O‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


-§. Rivojlanish nazariyalari kontekstida bolaning rivojlanishi



Download 202,5 Kb.
bet3/6
Sana01.07.2022
Hajmi202,5 Kb.
#725807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
35-курс иши махбуба

1.2-§. Rivojlanish nazariyalari kontekstida bolaning rivojlanishi.
Kuzatishlarni tahlil qilish va baholash bolani rivojlantirish va o‘qitish nazariyalarini yaxshi tushunishni talab etadi. Bu nazariyalarni bilish kuzatish jarayonida ko‘rgan va eshitganlarni tahlil qilish va sharhlash (tushunish)da yordam berishi mumkin. Pedagog bolaning o‘quv jarayonida ko‘rgan narsalariga e’tiborli bo‘lishi uning o‘ziga ham ko‘p narsalarni o‘rganishga yordam beradi. Pedagog amalda ko‘rganlarini bolaning rivojlanish nazariyasi haqidagi bilimlari bilan bog‘lashi mumkin, bu amalda nima sodir bo‘layotganini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Pedagog bolaning rivojlanish nazariyalari asosida kutilayotganlar bilan bola rivojlanishida aniqlagan shaxsiy farazlarini solishtirib ko‘rishi mumkin. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim beruvchi yondashuv o‘qitishning sifatli amaliyotini belgilaydigan aniq pedagogik tamoyillarga asoslangan. Bu tamoyillar ko‘p ma’noda ijtimoiy konstruktivlik nazariyasiga asoslangan bo‘lib, bola rivojlanishida sifatli, puxta o‘ylangan ijtimoiy o‘zaro aloqadorliklar egallagan muhim rolga urg‘u beradi. Ushbu bo‘limda biz ilk yoshda bolani rivojlantirish va o‘qitishga bo‘lgan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni shakllantirgan ba’zi nazariyalarni ko‘rib chiqamiz (ayniqsa, ijtimoiy-madaniy nazariyalar va ijtimoiy konstruktivizm).
I. Piaje (1963) maktabgacha rivojlanishni quyidagi bosqichlarga bo‘ldi:
● sensomotor intellekt davri (bolalar reflekslar, tuyg‘ular orqali ta’lim oladi, buyumlarni manipulyatsiya qiladi) (2 yoshgacha);
● operatsiyagacha tafakkur davri (ular o‘z idroklariga asoslangan g‘oyalarni shakllantiradilar, ma’lum vaqt ichida faqat aniq bir narsaga e’tibor qaratishlari, cheklangan tajribalari asosida umumlashtirishlari mumkin, egotsentrik (faqat o‘zining fikrini ma’qul deb topish) bo‘lishadi)
(2-7 yosh).
II. Piaje izdoshlari nazariyani chuqurroq rivojlantirishdi. L.S.Vыgotskiy nazariyasining markaziy g‘oyalaridan biri – bu eng yaqin rivojlanish zonasi tushunchasi. Zona dolzarb va potensial rivojlanish darajalari orasida hosil bo‘ladi:
 bola vazifani mustaqil bajara oladi;
 bola vazifani kattalar yoki tajribali tengdoshi yordamida bajaradi. Ta’lim jarayonida L.S. Vыgotskiy bolaga yordam berishni o‘zgacha tashkil etadigan kattalar roliga katta ahamiyat qaratadi:
● birinchidan, bolaning qiziqishini uyg‘otish va uni vazifalarni bajarishga harakat qilishga undash kerak;
● ikkinchidan, agar bola biror vazifani bajarishni qiyin deb topsa, yechimga olib keluvchi qadamlar sonini soddalashtirish va kamaytirish muhimdir. Pedagog vazifani soddalashtiribgina qolmay, uni bajarishga ham yordam beradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Keyinchalik esa bola buni mustaqil qilishni o‘rgangach, uning oldiga yangi vazifa qo‘yiladi;
● uchinchidan, pedagog bola g‘ayratini saqlashi muhim. Bola rag‘batni kutadi, muammoni hal qilish u uchun qiziqarli bo‘lishi kerak. Bola vazifa talablarini bajara olishga qodir ekanligini sezishi lozim. Bunda kuzatishlar roli juda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog kuzatish jarayonida bolada qaysi sohada qiyinchilik tug‘ilayotganini payqaydi, unga qanday yordam ko‘rsatish kerakligini tushunadi. L.S.Vыgotskiy bola rivojlanishida insonlararo muloqot hamda ijtimoiy o‘zaro aloqadorliklarning (interaksiyalarning) muhim rolini alohida ajratib
ko‘rsatadi. Ta’lim sotsiumda yuz beradi – maktabgacha tashkilotda, uyda, oilada, mahallada, boshqa joylarda. San’at, til, o‘yin, qo‘shiq, metafora va modellar o‘rganish amalga oshiriladigan madaniyatning ramzidir. Mashg‘ulot jarayonida pedagog, ota-ona, tengdoshlar va bola uchun barcha muhim “kimsalar” bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
III. L.S. Vigotskiy kabi J.Bruner ta’lim jarayonida kattalarning roli juda muhimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan tengdoshlar roli ham ahamiyatga ega. Hamkorlikda va guruhda ishlashga u alohida e’tibor beradi. Bugungi kunda raqamli ta’limning roli oshdi va raqamli texnologiyalar ham bola hayotining ajralmas qismiga aylandi.
IV. U. Bronfenbrenner (1979, 2000) inson ekologiyasi nazariyasini ishlab chiqib, atrof-muhit (tarbiya)ning rivojlanishga ta’siri haqida to‘xtaladi. U ekologiya ta’limini o‘rganish zarurligi haqida gapiradi va bu bilan u bola tajriba orttiradigan muhit sharoitini nazarda tutadi. Bola rivojlanishi ikki yo‘nalishda boradigan dinamik jarayondir: bolaga uning atrofidagi ijtimoiy muhit ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan birga u o‘zining faol muhitini yaratadi. U. Bronfenbrenner bu ekologik muhitni 5 ta bir-biriga joylashgan tizimlar majmui sifatida o‘rganadi.
● Mikrotizim – bolaning eng yaqin qarindoshlari va bola bilan tez-tez va muntazam muloqot qiladigan odamlardan iborat. Mikrotizimga uy, MTT, maktab, qo‘shnilarning uylari, qarindoshlarning uylari, mahalliy do‘konlar va boshqalar kiradi. U. Bronfenbrenner bu o‘zaro ta’sir bir tomonlama emas deb hisoblaydi, zero, bola o‘z atrof-muhitining shakllanishiga hissa qo‘shadi.
● Mezotizim – bu bolaning bevosita o‘zaro ta’sir qiladigan sharoitlari o‘rtasidagi munosabatdir, masalan, uy muhiti maktabgacha yoki maktabdagi rivojlanish muvaffaqiyatlariga ta’sir qilishi mumkin. Bola ota-onasining maktabgacha tarbiya tizimi bilan o‘zaro munosabatlari va uning ota-onasi bilan o‘zaro munosabatlari bolaga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mezotizim yaratadi. Uy va maktabgacha ta’lim o‘rtasidagi izchillik, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar va ular o‘rtasidagi yaqinlik bolani ijobiy qo‘llab-quvvatlaydigan mezotizim yaratishga yordam beradi.
● Yekzotizim – bola bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, lekin unga uzoqdan ta’sir qiladigan, ya’ni bolaga ko‘proq uzoqroqdan ta’sir qiladigan jihatlardan iborat bo‘lgan shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Bularga bobo va buvilar, uzoqda yashaydigan qarindoshlar, ota-onalarning ish joylari, ibodat joylari, jamoat markazlari va boshqalar kirishi mumkin. Agar ota-onaning ish beruvchilari oilaga yon bosadigan siyosatni yuritsa (masalan, o‘zgaruvchan ish tartibi), bola foyda ko‘radi. Agar ish beruvchilar ota-onani ruhiy zo‘riqtirsa (bola kasal bo‘lganida ta’til bermasa), bu bolaga salbiy ta’sir qiladi. ● Makrotizim – jamiyatdagi ijtimoiy institutlar mafkurasi va shaxs istiqomat qiladigan tashkilotning umumiy modeli yoki submadaniyati. Makrotizim o‘z ichiga oilalarni qo‘llab-quvvatlaydigan yoki qo‘llabquvvatlamaydigan davlat siyosatini, iqtisodiyotni, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni, siyosiy iqlim va boshqa global omillarni olishi mumkin. Bu omillar bolaning iqboli va mustaqil identivligiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Bolani parvarishlash uchun olinadigan ta’til, tug‘ishgacha va tuqqandan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun xarajatlar va bolani parvarishlash uchun ajratiladigan subsidiyalarni qamragan davlat siyosati bola rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. ● Xronotizim – barcha avvalgi tizimlardagi qoliplar va voqealar vaqtiga tegishli bo‘lib, o‘z ichiga hozirgi vaziyatlarga ta’sir etgan tarixiy voqealarni oladi: urushlar, nizolar, tabiiy ofatlar, iqtisodiy inqirozlar va boshqa salbiy yoki ijobiy hodisalar. Oilaviy voqea ham xronotizimda asosiy omil hisoblanadi. Masalan, urush yoki nizolarni boshidan kechirgan ota-ona o‘zlari xavfsizlikda bo‘lishiga qaramay, bu ruhiy jarohatni ichida saqlashi va bu ularning farzandlariga ham o‘tishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglar uchun U. Bronfenbrenner nazariyasining xulosasi bolalarni oila va hamjamiyat kontekstida tushunish muhimligini o‘z ichiga oladi.
V. Barbara Rogoff (1995) bolani ijtimoiy, shaxslararo va individual jihatdan o‘rganadi. L.Vыgotskiy nazariyasini yanada chuqurroq rivojlantirib, u bitta shaxsning kognitiv rivojlanishini insonlararo muloqot va mahalliy jamoatchilikda yuz berayotgan jarayonlardan ajratib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. Jamoatchilik darajasida rivojlanish tahlili madaniy tashkillashtirish va madaniy qadriyatlarga, maqsadlarga asoslangan faoliyatda boshqalar bilan birga ishtirok etayotgan odamlarga markazlashadi. Alohida olingan shaxs darajasida rivojlanish tahlili faoliyat jarayonida bolalarda yuz beradigan o‘zgarishlarga asoslangan. Pedagog kuzatuvchi rolini o‘ynab, ziddiyatli vaziyatlarni uyushtiradi va tanqidiy tinglay oladi. Rivojlanish ikki jarayondan iborat: ta’lim olish va ulg‘ayish. Rivojlanishda uchta (ayrim mualliflar ko‘proq deb hisoblaydi) tarkibiy qism mavjud. Bu:
● birinchidan, aqliy, ma’naviy, kognitiv rivojlanish,
● ikkinchidan, ijtimoiy va hissiy rivojlanish,
● uchinchidan, jismoniy va psixomotor rivojlanish. Inson taraqqiyoti ham biologik, ham ijtimoiy, ham madaniy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, lekin shu bilan birga bu yaxlit jarayondir. Insonda rivojlanishning bir qator irsiy shart-sharoitlari bor, ammo rivojlanishning eng muhim sharti atrofmuhit bilan doimiy o‘zaro aloqada bo‘lishdir.
Bola rivojlanishi nazariyalari pedagogdan o‘z bilimlaridan ko‘ra ko‘proq narsani talab qiladi. Pedagoglar masalaga chuqur qarashi kerak. Ular bu bilimlardan kundalik kuzatish amaliyotida foydalana olishlari lozim. Pedagoglar bolalarning malakali ta’lim oluvchilar ekanligini unutmasliklari kerak, pedagoglar ta’lim jarayonida ular yetkazmoqchi bo‘lgan g‘oyalar tushunarli bo‘lishi uchun hujjatlashtirilgan kuzatishlarini sekinlashtirishi, tanaffus qilishi, diqqat bilan kuzatishi va o‘rganishi kerak. Bundan tashqari, bola rivojlanishi nazariyalarini tushunish bola rivojlanishi haqida umumiy bilimlarni va boladan ko‘rgan va eshitganlarining sabablari haqida taxminlar qilishga tayyor bo‘lishni talab qiladi.



Download 202,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish