§. Tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘ba mudiri lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
149
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
|
1112
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik, mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, bo‘lim mudiri topshiriqlari ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;
–sho‘ba faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishini ta’minlash;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining yillik va istiqbol ish rejalari hamda davriy hisobotlari loyihalarini tayyorlash va bo‘lim mudiriga kiritish;
–sho‘ba vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha bo‘limning buyruq, xat va hujjatlari loyihalarini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish;
–davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etilishi yuzasidan manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda ishlash;
–boshqa sho‘balar bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, sho‘ba faoliyatiga doir ma’lumotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga kiritish;
–maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini ko‘rilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish, boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etishni rag‘batlantirish, mazkur jarayonni nazorat qilish va metodik maslahatlar berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va chiqarish hisobini olib borilishini nazorat qilish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha tegishli statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, prognoz ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
–maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;
–tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma ishlarini tashkillashtirish, turli tanlovlar, ko‘rgazmalar, musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha Nizom va kerakli hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
–maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini ta’lim–tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya, qo‘llanmalar bilan ta’minlanishida yordam berish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;
–barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha tuman kengashiga hujjatlar tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy nufuzini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;
–ommaviy axborot vositalarida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va tashkilotlari faoliyatini, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilib borish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish, ularni tahlil qilish hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik yordam ko‘rsatish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim- tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
–maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish chora-tadbirlarini belgilash va uni amalga oshirish yuzasidan metodik maslahat va ko‘rsatmalar berish;
–nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo‘lish, metodik yordam ko‘rsatish hamda ular tomonidan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti talablarining bajarilishini nazorat qilish;
–nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritilishini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni aniqlash, o‘rganish hamda ommalashtirish;
–o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida sho‘baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish;
–o‘rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |