O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim Vazirligi
__________________ maktabgacha ta’lim boshqarmasi
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun
10 kunlik taxminiy taomnoma
_____________________________
Tuzuvchilar: Karimov Jamol - Navoiy viloyat tibbiyot kolleji
“ Hamshiralik ishi” kafedrasi mudiri
Raxmonova Qunduz Namozovna-Navoiy viloyati Karmana tumani
13 – MTT oliy toifali hamshirasi
Taqrizchilar: Fayzieva Hikoyat Xodjievna - Navoiy viloyati Karmana tuman
Salomatlik markazi, “Axolining
sog‘lom ovqatlanish va jismoniy
faolligini qo‘llab quvatlash”
bo‘linmasi metodisti
Qo‘chqorova Moxira Raxmatovna - Navoiy viloyat tibbiyot markazi
gastroenterologiya bo‘lim boshlig‘i,
oliy toifali shifokor.
“Tibbiyot xodimlariga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak”
SH.Mirziyoev
Kirish
Abu Ali ibn Sinodan so‘radilar:
-Dunyoda davosi bo‘lmagan biron dard bormi?
-YAxshining yomonga muhtoj bo‘lishi- davosiz darddir.
Sog‘lom turmush tarzi- inson salomatligini yaxshilash va muhofaza qilishga qaratilgan faol harakatdir.Inson o‘z salomatligining ijodkoridir. Buning uchun biz hamshiralar tarbiyalanuvchilar sog‘lom rivojlanish va jismonan bakuvvat, ma’nan etuk bo‘lmog‘i uchun mas’ulmiz.
Sog‘lom ovkatlanish inson organizmining usish, uning ruxiy va intellektual rivojlanish, mexnat kobiliyati, moslashuv jarayoni va eng asosiysi, mutadil sog‘lom xamda tashki muhitning xar qanday salbiy omillariga karshi kurashish xususiyatlarini bir maromda saklab turuvchi, insonning xayot davomiyligini ta’minlovchi muxim jarayondir
Ovqatlanish va ovqatliklar bu tiriklikni, hayotni ta’minlovchi eng asosiy talab. CHunki har qanday jonzot tanasidagi hayotiy jarayonlar – tiriklik, harakat, o‘sib-ulg‘ayish va nihoyat, salomatligining darajasi ovqatliklar hamda ovqatlanish hisobiga bo‘ladi.
Hozirgi kunda to‘kin dasturxonga o‘tirgan har bir kishi avvalo organizmi va salomatligi uchun zarur bo‘lgan ovqatlardan iste’mol qilish kerakligini bilish kerak. Bu to‘g‘ri va oqilona ovqatlanishning asosiy sharti.
“Ko‘p ovqat egan kishi ovqatni emas, ovqat uni eydi” degan naql asosida chuqur ma’no borligini har bir inson yaxshi anglab etmog‘i lozim.
Xulosa qilib shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ratsional ovqatlanish (ratsional – oqilona, maqsadga muvofiq) organizmning quvvat sarfini to‘ldirish, hamda insonning hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlarni qamrab olgan, tarkibi va miqdori jihatdan organizmning imkoniyatlariga mos keladigan ovqat bilan ovqatlanishdir.
Kundalik hayotimizda amal qilishimiz lozim bo‘lgan muhim qoidalardan biri bu ovqatlanish tartibidir.
Inson kuniga 3 marta ovqatlanganda, kechki ovqatning kaloriya qiymati bir kunlik umumiy kaloriya qiymatining 20-25 foizidan oshmasligi va uyquga ketishdan kamida 3 soat oldin isteьmol qilinishi, uning yaxshi hazm bo‘lishi tungi uyquning meьyoriy kechishini taьminlaydi.
Iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari insonning jinsi, yoshi va uning ish faoliyati hamda yil fasliga ham bog‘liq. Agar bir kecha kunduzda uch marta ovqatlansak, ertalabki nonushta umumiy ovqatlanish miqdorining 25-30 foizini, tushlik 40-50 foizini va kechki ovqat esa qolgan foizini tashkil etishi kerak. To‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish hayot davomida inson salomatligini ta’minlaydigan muhim mezonlaridan biridir. O‘z salomatligini o‘ylaydigan yoshlar to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini o‘zlashtirgan bo‘lishlari, ya’ni oqsil, yog‘, uglevod, vitamin, mineral moddalar va suvning organizm uchun ahamiyatini bilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |