Lavozim vazifalari:
–O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasidan kelib tushgan hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va bajaruvchisiga topshirish, jo‘natiladigan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va joylarga yuborishni tashkil etish;
–hujjatlarni ijro etilishi ustidan nazoratini tashkil etish ular to‘g‘risida oylik, choraklik, yillik hisobotlarni vazirlikka taqdim etish ishlarini olib borish;
–hujjatlarni belgilangan muddatda idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash va topshirish;
–vazirlik va institutda ish yuritish bo‘yicha tegishli amaliy-metodik yordam berish va ularning ishini nazorat qilish;
–vazirning buyruqlarini ro‘yxatga olish va ijrochilarga yetkazish;
–ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o‘rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo‘linmalar bilan hamkorlikda ish olib borish va tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
–fuqarolar murojaatlarini ro‘yxatga olish, rahbariyatga yetkazish va ularni vazirlik rahbariyati tomonidan qabul qilinishi va tegishli javoblar yo‘llanishini qonunda ko‘rsatilgan moddalar asosida bajarish;
–bo‘lim faoliyatini rejalashtirib, tashkillashtirish va ularning bajarilishini nazorat etish;
–institut hay’atining reglamenti talablariga muvofiq rahbariyat va bo‘lim boshliqlari takliflari asosida hay’at majlislarining yarim yillik ish rejasini umumlashtiradi va hay’at tasdig‘iga kirish;
–institut ish rejasida belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi bo‘yicha rahbariyatga axborot kiritib borish;
–institut bo‘linmalari va hududiy boshqarmalarni me’yoriy-huquqiy, ish yuritish va ijro intizomiga oid lokal hujjatlar bilan ta’minlab borish;
–institutga kelib tushgan va yuborilayotgan (jo‘natish) hujjatlarning belgilangan tartib qoidalarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda tegishli jurnallarda qayd etib borilishini nazorat qilish;
–belgilangan tartibda bo‘limning gerbli muhri va devonxona tamg‘asini saqlash va ulardan foydalanish tartiblariga amal qilish.
–institutda ro‘yxatga olingan barcha hujjatlarni elektron hujjat aylanish dasturiga kiritish;
–“Xizmatda foydalanish uchun” griflik hujjatlarni belgilangan tartib qoidalarga muvofiq ish yurit- ilishi va saqlanishini ta’minlash;
–fuqarolardan kelgan murojaatlar: ariza, shikoyat va takliflar ijrosining ahvoli yuzasidan haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, yillik umumlashtirilgan tahliliy ma’lumotnomalarni huquqshunos bilan birga tayyorlash;
–hay’at majlisida ko‘riladigan masalalarni ijrochilardan talab qilish hamda hay’at majlisiga taklif etiladiganlar (lavozim va xizmat joyi ko‘rsatilgan) ro‘yxatini va kun tartibini tuzadi va hay’at majlisiga taklif etilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash;
–maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni mazmun- mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |