Go’zaloy: - Ustoz mening dadamlar Ham o’z bog’larida turli xil uzum navlarini yetishtiradilar.
Tarbiyachi - Barakalla Go’zaloy, Kamoliddin ota, Olimjon ota kabi bog’bonlarimizni faqat Uzumzor ko’cha emas, balki Andijonda Ham juda yaxshi taniydilar. Aziz bolajonlar, biz o’z ko’chamiz bilan qanchalik faxrlansak arziydi.
Bolajonlar - Vatan so’zining ma’nosini bilasizlarmi.
Javoxir - Men onajon. Vatan arabcha so’z bo’lib, tug’ilgan joy degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyachi - Kim Vatan Haqida she’r aytib beradi.
Muxammadaziz -
Vatanni onamdek, Munis makonim
Andozam olingan payvandi jonim.
Ona tilim, ota tarixim, shonim.
Vatanim –g’ururim, sha’nim, iymonim.
Kelajagi buyuk, xur O’zbekistonim!
Shu payt eshik ochilib guruHga sexrgar momo kirib keladi.
Tarbiyachi - Assalomu-alaykum, buvijon, xush kelibsiz.
Sexrgar momo - Va alaykum assalom xushvaqt bo’linglar. Sizlarning suxbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan, deya kelaverdim.
Tarbiyachi - Juda soz, qani davramiz to’riga marHamat qiling, buvijon. Biz sizga go’zal va navqiron viloyatimiz Andijon Haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon Haqida she’r aytib bering.
Nigoraxon - Tuprog’ingda unib, kaftingda o’sdim.
Oftobim erkalab taftingda o’sdim.
Ildizin joningga, qoningga tutash.
Sening shon-shavkating shaxdingda
o’sdim.
Otamga o’xshaysan, jonim Andijon
Onamga o’xshaysan, jonim Andijon.
Tarbiyachi - Barakala, Nigoraxon.
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go’zal Andijonomizga Hech qachon ko’z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoH va shoir bobomiz bir umr bir ko’rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, buyuk insonlar, olimlar-u Hofizlar, shoirlar, qo’yingki buyuk Vatamizni dunyoga bo’y cho’zilishiga Hissa qo’shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat Hisoblanadi. Bio’ ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’ati va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.
Muhtaram Prezidentmizning 2018 yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon Haqida shunday fikrlarni bildirgan edilar.
Andijonning o’zini o’rni bor, bizning davlatimizda. Andijonning o’zini yo’nalishi bir, bizning davlatimizda . Mening eng katta maqsadim Andijon Har safargidek yuqori va birinchi o’rinlarda bo’lishi kerak Hama soxa bo’yicha.
Andijonliklar bunga javoban o’z meHnati, bilimi salaxiyati, intilishi bilan “labbay” deb javob beradilar.
SeHrgar momo - Barakalla qizim, bu suHbatdan so’ng mening sizlarga yana Havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko’tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug’ilgan makon
Men seni avaylab-asrayman Har chog’
Vijdonimdek toza, tushirmasdan dog’.
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo’lmsam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi
Oyog’imiz taq-taq-taq,
Qo’limiz chapak-chapak.
Boshimiz sarak-sarak,
Qo’limizni ko’tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi eHtiyot bo’lib.
Joyimizda aylandik.
Qo’lni pasta tushirdik.
Doira bo’ylab yugurdik.
Joyimizga o’tirdik.
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni Ham yozib oldik. Qani endi suxbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |