O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim boshqarmasi o’rta chirchiq pedagogika kolleji



Download 13,37 Mb.
bet217/261
Sana26.02.2022
Hajmi13,37 Mb.
#471891
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261
Bog'liq
Табиат билан таништириш ва экологик таълим

Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (4-ilova).
1. O. Xasanboeya “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi” Toshkent 2016, 28-37 betlar. Ma`ruzani kengroq yoritib kelish.
2. Rasmlardan namunalar chizish.
3. Har bir yosh guruhda kuzatishni farqlab daftarga yozib kelish.

Baholari bilan tanishadilar.



Topshiriqni yozib oladilar.


Mavzu: Ekologik ta'lim berishda og’zaki uslublarning o’rni.
Reja:
1. Oldindan o’tkaziladigan suhbat va yakuniy suhbatlarni tashkil etish.
2 Suhbatlarning maqsadi, unga qo’yiladigan savollar.
3.Suhbatda didaktik maqsadni tasavvur qilish.
4.Suhbatda xilma-xil ko’rgazmali matеriallardan foydalanish.
1.Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oidindan
o ‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qollaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o‘rnatishdir.
Yakuniy suhbat o‘rganilgan faktlarni tizimlashtirish, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: ba’zi kuzatiladigan ob’yektlarning tor doirasini (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqida, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi va shu kabiiar), boshqalari hodisalarning keng doirasini (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar) qamrab olishi mumkin.
Suhbat — bu bolalar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotning yakunidir. Uning samaraliligi bolalarning tayyorgarliklariga bog‘liqdir.
Shuning uchun tarbiyachi bolalarni kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiat haqidagi hikoyalar orqali suhbatga tayyorlashi lozim. Bolalarda nima haqida konkret tasavvur bo‘lsa, faqat shu mavzu yuzasidan suhbat o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
2.Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi ya’ni, uning mazmunini aniqlashi, umumlashtirishi hamda muhim tomonlarini ajratib, suhbat yakunida aniq bir xulosa chiqara olishi lozim.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni bir tizimga soladi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘lib uchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ulami qayerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg‘alar nima yeydi?» So‘ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabi boshqa qushlar haqida ham shunday savollar beriladi).
Suhbatning ikkinchi qismida «Nima uchun hamma qushlar bir vaqtda uchib kelmaydi?» kabi umumlashtiruvchi savolni berish mumkin.
Ular mazmunan aniq, to‘g‘ri, qisqa bolishi kerak. Har bir savolda bitta likr bo‘lishi shart. Qisqa «ha» yoki «yo‘q» javoblarini talab qiluvchi savollarni berib bo’lmaydi. Bunday savollar tafakkurning o‘sishini, munosabatlarning aniqlanishini ta’minlamaydi. Tarbiyachi suhbat davomida bola­larning xulosa, umumlashtirishlarni o'zlari mustaqil chiqarishlariga g‘amxo‘rlik qiladi.
Suhbatda xilma-xil ko‘rgazmali materiallardan ham foydalanish zarur. Bular tabiat jismlari, ob-havo kalendarlari, gerbariylar, illustratsiyalardir. Bundan tashqari topishmoqlar, she’rlar, qushlar ovozining yozuvlari foydalidir. Bu bolalarda muhokama qilinayotgan hikoyaga nisbatan emotsional munosabat uyg‘otadi.
Suhbat bolalarni tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida, o‘rta va maktabgacha katta yoshda qo‘llaniladi. O‘rta guruhda suhbat, asosan, hodisalarni eslatishga, katta va maktabga. tayyorlov guruhlarida esa mavjud bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solishga yo‘naltiriladi.6-7 yosh maktabga tayyorlov guruhi

Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish