Tarbiyachiga eslatma.
Utovushini talaffuzida lablar oldinga naychaga o‘xshab chiqqan, tishlar birlashmagan bo‘ladi, va ular lablar bilan bekitiladi, tilning orqa qismi yumshoq tanglaygacha ko‘tarilgan, yumshoq tanglay ko‘tarilgan va tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz orqali o‘tadi, tovush boylamlari birikib va tebranib ovoz hosil bo‘ladi.
|
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda Utovushini xo‘r bo‘lib aytadilar. U tovushi unli tovush ekanligi, u og‘izda to‘siqqa uchramayotganini, qancha cho‘zsa cho‘zilishi aytib mashq qilinadi.
Tarbiyalanuvchilardan U tovushli so`zlar o`ylab topishlari so`raladi. Shundan so`ng U harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda
U harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |