Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh Y va kichik y harflari Y tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, Y tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar, rasmli rebuslar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Bersang salom”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:
Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa
Muzyorar mashq: “Bersang salom”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi. Tarbiyachi bolalarga salom berish haqida she’r aytadi.
Yo‘l ustida uchragan
Kishiga bersang salom.
Alik olib avvali, so‘ngra
Der: “Raxmat, bolam”.
She’r bilan mashg`ulot boshlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |