–
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti va variativ (muqobil) dasturlari,
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni
nazorat qilish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini
tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha Nizom va kerakli
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini ta’lim–tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik
va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya, qo‘llanmalar
bilan ta’minlanishida yordam berish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy
yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy
rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha
ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
–
barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha tuman
kengashiga hujjatlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini
ta’minlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy nufuzini ko‘tarishda jamoatchilik
tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;
–
ommaviy axborot vositalarida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va
tashkilotlari faoliyatini, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilib borish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha
ta’lim tashkilotlari faoliyati reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni tahlil qilish
hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim-
tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish
borasida seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
ishtirok etish;
–
maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish chora-tadbirlarini
belgilash va uni amalga oshirish yuzasidan metodik maslahat va ko‘rsatmalar berish;
–
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo‘lish, metodik yordam
ko‘rsatish hamda ular tomonidan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti
talablarining bajarilishini nazorat qilish;
–
nodavlat
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
tomonidan
Maktabgacha
ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritilishini
nazorat qilish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni
aniqlash, o‘rganish hamda ommalashtirish;
–
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida sho‘baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar
hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni
hal etish choralarini ko‘rish;
–
o‘rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena talablariga, mehnatni
muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: