COVID-19 pandemiya davrida bolalarning farovonligini va rivojlanishini ta’minlash
Kirish
KIRISH
COVID-19 pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab bolalarning ta'lim, himoya va farovonligi
uchun favqulodda vaziyatga sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus
respublika komissiyasi qarori bilan karantin cheklovlarini yumshatish dasturi amalga
oshirilmoqda, ushbu dastur sog‘liqni saqlash, ijtimoy sog‘liqni saqlash tizimi
1
va
maktabgacha ta'limdagi epidemiologik omillari xavflarni diqqat bilan baholashga
asoslangan.
Ko‘plab tashkilotlar, shu jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari (MTT) faoliyatini
bosqichma-bosqich qayta tiklashni rejalashtirilmoqda.
UNCIEF O‘zbekiston hukumatlari bilan maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini qayta
tiklash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda faol ish olib bormoqda. Maktabgacha ta'lim
tashkilotlarining ishini to‘liq yoki qisman tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish, maktabgacha
yoshdagi bolalarning ta'limida, rivojlanishida va sog‘lig‘ida, shuningdek COVID-19 ning
yangi epidemiyasini oldini olishda, potentsial xavflarni bolalar, pedagoglar, xodimlar va
butun jamiyat uchun maksimal foyda olish uchun baholash kerak.
Ushbu qo‘llanma maktabgacha ta'lim tashkilotlari (MTT) uchun ishlab chiqilgan, chunki
ular tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘qitish usullari jihatidan noyobdir. Maktabgacha
ta'lim tashkilotlarining (MTT) faoliyatini qayta tiklash masalasi, birinchi navbatda, bolalarni
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ota-onalarning ishlashga qaytish imkoniyatini ta'minlash
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi kerak. Qo‘llanmada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining
(MTT) faoliyatini qayta tiklash asosiy printsiplari, shuningdek, uch yoshdan katta bolalar
uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarini (MTT) faoliyatini qayta tiklashda hisobga
olinadigan amaliy choralarga alohida e’tibor qaratilgan.
2
Umumiy aholining xavfsizligi va salomatligi uchun, faoliyati qayta tiklanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarga (MTT) tashrif buyurganda infeksiyaning xavfli
omillarini hisobga olgan holda, ma'muriy organlar oilalarning ehtiyojlarini, MTT tar-
biyalanuvchilarning farovonligi va rivojlanishini (shu jumladan ularning ijtimoiy chet-
lashuvidan jiddiy ta'sir ko‘rsatgan psixososiologik farovonligi) baholashlari kerak.
1 Considerations for school-related public health measures in the context of COVID-19, May 2020.
https://www.who.int/publications-detail/considerations-for-school-related-public-health-measures-in-
the-context-of-covid-19
2 Ushbu qo‘llanmada bayon etilgan printsiplar va choralar uch yoshdan katta bolalarga xizmat qiluvchi
MTT larning faoliyatini qayta tiklash uchun ham qo‘llanilsa, chora-tadbirlar jismoniy masofa va g‘amxo‘rlik
shuningdek rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasidagi muvozanatga erishish masalasini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |