O’zbekiston respublikasi маktabgacha ta’lim vazirligi jizzax viloyati maktabgacha tal’im boshqarmasi paxtakor tuman maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti



Download 3,03 Mb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi3,03 Mb.
#82008
1   2   3
Bog'liq
3-DMTT Ertak,maqol, topishmoq



KIRISH


Assalomu alaykum!

Aziz o’quvchim! Ushbu qo’llanma O’zbekiston

Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining Davlat talablari va ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturiga va tarbiyachilarning ijodiy faoliyati, tajribalariga asoslanib tuzilgan.

Bu qo’llanma bolajonlarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga,diqqat va xotirasini mustaxkamlashga, dunyoqarashining kengayishiga, nutqining ravon bo’lishiga qulay imkon yaratadi.Ushbu qo’llanma sizlar uchun xizmat qiladi degan umiddaman.



Vitaminlar

Bir bor ekan bir yo’q ekan qadim zamonda emas hozirgi zamonda Boburjon ismli bola bo’lgan ekan. Ayni yoz pallasida Boburjonlarning hovlisida turli xil meva va sabzavotlar hamda poliz ekinlari pishib yetilibdi.Biroq Boburjon faqat qovun va tarvuzni yaxshi ko’rib yer ekan.Ularni shunaqangi yaxshi ko’rar ekanki hatto oyisining shirin va mazali ovqatlarini xam yemay xarxasha qiladigan bo’libdi.

Kunlar o’tibdi,bir kuni hovlidagi meva,sabzavot va poliz ekinlari o’rtasida tortishuv bo’libdi.Hammasi menda vitamin ko’proq,men Boburjon uchun foydaliman der emish.Ammo tortishuvda qovun va tarvuz g’olib chiqibdi.Boburjon har kuni ularni yaxshi ko’rib yeyaverganidan ular bu bahsda g’olib bo’lishibdi.Shunda boshqa meva va sabzavotlar xafa bo’lishib,Boburjonlarning hovlisidan ketib qolishibdi.Bundan xabar topgan Boburjon juda xam xursand bo’lib ketibdi,chunki ularni ko’rishga ko’zi yo’q ekan.

Oradan yana kunlar o’tibdi.Boburjon ozib,bo’ylari o’smay qo’yibdi.Ota-onasi havotir olishib,uni shifokor huzuriga olib borishibdi.Shifokor Boburjonga vitamin yetishmay qolganini aytibdi va ko’p-ko’p meva va sabzavotlardan iste’mol qilishini maslaxat beribdi. Boburjon uyga kelib,qilgan ishida pushaymon bo’libdi.Qovun va tarvuz xam uyalib qolishidi.Axir ular bizda xamma vitamin bor deb tortishgan edi.

Ular meva va sabzavotlardan kechirim so’rashibdi.Vitaminlar yana hovliga qaytib kelishibdi.Endi meva va sabzavotlar hamda poliz ekinlari Boburjon bilan inoq do’st bo’lishibdi.Bolajonlar sizlar xam vitaminlarni ajratmasdan iste’mol qiling.

Savollar:

1.Hovlida nimalar pishgan ekan?

2.Nima uchun Boburjon ovqat yemay qo’yibdi?

3.Boburjon nimalarni yaxshi ko’rar ekan?

4.Ota-onasi uni qayerga olib borishibdi?

5.Shifokor ularga nima debdi?

Erka qiz

Bor ekan,yo’q ekan bir Aziza degan qiz bo’lgan ekan.Aziza uyda bitta qiz bo’lgani uchunmi biroz erka ekan.Bir kuni bog’chadan kelishayotganida oyisiga bugun Zaynabninig tug’ilgan kuni ekanligini aytib qolibdi.Zaynab Azizalarning qo’shnisi bo’lib,faqat u bog’chadagi boshqa guruxga borar ekan.Uyga kelgach Aziza va Zaynab qorong’i tushguncha birga o’ynashar ekan

Azizaning oyisi unung tug’ilgan kunga borishigaruxsat beribdi va ovqatga unnab ketibdi.Aziza kiyimlarini almashtirish uchun xonasiga kirib ketibdi.U buvijonisi sovg’a qilgan sariq ko’ylagini kiyib chiqmoqchi bo’libdi.Zaynabga uning shu ko’ylagi juda yoqar ekan,xar doim kiyim chiqqanida unga xavas bilan qarar ekan.Aziza ko’ylagini qidirib xamma joyni ko’ribdi,ammo topolmabdi.Oyisidan so’ragan ekan kiyim javonini ko’rish kerakligini aytbdi,u yerda xam yo’q.Shunda o’tgan kuni bog’chadan kelganida taxlashga erinib,krovatining tagiga otib yuborgani esiga tushib qolibdi.Engashib krovatining tagidan ko’ylagini olib chiqibdi.Ko’ylagi g’ijim va bir oz kir ekan.Xech qisi yo’q debdida ko’ylagini kiyib chiqibdi.Oyisi uni ko’rib,boshqa ko’ylagingni kiygin deb qolaveribdi.

Dasturxonlar bezalgan,xamma chiroyli kiyingan.Aziza o’zining g’ijim va kir ko’ylagidan uyalib ketibdi.U yerda ko’p o’tirmasdan darrov uyiga qaytib ketibdi.

Shundan keyin Aziza bog’chadan kelganidan keyin kiyimlarini taxlab qo’yadigan bo’libdi.Bolajonlar ko’rdingizmi Aziza tartibli qiz bo’lganida O’rtoqlarining oldida uyalib qolmas edi.

SAVOLLAR:

1.Aziza kimning tug’ilgan kuniga bormoqchi bo’libdi?

2.U tug’ilgan kunga qanday ko’ylak kiymoqchi bo’libdi?

3.Azizaga sariq ko’lagini kim sovg’a qilgan edi?

4.Sariq ko’ylak qanday axvolda ekan?

5.Aziza nima uchun uyalib qolibdi?

Polvon


Bor ekan,yo’q ekan. O’rmonda xamma ayiqni polvon deb chaqirishar ekan.Chunki u o’rtoqlariga qaraganda gavdali ishtaxalari yaxshi ekan. Ayiqni xamma polvon degani uchun u o’zini juda katta tutar ekan ,o’zidan kichik hayvonlarni mensimas ekan.Shunday bo’lsa xam uning oldidan o’rtoqlari ketmas ekan.

Bir kuni xamma hayvonchlar yig’ilishib,doimgidek polvonning loflarin eshitib o’tirishgan ekan.Daraxtdagi qarg’a pirrr etib uchib ketibdi.



Barcha hayvonlar qo’rqib har tomonga chopib ketishibdi.



Kichkina olmaxoncha qo’rqqanidan yerga yopishib yig’lay boshlabdi.Shunda tulkicha yugurib kelib uni ko’tarib olibdi.



Atrof jimjit bo’lganida xamma hayvonlar gap nimadaligini tushunishibdi va yashingan joylaridan chiqib kelishibdi.Barchasi olmaxonchani polvon ko’ndirgan deb o’ylashgan ekan.Uning qo’rqib ,qochib ketganini ko’rishib xafa bo’lishibdi.shundan keyin ayiqvoyning gaplariga ishonmay qo’yishibdi.Ayiqvoy xam qilgan ishlaridan pushaymon bo’libdi va do’stlaridan kechirim so’rabdi.



SAVOLLAR:

1.Hayvonchalar nima uchun ayiqvoyni polvon deb chaqirishar ekan?

2.Ular nimadan qo’rqib ketishibdi?

3.Qaysi hayvoncha qo’rqib yig’labdi?

4.Olmaxonni qaysi hayvoncha qutqaribdi?

MAQOLLAR


Vatan haqida

Ona yurting –oltin beshiging

Ona yurting –oltin beshiging

O’zga yurtda shox bo’lguncha

O’z yurtingda gado bo’l

Odob haqida

Bola odobi bilan aziz

Salom ham qarz,

Alik ham qarz

Qush uyasida ko’rganini qiladi

Sayoq yurgan tayoq yeydi

Mehnat haqida

Harakatda –barakat

Hunar-hunardan unar

Ishlamagan –tishlamas

Yerga tushgan gul bo’lar

O’tga tushgan kul bo’lar

Zar qadrini zargar biladi

Yosh kelsa ishga

Qari kelsa oshga




Download 3,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish