Bilishi lozim:
–ta’lim tizimiga oid hamda bolalar huquqlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ- huquqiy hujjatlarni;
–tasdiqlangan ish rejalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil qilishni;
–iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini tashkil qilishni, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ish rejalari loyihasini tayyorlashni;
–institut mehnat jamoasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xodimlar va tinglovchilarning sihat-salomatligini, xavfsizligini ta’minlovchi sharoitlar yaratishni;
–institut binolarini kuz-kish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etishni, qurilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil qilishni;
–institutga ajratilgan budjet mablag‘lari va boshqa budjetdan tashqari tushumlardan to‘g‘ri foydalanishni hamda budjetdan tashqari mablag‘ topish yo‘llarini;
–institutning xo‘jalik obyektlarini tartibga solish va saqlanishini ta’minlashni;
–sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Malaka talablari:
–oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
–namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish xususiyatlariga;
–xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida (Moliya-iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha) rahbarlik lavozimlarida kamida uch yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar, shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |