Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bilan salomlashdi. Yarim doira turgan bolalarning har biriga to’p uloqtirib, ob-havoni, xafta kunini, kuz faslini, undagi o’zgarishlarni savollar berish orqali so’rab oladi. Bolalar javob berib, to’pni qayta uloqtiradi.
Tarbiyachi:
1.Bolalar hozir qaysi fasl?
2.Kuz faslida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
3.Qaysi faslda savzavot va mevalar pishadi?
Tarbiyachi: Barchaga rahmat,endi hammamiz joylarimizga o’tirib olamiz, bugun biz sizlar bilan atrof olam mashg’ulotimizda savzavotlar va mevalar haqida suhbatlashamiz. Bolajonlar bilasizlarmi biz kuchli va sog’lom bo’lishimiz uchun vitaminlar kerak bo’ladi. Bu vitaminlar sabzavotlar va mevalarda mavjud bo’ladi. Agar biz meva va sabzavotlardan ko’proq istimol qilsak albatta kuchli va sog’lom bo’lamiz. Bolalar bu suratlarda nimalarni ko’ryapsizlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |