§. Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
829
|
Mashg‘ulotlarning milliy standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
|
1219
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–bo‘limning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, dasturlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda vazirlik rahbariyati tomonidan bo‘limga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini nazorat qilish;
–vazirlikning Hay’at, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda bo‘ysunuviga qarab vazirlik rahbariyatiga, boshqarma boshlig‘iga bo‘lim faoliyati doirasidagi masalalarni tayyorlash va takliflar kiritish;
–o‘z bo‘limining faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni bo‘ysunuviga qarab boshqarma, bosh boshqarmaning hamda vazirlikning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
–bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqa boshqarmalari tomonidan tayyorlangan buyruq, ko‘rsatma va hujjatlarni kelishish;
–bo‘lim xodimlarining o‘z funksional vazifalarini tashkiliy-uslubiy jihatdan qanday bajarishini nazorat qilish, shu asosda bo‘ysunuviga qarab vazirlik rahbariyatiga ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish;
–bo‘lim xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qat’i nazorat o‘rnatish, xodimlarning vazifalar taqsimoti zaruriyatiga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek bo‘lim vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-tadbirlarini belgilash;
–vazirlikning boshqarma va bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, bo‘lim faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etish, bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ishchi guruh ishlariga mutaxassislarni jalb qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududiy maktabgacha ta’limi boshqarmalari reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik qo‘llanma va tavsiyalarni nashrga tayyorlash, ularning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqish, dasturlar bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirib borish, metodik qo‘llanmalarni yaratish, nashr etish va ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish;
– o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, tajriba almashish maqsadida o‘rnatilgan tartibda rivojlangan xorijiy davlatlar, nodavlat, notijorat tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish;
–ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish;
–maktabgacha ta’lim mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish chora-tadbirlarini belgilash va uni amalga oshirishni nazorat qilish;
–nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishini nazorat qilish, respublikadagi maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan mehribonlik uylari ishini o‘rganish, ularga uslubiy yordam berish;
–davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy pedagogik ta’lim, maktabgacha ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda oliy ta’limdan keyingi ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtirib borish;
–o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimida milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslarini targ‘ib qiluvchi tashviqot ishlarini olib borish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi yo‘nalishida ish yuritish, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, diniy aqidaparastlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlar, mahalla va oilalar bilan ishlash;
– o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’limi tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘rnatilgan tartibda xorijiy grant va investitsiyalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofali o‘qitishga jalb qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va uni ommalashtirish;
–o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma hamda og‘zaki murojaatlarini, ariza va shikoyatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish,
–kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |