2-bosqich.
Asosiy
(65 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan Mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. (O’quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabriklash, omad tilash; fan bo’yicha o’quvchilarni avvalgi olgan bilimlarini aniqlash maqsadida (B/N) ishini olish).
Maqsad va vazifani belgilanishi:
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va o’qitish natijalar bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; (Ekologik bo’limlar haqida ma’lumotlar to’plash).
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarni baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova).
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish: Tezkor-so’rov, savol-javob, aqliy hujum, pinbord-(o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati hamdir), “o’ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
6. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy holatlarni yozdiradi;
7. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharhlash bilan Mavzu bo’yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi (2-ilova).
Yangi o’quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun savollar beradi (3-ilova).
Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi;
1-guruh –savollarga javob beradi va yozadi;
2-guruh test yechadi;
3-guruh test tuzadi;
4-guruh ekologiya bo’yicha rasm chizadi.
9. Guruhlarning ishlari tekshiriladi va baholanadi.
9. Kichik guruhlarga bo’linadi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
10. Guruhlarda ishlashni boshlashga ruhsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan o’zaro bir- birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
12. Guruhlar ishini o’zaro baholashni o’tkazadi, mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lab mavzuni yakunlaydi.
|
Savol- javob asosida (B/N) ishini yozib beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi
|