Dasturning maqsadi
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini olib borish metodikasifani o`quvchilarga MTT da ilk yoshdan boshlab to maktab yoshiga yetgunga qadar bolalarni jismoniy rivojlantirish, bola hayotini muhofaza qilish, sog`lig`ini yaxshilash, mustahkamlash, har tomonlama sog`lom, yetuk bolalarni tarbiyalash, O’zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarida jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllantirish sohasi, “Ilk qadam”dasturi asosida turli yosh guruhlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tashkil etish yo`llarini o`rgatishga qaratilgan.
Vazifalarni amalga oshirish shartlari: maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, harakatli o’yinlar, ochiq havodagi jismoniy mashqlarni tashkil etish va o’tkazish.
|