§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig‘i moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining lavozim malaka tavsiflari
Tartib raqami
|
2135
|
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
|
1346
|
Xodimlar toifasi
|
Boshqaruv
|
Lavozim vazifalari:
–Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarma boshlig‘i va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig‘i moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda Boshqarma deb yuritiladi) tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb yuritiladi)ning umumiy faoliyatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
–O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–boshqarma hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, boshqarmaga tegishli masalalar, maktabgacha ta’lim uchun yillik xarajatlar hisob-kitobi, ulardan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlashda ishtirok etish;
–tuman (shahar) bo‘lim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, uni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, bajarilishini ta’minlash;
–budjet mablag‘larini rejalashtirish, tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sarflanayotgan mablag‘larni nazorat qilish;
–boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish, xarajatlar smetasi va shtat jadvallarining ishlab chiqilishida takliflar berish, ularni moliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha hududiy bo‘linmalarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–hududiy bo‘linmalarning, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy va statistik hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish, hamda ushbu hisobotlarni umumlashtirgan holda moliya organlari va tegishli tashkilotlarga taqdim etib borish;
–iqtisodiy hisob-kitob tayyorlash, bolalar, xodimlar kontingentining o‘zgarishi bo‘yicha istiqbolli rejalar tuzish;
–boshqarma hay’at kengashiga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash;
–hududiy bo‘linmalar kesimida maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining tarifikatsiya jadvallarining to‘g‘ri tuzilganligini nazorat qilish;
–maktabgacha ta’lim tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag‘larni topish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘lim mutaxassislariga amaliy yordam berish, topilgan mablag‘lar hisobidan o‘rnatilgan tartibda maqsadli va samarali sarflanilishini nazorat qilish;
–hududiy bo‘linmalardan ta’lim tashkilotlariga markazlashgan holda ajratiladigan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha qat’iy nazorat va o‘rganishlarni olib borish;
–hududiy bo‘linma mutaxassislariga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyaviy- xo‘jalik faoliyatiga, pedagogik stavkalarning taqsimoti kabi masalalarga doir me’yoriy hujjatlarning ta’lim tashkilotlariga to‘liq yetib borishini nazorat qilish, mazkur masalalar haqida tushuntirish ishlari o‘tkazish, yuzaga kelayotgan muammolardan kelib chiqib ularga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
–manzilli dastur asosida yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va mukammal ta’mirlangan obyektlarni foydalanishga topshirish vaqtida ishtirok etish, ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring qilishda ishtirok etish;
–davlat, davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining qurilish-ta’mirlash jarayonida ishlarning sifati, belgilangan grafik asosida ishlarni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan o‘rganishlar hamda monitoring ishlarni olib borish va tegishli takliflar tayyorlash;
–davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlaridan foydalanishni muvofiqlashtirishni tashkil etish;
–barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bino va inshootlar, xonalar (guruhlar), yerto‘lalar, yer maydonlari, shuningdek boshqa asosiy vositalardan samarali foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining holati, yangi o‘quv yili kuz-qish
mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o‘rganish olib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
–“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududiy Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan muroj- aatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |