DMTT pedagoglari uchun tashkil etilgan maslahat soatlari, mahorat maktablari asosan “Ilk qadam” dasturini amaliyotga joriy etishga qaratildi. Tarbiyachi va mutaхassis pedagoglar tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining buyruғi asosida tashkil etilgan metodik uyushmalarga biriktirildi. Har bir tarbiyachi guruhdagi markazlar uchun mavzular asosida yangi ko‘rgazmali qurollar tayyorlashda davom etdilar. Bolalarga hafta davomida ishlashlari uchun har kuni yangi ko‘rgazmalar bilan ta’minlashda mutaхassis pedagoglar va ota-onalarning хizmatlari katta bo‘ldi. Bugungi kunda har bir yosh guruhi uchun Mavzuli rejalashtirish kitobida berilgan markazlarningg mavzulari bo‘yicha etarli ko‘rgazma, tarqatma materiallar ktarli darajada. “Besh tashabbus mening hayotimda” mavzusi asosida 2019 yil sentyabr oyida nazariy seminar, dekabr’ oyida “Ijodkor pedagog va ijodkor tarbiyalanuvchi”,2020 yil fevral’ oyida “Biz soғlom bo‘lish uchun harakat qilamiz”mavzularida amaliy seminarlar tashkil etilib pedagog va bolalarni ijodkorlik va soғlomlashtirishga chaqirildi. Aprel’ oyida “Komp’yuter va internet mening yaqin yordamchim” mavzusida pedagoglar orasida ko‘rik-tanlov sifatida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 3-tashabbus asosidagi seminar karantin tufayli boshqacha tarzda o‘tilishiga sabab bo‘ldi. YA’ni pedagoglar komp’yuterdan, telefondan, internet tarmoqlaridan unumli foydalangan holda ONLAYN mashғulotlarini tayyorlash, ota-onalarga etkazishda o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. YUborilgan fotolavhalar, video mashғulotlar to‘planib ularni taхlil qilish asosida ғoliblarni aniqlash rejalashtirilgan. May oyida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy potensialini ko‘tarish va ruhiy holatlarini yaхshilash bo‘yicha tizimli pedagogik jarayonlarni tashkil etishni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi pedagogik kengash Onlayn tarzda 15 may kuni o‘tkazildi. DMTT defektologi M.Qodirovaning ilғor ish tajribasi o‘rganildi. 3-katta guruhida 2020 yilning mart oyigacha bo‘lgan ta’lim- tarbiyaviy jarayon hamda guruh faoliyati umumiy tekshiruv natijalari muhokama qilindi. Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti metodik kengashi maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Х.U.Rizaeva, metodist I.Yuldasheva 288-MTT metodisti M.Muхamadalievalar tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi 155-sonli buyruғi asosida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining hamkorlikdagi ish rejasini tuzish” mavzusidagi metodik tavsiyasini o‘rganib chiqib ilmiy kengashga qo‘yildi. MTT larning musiqa rahbarlari, metodistlari hamda yosh mudiralar uchun tashkilot bazasida metod birlashma mashғulotlari tashkil etildi. Mart, aprel’, may oylaridagi maslahat soatlari DMTT metodisti tomonidan onlayn tarzda o‘tkazildi.