3. Agar menda COVID-19 belgilari mavjud bo‘lsa, nima qilishim kerak va
tibbiy yordam uchun qachon murojaat qilishim lozim?
Tana harorati ko‘tarilgan va/yoki yo‘talish va horg‘inlik holatlari kuzatilayotgan har qanday
yoshdagi insonlar zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlari lozim.
4. COVID-19 qanday tarqaladi?
Insonlar COVID-19ni boshqa odamlardan yuqtirib olishlari mumkin. Kasallik COVID-19ga
duchor bo‘lgan inson yo‘talganida, aksirganida yoki gapirganida yonidagi insonlarga havo-
tomchi yo‘li bilan yuqadi. Virusli tomchilar stollar, eshik tutqichlari va zina tutqichlari
kabi predmetlar va yuzalarida bo‘lishi mumkin. Odamlar bunday predmetlar va yuzalarni
ushlaganlaridan so‘ng ko‘zlari, burun yoki og‘izlariga qo‘l tekkizishlari orqali ushbu virusni
yuqtirib olishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |