Tarbiyachiga eslatma.
Otovushini talaffuzida quyidagi holat yuz beradi: Lablar aylana shaklida(dumaloqlangan) va bir oz oldinga chiqadi, tishlar dumaloqlangan lablar bilan bekiladi,til ildizi bir oz yuqoriga ko‘tariladi, yumshoq tanglay tomoqning orqa devoriga siqilgan bo‘lib, burun yo‘llarini yopib turadi, havo oqimi og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tib ketadi, tovush boylamlari bog‘langan bo‘lib, tebranadi va tovush hosil bo‘ladi.
|
Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga unli tovushlar to‘siqqa uchramasligi, cho‘ziq aytilishi.va unli tovushlarni qizil rangda belgilanishini (qizil kvadrat shaklni ko‘rsatiladi) aytadi.
Tarbiyachi bolalarga so‘zlarning tovush andozasini ekran orqali tushuntiradi:
- unli tovush
Olma so‘zining birinchi tovushi O.Biz birinchi katakni qizilga bo‘yaymiz.
s o‘zdagi birinchi tovushni ajratish
Soat so‘zining ikkinchi tovushi OBiz ikkinchi katakni qizilga bo‘yaymiz.
-so‘zning o‘rtasidagi kerakli tovushni ajratish
Oymomo so‘zining oxirgi tovushi O. Biz oxirgi katakni qizilga bo‘yaymiz.
- so‘zdagi oxirgi tovushni ajratish
Tarbiyachi bolalarga unli tovushlarni mana bunday belgili kubiklarda ham ajratib olishlari mumkinligini aytib tushuntiradi. Buning uchun bolalar kubikdagi belgilar ifodasini bilib olishlari kifoya. Nutqimizda hyech qanday to‘siqqa uchramay, cho‘ziq aytiladigan tovushlar ifodasi kubikning bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilib belgilangan kubikga joylashtirilganligini tushuntiradi va bolalarga harfli kubiklarni o‘ynaganlarida kubikning tomoniga yopishtirilgan tovush belgisiga va tomonlarda ko‘rsatilgan harflarga e’tibor berib oynashlarini ta’kidlaydi.
BolalargaO tovushi bilan boshlanadigan bir necha buyum rasmli kartochka orqali ko‘rsatiladi va birga talaffuz qilinadi va ularga O tovushi bilan boshlangan so‘zlar qatori tuzish uchun “Zanjir” o‘yin o‘ynaladi(bolalar koptokni bir-birlariga uzatib o‘ynaydilar).
Unda bolalar doira bo‘lib turib oladilar va birinchi bola Otovushi bilan boshlanadigan so‘z aytadi ikkinchi bola boshqa shunday so‘z aytadi va o‘yin shu tariqa yana birinchi bolaga qaytib kelgunga qadar davom etadi. Masalan: Olma,olcha, olxo‘ri, ona…kabi
Tarbiyachi “Zanjir” o‘yinidan so`ng tarbiyalanuvchilarga O tovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkaziladi.
Bolalar javoblari tinglangandan so`ngO harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda O harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi. Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.
O harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga O kesma harfi yopishtiriladi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |