O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari buxgalteriya
hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi
.
Reja:
1.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasi
2.
Bankning buxgalteriya balansi
3.
Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan
ko‘rilgan zararlar
1.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasi
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham
tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona
hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi
yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar
rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi.
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy
bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi
hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi
Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan
boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak,
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar
bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida,
shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib
olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy
bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari
hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda
“E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar
ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital”
bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va
imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar
rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga
tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida
hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki
hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday
xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat
bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi
oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari,
passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida
bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
–
birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi
kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;
–
ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;
–
uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish;
–to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni
ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib
kodlashtirilgan.
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy
hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy hisobvaraq
“Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni
o‘z ichiga oladi:
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 10102 – zaxiradagi naqd pullar;
I bo‘lim
II bo‘lim
III bo‘lim
IV bo‘lim
V bo‘lim
VI bo‘lim
10000 – Aktivlar
20000 – Majburiyatlar
30000 – Kapital
40000 – Daromadlar
50000 – Xarajatlar
90000 –
Ko‘zda
tutilmagan
holat
bo‘yicha
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari; 10107 – bankomatlardagi naqd
pullar; 10109 – yo‘ldagi pullar;
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar.
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib
chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz)
depozitlardan boshlanadi: ya’ni,
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy
hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib
olinguncha saqlanadigan depozitlari;
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari;
20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan
tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan
depozitlari;
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy
hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida
sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining
hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisob-
kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi.
Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi
shunday tartibda nomerlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |