Versiyani aniqlab olganimizdan so'ng biz, shu versiyaga tegishli kalitni olib antivirusimiz so'ragan joyga qo'yamiz
Kalitimiz haqiqiyligini tekshiruvchi oyna hisoblanadi (ESLATIB O'TAMIZ, antivirusni aktivatsiya qilish uchun bizga internet kerak bo'ladi)
Antivirusimiz kalit haqiqiyligini tekshirdi va bizda quyidagicha tasdiqlash oynasi ochiladi va «Готова» tugmasini bossak bizning antivirus ishga tushadi
1. «Password Manager» — bu internet brauzerlarda saqlangan parollarni xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi; 2. «Secure Data» — bu orqali biz kompyuterimiz xotirasidagi o'zimiz xoxlagan ma'lumotlar faqat bizning kompyuterda ocha oladigan boshqa kompyuterga o'tganda shifr holatida ko'rinadigan holatga keltirish mumkin; 3. «Родительский контрол» — bunda biz farzandlarimiz yoki boshqa insonlarimizni internetdan be'mani ma'lumotlardan saqlash uchun turli saytlarni bloklash yoki faqat kerakli saytlarni ochib qo'yish va shu kabi nazorat ishlarini qilish mumkin; 4. «Антивор» — buni ishga tushirsak biz kompyuterimiz yo'qolgan paytda uni qayerda ekanligini topa olishimiz uchun yordam beradi. (ESLATMA, yuqoridagilarni aktivlashtirish uchun ma'lum qadamlarni bosib o'tish kerak).
Endi dasturning ishchi oynasi o'tganimizda antivirus o'zi avtomatik tarzda baza yangilanishini va dastur yangilanishi yuklab oladi va yangilanishni tugatish uchun OTni qayta yuklashni tavsiya etadi.
Dasturimiz o'z ishini boshladi va sizning operatsion tizimingizni o'z himoyasiga oldi. Saytimiz a'zolariga yana bir maslahat, yuqoridagi rasmda qizil rang bilan belgilangan joyga e'tibor qaratishingizni so'raymiz, bujoyda agar yashil rang yonib turgan bo'lsa demak antivirus to'liq ishlamoqda degani, agar sariq ranga o'zgarsa antivirusimizda qandaydir kamchilik mavjud bo'ladi (bu kamchilik havfli emas), agar qizil rang bo'lsa antivirus operatsion tizimni kam kuch bilan himoya qilayotgan yoki umuman himoya qilmayotgan bo'ladi (bularga sabab bo'lishi mumkin, ba'zamiz eskirsa, aktivatsiya muddati tugasa va shu kabilar bo'lsihi mumkin)
XULOSA
Kompyuter virusi ular ma'naviy qashshoq, hayotdan va boshqalardan alamzada dasturchilar tomonidan g’arazli maqsadlarda yozilgan dastur. Ular odatda, ko'p martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularning "ishga tushishi" oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar paydo bo'lishi, goh disqdagi yozuvlar (fayllar) ni o'chirib yuborishi mumkin. Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, eng qulay detektorlar bir emas, koplab keng tarqalgan viruslarni "ushlaydi". Dastur-fayllar zararlangan dasturlarni tiklashni ta'minlaydi. Ish jarayonida faga virus tanasini "tishlaydi" va virus o'zgartirib yuborgan buyruqlar ketma-ketligini tiklaydi. Biz tilga olayotgan kompyuter viruslari fagasi hozirda yaratilib bo'lingan. Hozir turli fagalarni yig'ish bilan odamlar band bo'lishmoqda. Bu, bizningcha, noto'g'ri. Asosiy e'tiborni zararlanishning oldini olishga qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |