinmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |